Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment” fanidan O’quv – uslubiy majmua termiz – 2020 – 2021



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə152/155
tarix27.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#199575
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   155
MT Boshqaruv va menejment UMKasi

Topshiriqni bajarish tartibi: Nazorat qilishning usul va uslublarini “Qanday” texnalogiyasi yordamida yoritib bering, va rasmga olib platformaga joylang


12 mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkiloti bo`yicha metodik ishlarni tashkil etish vazifalari. Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti ish mazmuni
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi xonasi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi huzurida tashkil etilib, mazkur soha bo'yicha yetakchi tuzilma sifatida barcha maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini uslubiy jihatdan boshqaradi va muvofiqlashtirib boradi.
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabineti o'z faoliyatida amaldagi qonunchilik, Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan chiqarilgan qarorlar, farmoyishlar va boshqa me'yoriy hujjatlarga asoslanib ish yuritadi.Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabineti Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy- tadqiqot instituti, Abdulla Avloniy nomidagi maktabgacha ta'lim xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy instituti, Maktabgacha muassasalar xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Viloyat pedagog kaidrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va boshqa ilmiy muassasalar bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini o'rnatadi.
Metodika kabineti ishining mazmuni va asosiy shakllari
Metodika kabineti o'z zimmasiga yuklangan vazifalarga ko'ra:
-Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlar maktabgacha ta'lim metodika kabineti ish faoliyatini nazorat etadi va muvofiqlashtiradi;
-maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiya ishlar ahvoli va belgilangan rejalarning bajarilishini o'rganadi;
-«Ilk qadam» dasturida ko'zda tutilgan vazifalarni to'laqonli amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va bajarilishini nazorat qiladi;
Respublika metodika kabineti xodimlarini malaka oshirish kurslarida ma'ruzalar o'qishga, seminar-mashg'ulotlar o'tkazishga va to'garaklar ishini olib borishga jalb etadi. Respublika maktabgacha ta'lim metodika kabineti huzurida tashkil etilgan uslubiy Kengash metodikasi kabinetlari faoliyatiga yangi uslubiy yondashuvlar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishga mas'uldir. Kengash tarkibiga metodistlar, o'qituvchilar malakasini oshirish instituti rahbari va mutaxassislari, mudiralar, tarbiyachilar, musiqa rahbarlari, oliy o'quv yurtlarining yetuk professor-o'qituvchilari kiradi.
Uslubiy Kengashda markaziy maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining ish rejasi, bajarilgan va rejalashtirilayotgan tashkiliy, uslubiy tadbirlar muhokama etiladi, ta'lim-tarbiya ishlarini yanada takomillashtirish, jumladan, metodika kabinetlarining ilg'or pedagogik tajribalarni to'plash borasidagi amaliy faoliyati, maktabgacha ta'lim bo'yicha uslubiy qo'llanmalarni muhokama qilish, tasdiqlash bilan bog'liq masalalar hal etiladi.
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetida xodimlarning bilimi va malakasini oshirish maqsadida tegishli shart-sharoit yaratiladi (buning uchun ma'ruzalar, seminar- treninglar, ko'rgazmalar va boshqa tadbirlar tashkil etiladi).
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetida ilmiy pedagogik va uslubiy adabiyotlar uchun kutubxona tashkil qilinadi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin