Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish fanidan O’quv-uslubiy majmua


-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə6/143
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#162769
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143
M. M. Fayziyeva, Guldu maktabgacha-fayllar.org

2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Maktabgacha ta’limni tashkil etishda pedagogik faoliyat turlarini va uni loyihalashtirish haqida talabalarga tushuncha berish.
2-asosiy savolning bayoni:
Faoliyatga oid yondashuv tarbiya yo’nalishiga ishora qilsa, majmuaviy yondashuv – uning mazmun tabiatini, pedagogik maqsad vaziyat, tarbiyaviy maqsadning asosiy va bog’liq tomonlarini shakllantirishni, rejalashtirish, tashkil etish va tayyorlashni, ishni bevosita amalga oshirishni, erishilgan natijalar tahlilini belgilaydi.
N.V.Kuzmina pedagogik faoliyatning o’zaro bir-biri bilan aloqador quyidagi uch tarkibiy qismini ajratib ko’rsatadi:
-konstruktiv;
-tashkilotchilik;
- kommunikativ.
Konstruktiv faoliyat mazmunli o’quv materialini tanlash va tizimlashtirish, pedagogik jarayonni rejalashtirish va tashkil etish, konstruktiv operativ o’zining va tarbiyalanuvchilarning harakatlarini rejalashtirish; konstruktiv-moddiy pedagogik jarayonning o’quv-moddiy bazasini loyihalash jihatlarni o’zida aks ettiradi.
Tashkilotchilik faoliyati – tarbiyalanuvchilarni faoliyatning xilma-xil turlariga jalb etish. Kommunikativ faoliyat – pedagogning ta’lim oluvchilar, tarbiyalanuvchilar,
mehnat jamoasi, jamoatchilik, mahalla va ota-onalar bilan munosabatini yo’lga qo’yish.
Pedagogik faoliyatning o’ziga xosligi quyidagilarda namoyon bo’ladi.
Inson tabiatning jonsiz moddasi emas, balki o’zining alohida xususiyatlari, ro’y berayotgan voqealarni idrok qilishi va ularga o’zicha baho beradigan, takrorlanmaydigan faol mavjudotdir. Psixologiyada ta’kidlanganidek, har bir shaxs takrorlanmasdir. U pedagogik jarayonning o’z maqsadi, ishtiyoqi va shaxsiy xulqqa ega bo’lgan ishtirokchisi hamdir.

Pedagog doimo o’sib-o’zgarib boradigan inson bilan ishlaydi. Ularga yondashishda bir xil qolip, shakllanib qolgan xatti-harakatlardan foydalanish mumkin emas. Bu esa pedagogdan doimo ijodiy izlanib turishni talab qiladi.


Tarbiyalanuvchilarga pedagogdan tashqari, atrof-muhit, ota-ona, boshqa MTT jamoasi, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy hayot ham ta’sir etadi. Shuning uchun ham pedagog mehnati bir vaqtning o’zida jamiki ta’sirlarga va tarbiyalanuvchilarning o’zida paydo bo’lgan fikrlarga tuzatishlar kiritib borishni nazarda tutadi.
Pedagogik faoliyatning maqsadini o’ziga xosligini quyidagilarda bilish mumkin:
  1. Pedagogik faoliyatning maqsadi jamiyat tomonidan belgilanadi, ya’ni pedagog faoliyatining natijasi jamiyat manfaatlari bilan bog`liqdir. Uning mehnati yoshlar avlodni har tomonlama kamol toptirishga yo’naltirilgan. Pedagogik faoliyat avlodning ijtimoiy uzviyligi (ketma-ketligi)ni ta’minlaydi. Bir avlod tajribasini, ikkinchi avlodga o’tkazadi, ijtimoiy tajriba orttirish uchun insondagi tabiiy imkoniyatlarni ro’yobga chiqaradi.


  2. Pedagog faoliyati doimo shaxs faoliyatini boshqarish bilan bog`liq. Bunda pedagogik maqsad bola maqsadiga aylanishi muhimdir. Pedagog o’z faoliyati maqsadini va unga erishish yo’llarini aniq tasavvur qilishi va bu maqsadga erishish tarbiyalanuvchilar uchun ham ahamiyatli ekanligini ularga anglata olishi zarur.


  3. Pedagogik ta’lim-tarbiya jarayonda tarbiyalanuvchilar faoliyatini boshqarish shuning uchun ham murakkabki, pedagog maqsadi doimo tarbiyalanuvchi kelajagi tomon yo’naltirilgan bo’ladi. Buni anglagan holda, mohir pedagoglar o’z faoliyatini mantiqan bolalar ehtiyojlariga muvofiq holda loyihalaydilar.


    Shunday qilib, pedagogik faoliyat maqsadining o’ziga xosligi pedagoglardan quyidagilarni talab qiladi:

- jamiyatning ijtimoiy vazifalarini to’la anglab, o’z shaxsiga qabul qilishi. Jamiyat maqsadlarini pedagogik nuqtai nazariga aylanishi;


- muayyan harakat va vazifalarga ijodiy yondoshishi;
- bolalar qiziqishlarini e’tiborga olish, ularni pedagogik faoliyatning belgilangan maqsadlariga aylantirish;
Tarbiyalavchi shaxsiga doimo ijobiy-axloqiy ta’sir ko’rsata oladigan kishigina haqiqiy tarbiyachidir. Bunga erishish uchun pedagog o’zining axloqiy sifatlarini doimo takomillashtirib borishi zarur.
Tarbiyalanuvchilarni, o’yin, mehnat, ta’lim va muloqot kabi faoliyat turlarida ishtirok etishlari tarbiyaning asosiy vositasi hisoblanadi. Har bir mohir pedagog o’zining individual pedagogik tizimiga ega bo’lishi kerak.
Ayrim pedagoglar kasbiy mahorat sirlarini egallash uchun, avvalo ta’lim-tarbiya metodlarini takomillashtirishga intiladilar. Bu tabiiy hol, chunki aynan metodlar yordamida pedagog bolalarini turli faoliyatiga jalb qiladi. Shu bilan birga bolalarni bilim olishga qiziqtirishda tarbiyach tomonidan tanlangan metodlar, usullar va topshiriqlardan boshqa sabablar ham ta’sir etadi. Pedagog faoliyatining muvaffaqiyatli kechishi uning shaxsi, xarakteri, tarbiyalanuvchilar bilan muomalasiga ham ko’p jihatdan bog`liq bo’ladi. Odatda bularning ta’lim-tarbiya jarayoniga ta’siri ahamiyatsizdek tuyuladi. Ammo tajribali pedagog, uning xatti-harakati tarbiyalanuvchilarga qanday ta’sir ko’rsatayotganligiga ahamiyat berib, unga kerakli tuzatishlar kiritib, takomillashtirib boradi. Shuning uchun ham pedagogik mahoratni pedagog shaxsi sifatlarini majmui sifatida qaralib, uni pedagoglar yuqori darajada psixologik-pedagogik tayyorgarlikka ega bo’lishi bilan bog`liq bo’lishini unutmaslik lozim.
Pedagogik faoliyat pedagogik jarayonda pedagogik tamoyillarga asoslangan holda tashkil etiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyatni tashkil etishning maqsadi – maktabgacha yoshdagi bolalarda rivojlanish sohalari bo‘yicha tayanch kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin