4. Maktabgacha ta’lim bo`limlari va ularning tuzilishi. 5. Tuman metodika kabinetining ish mazmuni va vazifalari. 6. Maktabgacha ta’lim bo`limlari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini nazorat qilish. Qo’llaniladigan ta’lim texnalogiyalari: dialogli yondashuv. Muommoli ta’lim.aqliy hujum metodi, Venn diagrammasi, T- sxemasi, FSMU, Baliq skleti, o’z-o’zini nazorat qilish.
1. Maktabgacha ta’lim bo`yicha metodik ishlarni tashkil qilish. Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi xonasi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi huzurida tashkil etilib, mazkur soha bo'yicha yetakchi tuzilma sifatida barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlar faoliyatini uslubiy jihatdan boshqaradi va muvofiqlashtirib boradi. Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabineti o'z faoliyatida amaldagi qonunchilik, Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan chiqarilgan qarorlar, farmoyishlar va boshqa me'yoriy hujjatlarga asoslanib ish yuritadi. Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabineti Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti, Abdulla Avloniy nomidagi maktabgacha ta'lim xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy instituti, Maktabgacha tashkilotlar xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Viloyat pedagog kaidrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va boshqa ilmiy tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini o'rnatadi.
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlar maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetlariga uslubiy yordam ko'rsatish, pedagogik jarayonlar va ta'lim- tarbiya ishlarini takomillashtirish, «Ilk qadam»dasturini to'liq bajarilishini ta'minlaydi;
-Ilg'or ish tajribalarni o'rganadi, umumlashtiradi va ommalashtiradi (maktabgacha ta'lim tashkilotlar xodimlari, maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetlari, nazoratchi- metodist, mudiralar, metodistlar va tarbiyachilar, murabbiylar faoliyatini tahlil etish asosida);
-Maktabgacha pedagogika ilg'or pedagogik tajribalarni, pedagogika, psixologiya va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida qo'lga kiritilgan yutuqlar, xalq pedagogikasi an'analariga tayangan holda maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish ishlarini takomillashtirishning ilmiy- uslubiy asoslari, yo'1-yo'riqlarmi ishlab chiqadi.