Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish fanidan O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə3/143
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#162769
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143
M. M. Fayziyeva, Guldu maktabgacha-fayllar.org

MA’RUZA MASHG’ULOTLARI
(V semester)


1-mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi pedagogik faoliyatlarni loyihalashtirish


Asosiy savollar:
  1. Pedagogik faoliyat haqida tushuncha


  2. Pedagogik faoliyat turlari.


  3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyatlarni loyihalashtirishning o‘ziga xos xususiystlari





Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: pedagogik faoliyat; faoliyat turlari; pedagogik texnologiya; ta’lim texnologiyasi; loyihalashtirish; fanning maqsadi; fanning vazifasi; texnologik yondashuv, ta’limni loyihalashtirish.
1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Maktabgacha pedagogikada pedagogik faoliyat, pedagogik jarayon va pedagogik tamoyillarning mazmuni nimadan iborat ekanligini ochib berish. Bo’lajak tarbiyachilarni kelajakdagi ishlariga zamon talablari darajasida tayyorlashni maqsad qilib qo’ygan fan ekanligi haqida talabalarga tushuncha berish.
1-asosiy savolning bayoni:
Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
So‘ngi yillarida respublikada ta’lim-tarbiya tizimini zamon talablari darajasiga tashkil etish va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari darajasiga aylandi.
Davlat maktabgacha ta’limning mazmuni va sifatiga qo’yiladigan talablarni belgilagan holda, maktabgacha ta’limda bolalarni milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etishni, o’quv-tarbiya jarayoniga innovatsion pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali ta’lim-tarbiya faoliyatini sifatli tashkil etilishini, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyatlarni tarbiyalanuvchining intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi asosida har bir bolaning, shu jumladan, jismoniy yoki psixik rivojlanishiga ko‘ra maktabgacha ta’lim va tarbiya olishga bo’lgan huquqini amalga oshirish orqali ta’minlashni nazarda tutadi.
Davlat standari ta’lim sohasidagi davlat va jamiyat talablariga mos holda ta’lim-tarbiyani tashkil etishni talab etadi. Maktabgacha ta’lim boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizlika va ta’lim mazmunining uzviyligigini ta’minlash orqali amalga oshiradi. Maktabgacha ta’lim mazmunini respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitligi amalga oshiradi va maktabgacha ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya texnologiyalariga asoslanadi hamda xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida me’yorlarni belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanadi.
Maktabgacha ta’lim sohasi uchun belgilangan barcha talablar maktabgacha ta’limda pedagogik foliyatni tog‘ri va samarali tashkil etish orqali ta’minlanadi. Pedagogik faoliyat nima, uni tashkil etishga qanday talablar qoyiladi?
Ilmiy pedagogik adabiyotlarda didaktikaning asosiy kategoriyalari keltirilgan: ta’lim, ta’lim jarayoni, ta’lim tamoyillari, ta’lim uslublari,ta’lim shakllari, ta’lim vositalari, bilim, ko‘nikma, malaka, o‘qitish, o‘rgatish, o‘qishlar kiradi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin