Maktabgacha ta’limda texnologik jarayonlarni loyihalashtirish bosqichlari. Reja



Yüklə 30,06 Kb.
səhifə3/8
tarix01.07.2023
ölçüsü30,06 Kb.
#135615
1   2   3   4   5   6   7   8
Maktabgacha ta’limda texnologik jarayonlarni loyihalashtirish bo

Uchinchi blok - yangidan foydalanish va uni joriy etish bloki, ya’ni yangini tadbiq etish, foydalanish va keng joriy etish qonuniyatlari va turlaridir. M.M.Potashnikning innovatsiya jarayonlari talqinlari kishi e’tiborini o’ziga tortadi. U innovatsiya jarayonining quyidagi tuzilmasini beradi:

  • faoliyat tuzilmasi - motiv - maqsad - vazifa - mazmun - shakl - metodlar - metodika komponentlari yig’indisi;

  • sub’ektiv tuzilma-innovatsion faoliyat sub’ektlarining xalqaro, mintaqaviy, tuman, shahar va boshqa sathlari;

  • sathiy tuzilma-innovatsion faoliyat sub’ektlarining xalqaro, mintaqaviy, tuman, shahar va boshqa sathlari;

  • mazmun tuzilmasi - o’quv-tarbiyaviy ishlar, boshqaruv (va b.)da yangilikning paydo bo’lishi, ishlab chiqilishi va o’zlashtirilishi;

  • bosqichlilikka asoslangan hayot davriylik tuzilmasi – yangilikning paydo bo’lishi - ildam o’sish - etuklik – o’zlashtirish - diffuziya (singib ketish, tarqalish) – boyish (to’yinish) – qoloqlik - inqiroz – irradiatsiya (aldanish) – zamonaviylashtirish;

  • boshqaruv tuzilmasi - boshqaruv harakatlarining 4 ta turining o’zaro aloqasi: rejalashtirish - tashkil etish - rahbarlik qilish - nazorat qilish;

  • tashkiliy tuzilma - diagnostik, oldindan ko’ra bilish, sof tashkiliy, amaliy, umumlashtiruvchi, tadbiq etuvchi.

Innovatsiya jarayoni tarkibiy tuzilmalar va qonuniyatlarni qamrab olgan tizimdan iboratdir.
Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsion jarayon kechishining 4 ta asosiy qonuniyati farqlanadi:

  • pedagogik innovatsiya muhitining ayovsiz bemaromlik qonuni;

  • nihoyat amalga oshish qonuni;

  • qoliplashtirish (stereotiplashtirish) qonuni;

  • pedagogik innovatsiyaning davriy takrorlanishi va qaytishi qonuni;

Ayovsiz bemaromlik qonunida pedagogik jarayon va hodisalar to’g’risidagi yaxlit tasavvurlar buziladi, pedagogik ong bo’linadi, pedagogik yangilik baholanadi va u yangilikning ahamiyati va qimmatini keng yoyadi.

Yüklə 30,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin