Мактабгача таълимни бошqаришниниг илмий асослари O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə7/36
tarix05.09.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#141531
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36
UMK chala

II-Bosqich. Keyinchalik ham bolalar uylari ruhoniylar tomonidan boshqarilgan. Parijda 1640 yil ruhoniy Vinsento Depolen tomonidan asos solingan tarbiya uyi juda mashhur bo‘lgan. U tarbiya uyini qirol Lyudovik XIV tomonidan moliyalashtirishga erishgan. Mehribonlik bilan shug‘ullanuvchi ordenlar— xayriya yo‘lida qilgan ishlari orqali keyinchalik mashxur bo‘lib ketgan yirik cherkov tashkilotlari to`zila boshlagan. Ijgimoiy pedagogika rivojining ikkinchi davri — XVII — XIX asrlar — ijtimoiy-pedagogika eng ilg‘or g‘oyalar va ilmiy konsepsiyalar bilan boyitilgan davr bo‘ldi desak, xato bo‘lmaydi.
XVIII — XIX asrlar (burjua-demokratik inqiloblar davri) olimlarining (pedagog, faylasuf, sotsiolog, psixologlar) davlat va jamoat instituglari bilan hamkorlikda ijtimoiy-pedagogik muammolarni hal qilish g‘oyalarining paydo bulishi davridir. Tarbiya masalalari jamiyat islohotlari, inson huquklari tengligi bilan bog‘lana boshlangan. Aynan shu davrda ijtimoiy pedagogikadagi asosiy yo‘nalishlarning aniq faoliyatda amalga oshishi sodir buladi.
Ijtimoiy pedagogik g‘oyalarning rivojlanishiga franso`z faylasufi, yozuvchi, ma'rifatparvar J. J. Russo (1712 — 1778) ulkan hissa qo‘shgan. U huquqiy, diniy va tabiiy rivojlanish asosiga qurilgan tabiatan shakllangan tarbiya g‘oyalarini ilgari suradi. Rus qomusiy olimi va pedagogi M. V. Lomonosov (171 1 — 1765) o`z “Reglamentlar”ida tarbiyaning xalqparvar g‘oyalarini, insonga faol shaxs sifatida yondashuvni hamda bolada axloqiy sifatlarini shakllantirishning o‘ta muhimligini bayon etgan.
Yangi ijtimoiy pedagogik g‘oyalar franso`z faylasufi va ma'rifatparvari Klod Adriana Gelvetsiy (1715 — 1771) ishlarida ham tilga olingan bulib, ular tarbiya omillari hisoblanmish muhit va pedagogik ta'sir hamda shaxs va jamiyat manfaatlarining birligi masalalaridir.
Shvetsariyalik buyuk pedagog Iogann Genrix Pestalotssi (1746 — 1827 y) o‘z faoliyatida ijtimoiy pedagogik nazariya va amaliyotni birlashtirgan va o‘z mablag‘lari hisobiga yetimlar uylarini ochgan.
Ingliz faylasufi va pedagogi Robert Ouenning ijtimoiy pedagogik faoliyati bir qancha qiziqarli va sermahsul tajribalardan iborat. Nyu-Lenarkda “Inson xarakterini to`zishningyangi institugi”ni ishchilarningturmush darajasini yaxshilash uchun yaratib, u amaliyotda ishlab chiqarish ta'limini madaniyat bilan bog‘lab qo‘ydi. Jahonda ilk marta didaktik o‘yinlar o‘tkaziladigan, bolalarning jismoniy holati haqida g‘amxo‘rlik qiladigan muassasalar u tomonidan to`zilgan. Ingliz faylasufi Gerbert Spenser (1820 — 1903) oilaning shaxs shakllanishidagi o‘rni haqidagi ijtimoiy-pedagogik g‘oyalar bilan singdirilgan asarlar yaratgan. Bu maqsadlarga erishishi uchun u qiziq usulni ilgari surgan, ya'ni Angliyaning davlat va siyosiy to`zilmasini oila va maktab tomonidan imitatsiyalashuvini.
XIX asr shunisi bilan xarakterliki, bu davr mobaynida, bir tomondan, ijtimoiy pedagogikaning pedagogika fanidan ajralish jarayoni sodir bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, uning psixologiya, sotsiologiya, tibbiyot, falsafa kabi fanlar bilan yaqinlashuvi ro‘y bergan.
XIX asrda ijtimoiy pedagogikaning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘lgan.
1) ijgimoiy pedagogikaning nazariy asoslari ishlab chiqilgan. Bu uning fan sifatida paydo bo‘lishiga olib kelgan;
2 ) ta'lim sohasidagi ijtimoiy pedagogik faoliyat vujudga kelgan. Bu yerda ijtimoiy pedagogik ta'lim, tarbiya maqsadi va xarakteri, ta'siri haqida ran bormoqda;
3) ijtimoiy pedagogika faoliyat doirasining kengayishi ro‘y bergan. “Nochor” va tanlab olingan bolalar bilan bir qatorda, katta yoshdagilar bilan ham ijtimoiy-pedagogik faoliyat boshlangan. Eng asosiysi, ijtimoiy pedagogika faoliyat davlat siyosati darajasiga kutarilgan.
XIX asrning 60 - 70 yillarida Germaniya, Angliya, AQShda ijtimoiy qonunchilik tizimlari yaratilgan. Shuni aytib o‘tish joizki, ijtimoiy pedagogika fani rivojlanishining barcha yo‘nalishlarini uning eng asosiy vazifasi — bolalarni ijtimoiy jihatdan himoya qilish g‘oyasi birlashtiradi. Biroq XVIII - XIX asrlarda u avvallari e'tiborsiz bo‘lgan g‘oyalar bilan to‘ldiriladi. Aniqrog‘i, ijtimoiy pedagogika nazariyasi va amaliyotida birinchi o‘ringa umuminsoniy qadriyatlar chiqadi.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab pedagogika va ommaviy tarbiya tizimiga e'tibor kuchayadi. Unda yoshlarni tarbiyalash, shuningdek, ijtimoiy xulq-atvor me'yorlarini bo`zuvchi shaxslarni qayta tarbiyalash muammolari hal qilina boshlandi. Bu ishlarning davom i yevropa va Amerika qit'alarida ro‘y berayotgan o‘zaro ijtimoiy-madaniy jarayonlarda o‘z aksini topishi kerak bo‘ldi. Industriyalashtirish qishloqaxolisining shaharga ommaviy migratsiyasini keltirib chiqardi. Qishloq aholisining yangi turmush tarzi ga moslashishda qiyinchiliklarga uchrashi oqibatida axloqsizlik, jinoyatchilik, daydilik ko‘paydi. Kam rivojlangan yevropa davlatlaridan aholi ko‘chib kelishining ortishi sababli AQShda ahvol nihoyatda og‘ir edi. Ayni vaziyatda cherkovning rolini susayishi ko`zatildi. Cherkov shu paytgacha axloqiy me'yorlarning ana'naviy tashuvchisi bo‘lib kelgan, biroq endi u jamiyatning yangi ehtiyojlari va voqyeliklarini anglay olmadi va ko‘pgina odamlar hayotida o‘zining avvalgi mavqyeini yo‘qotdi. Shu bilan birga, yevropada milliy davlatchilikning shakllanishi va Amerikada millatning yo`zaga kelishi barcha ijtimoiy qatlamlarda muayyan goya va qadriyatlarning madaniylashuvini talab qilardi. Ushbu masalani hal qilish vositalarini topish zarurati paydo bo‘ldi. XIX asr oxirida mustaqil fanga aylangan ijtimoiy pedagogika rivojiga aynan shu omil turtki bo‘ldi.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin