MTT tarbiyachisining innovatsion faoliyatini shakllantirish shartlari Innovatsionlik pedagogik jarayonni ifodalab, nafaqat uning didaktik qurilmasiga, balki tarbiyachining ijtimoiy mohiyatli natijalari va ruhiy qiyofasiga ham taalluqlidir.
Innovatsionlik ochiqlikni, boshqalar fikrining tan olinishini bildiradi.
Tarbiyachining innovatsion faoliyati turli xildagi qarashlarning to’qnashuvi va o’zaro boyitilishi dinamikasida amalga oshishini ko’zda tutadi.
Tarbiyachining innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bog’liq. Unga tarbiyachining tayinli muloqoti aks fikrlarga nisbatan beg’araz munosabat, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida tarbiyachi o’z bilim va ilmiy faoliyatini ta’minlaydigan keng qamrovli mavzu (motiv)ga ega bo’ladi.
Tarbiyachi faoliyatida o’z-o’zini faollashtirish, o’z ijodkorligi, o’z-o’zini bilishi va yaratuvchiligi mavzu (motiv)lar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa tarbiyachi shaxsining kreativligini shakllantirish imkoniyatini beradi.
Yangilik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tug’dirishdir.
Muloqotning yangi vaziyati - bu tarbiyachining o’z mustaqillik mavqeini, dunyoga, pedagogik fan, o’ziga bo’lgan yangi munosabatni yarata olish qobiliyatidir. Tarbiyachi o’z nuqtai nazarlariga o’ralashib qolmaydi, u pedagogik tajribalarning boy shakllari orqali ochilib, mukammallashib boradi. Bunday vaziyatlarda tarbiyachining fikrlash usullari, aqliy madaniyati o’zgarib boradi, hissiy tuyg’ulari rivojlanadi.
Keyingi sharti - bu tarbiyachining madaniyat va muloqotga shayligi. Tarbiyachining innovatsion faoliyati voqelikni o’zgartirishga, uning muammolari va usullarini echishni aniqlashga qaratilgandir.
Tarbiyachi va talaba o’rtasidagi muloqot namunasining o’zgarishi innovatsion faoliyat shartlaridan biridir.
Yangi munosabatlar an’analarda bo’lganidek, qistovlar, hukmga bo’ysunish kabi unsurlardan holi bo’lishi lozim. Ular tenglarning hamkorligi, o’zaro boshqarilishi, o’zaro yordam shaklida qurilgan bo’lishi darkor. Ular munosabatlaridagi eng muhim xususiyati bu tarbiyachi va talabaning ijoddagi hamkorligidir.
Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funktsiyalar bilan izohlanadi:
dunyoga ijodiy yaratuvchilik munosabatida bo’lish;
o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish, o’z turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatida mujassam qilish.
Demak, tarbiyachi yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konseptsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ’ibotchisi sifatida namoyon bo’ladi.
Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta’lim taraqqiyoti sharoitida tarbiyachi innovatsiya faoliyatiga bo’lgan zaruriyat quyidagilar bilan o’lchanadi:
ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta’lim tizimi, metodologiya va o’quv jarayoni texnologiyasining tubdan yangilashni talab qiladi. Bunday sharoitda tarbiyachining innovatsiya faoliyati pedagogik yangiliklarni yaratish, o’zlashtirish va foydalanishdan iborat bo’ladi;
ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish doimo o’qitishning yangi tashkiliy shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi;
pedagogik yangilikni o’zlashtirish va uni tatbiq etishga nisbatan tarbiyachining munosabati xarakteri o’zgarishi.
Tarbiyachining innovatsion faoliyati tahlili yangilik kiritishning samaradorligini belgilovchi muayyan me’yorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me’yorlarga - yangilik, maqbullik (optimalnost), yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qo’llash imkoniyatlari kiradi