Maktabgacha ta’limda steam ta’lim texnologiyasidan foydalanish zaruriyati



Yüklə 36,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix16.12.2023
ölçüsü36,39 Kb.
#183569
  1   2
maktabgacha-ta-limda-steam-ta-lim-texnologiyasidan-foydalanish-zaruriyati



Maktabgacha ta’limda STEAM ta’lim texnologiyasidan 
foydalanish zaruriyati 
 
Shaxnoza Rajabovna Ro’ziyeva 
Buxoro viloyati, Vobkent tumani, 5-DMTT 
 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada STEAM texnologiyasining ta’lim jarayonidagi 
o‘rni, amaliyotda tadbiq etishdagi jarayonlar, STEAM ning amaliyot bilan bog‘liqligi, 
tajriba o‘tkazish xonalarining tashkil etilishi va ko‘zlangan maqsad, texnologiyaning 
bola hayotidagi ahamiyati va uning xususiyatlari haqida umumiy ma’lumot berilgan.
Kalit so’zlar:
STEAM, texnologiya, innovatsion metodlar, laboratoriya, intallekt, 
salohiyat, tafakkur, axborot kommunikatsiya 
The need to use STEAM educational technology in preschool 
education 
Shakhnoza Rajabovna Roziyeva 
Bukhara region, Vobkent district, 5-SPO 
Abstract:
In this article, the role of STEAM technology in the educational 
process, the processes of its implementation in practice, the connection of STEAM 
with practice, the organization of experiment rooms and the intended purpose, the 
importance of technology in the life of a child and its features are given in general. 
information provided. 
Keywords: 
STEAM, technology, innovative methods, laboratory, intelligence, 
potential, thinking, information communication 
Ta’lim sohasiga e’tibor yanada kuchaytirilgan bir vaqtda zamonaviy pedagogik 
texnologiyalarga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Bugungi kun ta’limining eng asosiy 
innovatsion metodi va istiqbolli texnologiyasi bu - STEAM texnologiyasidir. Ko‘pgina 
ta’lim tashkilotylarida ta’limning sifat samaradorligini oshirish maqsadida STEAM 
texnologiyasidan maqsadli foydalanib kelinmoqda. Ta’lim oluvchilar uchun olgan 
bilimlarini amaliyotda sinab ko‘rish, tajribalar o‘tkazish maqasadida laboratoriyalar va 
LEGO markazlari yaratilmoqda.
STEAM texnologiyasi ta’limi murakkab ko‘ringani bilan uni alohida ko‘radigan 
bo‘lsak sodda, tushunarli va aniq ekanini ko‘rishimiz mumkin: 
S - science - tabiiy fanlar 
T - technology - texnologiya 
"Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz
July 2023 / Volume 4 Issue 7
ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848
154


E - engineering - muhandislik 
A - art - san’at 
M - math - matematika. 
Matabgacha ta’lim tashkilotlarida STEAM texnologiyasi asosida ta’limning 
tashkil etilishi, kelajakda bolaning innovatsion tadqiqotlarni mustaqil ravishda amalga 
oshira olishiga turtki bo‘ladi. 
Qaysi sohalarni olmaylik muvofaqiyat qozonish uchun bilimlarni talab etadi va 
aynan STEAM texnologiyasi bu maqsadga erishishda yordam bera oladi. Bu metod 
aynan nazariya va amaliyotni birga olib borish imkonini beradi va bilimlarga 
asoslanish, bilimlardan o‘rinli foydalanish, mustaqil muvoffaqiyatga erishish, o‘z 
imkoniyatlaridan zavqlanish imkon beradi. STEAM texnologiyasi barcha ta’lim 
tashkilotlarida faoliyatini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi innovatsion 
texnologiyadir.
Ushbu texnologiyani ta’limda qo‘llanilishining maqsadi faoliyat jarayonida 
zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, bolalarni 
ilmiy salohiyatini oshirish va texnik ijodkorlikka jalb qilish imkoniyati bilan 
intellektual qobiliyatini, ijodkorligini rivojlantirishdir. 
STEAM texnologiyasi maktabgacha ta’lim va maktab yoshdagi bolalarni 
tarbiyalashda eng qulay dasturdir. 
Dasturda bolalarga ma’lum bir tartib, ma’lum bir standartlar belgilab 
qo‘yilmagan. Faqatgina bola o‘zi mustaqil ravishda, erkin, tajribalarga asoslanib, o‘zi 
bajarib ko‘rib natijaga erishish, his etib, fikrlab, idrok etib bajarish kerak bo‘ladigan 
tamoyillarga tayanadi. Ushbu ta’lim dasturi L.S.Vygotskiyning “To‘g‘ri tashkil etilgan 
ta’lim - bolani rivojlanish sari yetaklaydi” ilmiy rivojlanish tamoyillariga asoslangan 
dastur. STEAM dasturida maktabgacha ta’lim tashkilotlaida maxsus tajriba ya’ni 
laboratoriya xonalari tashkil etib, bolalarni beihtiyor ta’limga jalb etib, faoliyat 
davomida ularning innovatsion tadqiqotchilik va intellektual qobiliyatlarni 
rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida STEAM dasturi asosida tashkil etiladigan 
barcha faoliyatlarda bolaning faolligi muhim sanaladi. STEAM dasturida qandaydir bir 
g‘oya, qanday bir tushuncha va fikrlar aqlning rivojlanishi uchun asos bo‘la olmaydi. 
Bola barchasini amaliyotda o‘zi qo‘llab, natijaga o‘zi guvoh bo‘lishi, aniqroq qilib 
aytganda bajarib his etib ko‘rishi lozim. Chunki faoliyatda manipulyatsiyalash va 
integratsiyalashgan haqiqiy zamonaviy muhit va uning axborot-kommunikatsiya 
qismi, va ular bilan birga olib borilga tajribalar bolani ta’limga jalb etadi va qiziqishini 
oshiradi. Bu esa o‘z navbatida sifat va samaradorlikni yaxshilaydi. STEAM dasturida 
bolalar bilan tajribalar tashkil etishda doimo bolalarning yosh jihatlari inobatga olinishi 
faoliyatdagi har bir jarayonlar oddiydan murakkabga qarab tashkil etilishi lozim. 
Ushbu tamoyilga amal qilinsagina, bola uchin qiyunchilik tug‘dirmaydi, oson, qulay, 
"Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz
July 2023 / Volume 4 Issue 7
ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848
155


qiziqarli, eng asosiysi bolaga mustaqil ravishda tajribalarni amalga oshirish imkonini 
beradi.
STEAM texnologiyasining ta’limdagi muvaffaqiyati shundan iboratki, STEAM 
ta’lim oluvchiga borliqni anlab, olgan bilimlarini amaliyotda tadbiq qila olish, 
tajribalar o‘tkazish, olgan natijasidan faxrlanish, his etish, yangisida intilish, 
tadqiqodchilik salohiyatini beradi.
STEAM texnologiyasi 3 yoshdan 11-yoshgacha bo‘lgan bolalarning bilim va 
ko‘nikmalarini shakllantirish, intellektual salohiyatini oshirish, tadqiqotchilik 
qobiliyatni amaliyotga rivojlantirish, yaratish uchun tajriba maydonchasidir. STEM 
texnologiyasi dasturining maqsadi bolalarning bilim faoliyati jarayonida intellektual 
qobiliyatlarini rivojlantirish va ilmiy va texnologik ijodkorlikka jalb qilishdir.
Dasturni rivojlantirishning kutilgan natijalari 
Bola ulg‘aygan sari tengdoshlari bilan o‘zaro munosabatlarida faollashadi, 
qiziqish bilan namoyon bo‘la boshlaydi, savollar bera boshlaydi, o‘rtoqlariga va o‘ziga, 
natijada ta’sir munosabatlarini o‘rnatadi. Bolalar tabiatan tomosha qilish, tajriba qilish, 
jonli tabiat, tabiatshunoslik, matematika va boshqa sohalardan boshlang‘ich g‘oyalarni 
faol ravishda shakllantirishga moyil. STEAM dasturida bola har tomonlama intellektli, 
rejalashtirish, tanlash qobiliyatlari namoyon bo‘la boshlaydi. Turli tadbirlarda o‘z 
bilim va ko‘nikmalariga tayanib, o‘z qarorlarini qabul qilishga, turli faoliyatda ya’ni 
o‘yin, muloqot, ta’limiy va tadqiqot faoliyatlarida mustaqillikni namoyon qila 
boshlaydilar. 
STEAM dasturining samaradorligini yanada kuchaytirish maqsadida ta’lim 
tashkilotlarida bolalarni ta’limga, ixtirolarga bevosita jalb etuvchi maxsus tajriba 
xonalari, to‘garaklar, intellektual salohiyatini yanada oshiruvchi ijodiy musobaqalar, 
o‘yinlar, har bir faoliyatni axborot kommunikativ texnologiyalar asosida olib borish 
orqali bolalarning qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. 
STEAM ta’limi bolalarning quyidagi muhim xususiyatlarini rivojlantirishga 
yordam beradi: 
- Muammolarni keng qamrovli tushunish 
- Ijodiy fikrlash 
- Muhandislik yondashuv 
- Tanqidiy fikrlash 
- Ilmiy metodlarni tushunish va qo‘llash
- Dizayn asoslarini tushunish. 
Bu ko‘nikmalar kelajakda bolalarga turli masalalarda, ijodiy faoliyatda, 
to‘siqlarga duch kelganda, umumiy olganda hayotiy muammolarni hal etishda yordam 
beradi. 
"Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz
July 2023 / Volume 4 Issue 7
ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848
156


STEAM ta’limi, bolalar faoliyatidagi o‘rni, STEAM orqali bolalar erishadigan 
natijalar haqida aytib o‘tildi. Bu ta’limni amalga oshirilishida ko‘makchi asosiy 
vositalarga ham to‘xtalib o‘tamiz. 
1. Fridrix Frebelning didaktik tizimi
2. Jonli va jonsiz tabiat bilan tajriba o‘tkazish
3. LEGO - qurilish, konstruksiyalash 
4. Matematik tasavvurlarni shakllantiruvchi vositalar 
5. Robototexnika
6. Multistudiya 
Ushbu sanab o‘tilgan vositalar orqali ta’lim jarayonlari qiziqarli, maroqli, eng 
muhimi bolaga o‘z imkoniyatlarini ochib berishga, tevarak atrofdan olgan bilimlariga 
tayanib tajribalar olib borishga, ko‘rish, his etish, fikrlash, natijaga erishish va 
zavqlanish hissini beradi.
Xulosa qilib aytganda, STEAM ta’limi bolalarni tajribalar o‘tkazishga, modellar 
tuzishga, mustaqil ravishda loyihalar yaratishga, o‘z g‘oyalarini haqiqatga 
aylantirishga va bolaning o‘ziga mahsulotni yaratishga undaydi. Ushbu ta’lim 
yondashuvi bolalarga nazariy olgan bilimlarini amaliyot bilan samarali tarzda 
birlashtirishga imkon beradi va butun umri davomida qo‘llay olish imkonini beradi. 

Yüklə 36,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin