Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni oila va maktab, mahalla hamkorligi



Yüklə 28,23 Kb.
səhifə1/2
tarix21.12.2023
ölçüsü28,23 Kb.
#187725
  1   2
MAKTABGACHA TARBIYA YOSHDAGI BOLALARNI OILA VA MAKTAB, MAHALLA HAMKORLIGI



MAKTABGACHA TARBIYA YOSHDAGI BOLALARNI OILA VA MAKTAB, MAHALLA HAMKORLIGI

REJA:

  1. KIRISH

  2. Oila, mahalla, ta‘lim muassasalari hamkorligi

  3. Oila, mahalla, maktab hamkorligi rejasi

KIRISH


Yosh avlodni tarbiyalashda asosiy ta‘lim - tarbiya o‘chog‘i bu oila va maktabdir. Oilada bola tarbiyasi g'oyat nozik va murakkab masala hisoblanib , bu ota- onadan odob , bilim , tarbiyani talab qiladi. Tarbiya ishi ta‘lim muassasalari bilan oila hamda mahalla hamkorligida amalga oshiriladigan murakkab , mas‘uliyatli vazifadir. Bolaning mustaqil va erkin inson sifatida rivojlanishi uchun birinchi navbatda oila mustahkamligini ta'minlash lozim. Oila jamiyat tayanchi ekanligini unutmasligimiz kerak. Oiladagi ta‘lim - tarbiyani to‘ldiruvchi bu maktab va mahalla hisoblanadi. Ta‘lim muassasalari , oila va mahalla o‘zaro hamkorlikda ishlashi bola tarbiyasi, ayniqsa uning barkamol shaxs tarbiyasi uchun zarur .O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan "Mustahkam oila yili" davlat dasturini amalga oshirish jarayonida oila, mahalla, ta‘lim muassasalari o'rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, har tomonlama sog'lom, yetuk va barkamol yoshlarni voyaga yetkazish masalasiga alohida e'tibor qaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 1993-yilda ishlab chiqilgan Oila, mahalla, ta‘lim muassasalari hamkorligi Konsepsiyasi asosida umumta'lim maktablari bilan o'zini o‘zi boshqarish organlari va oilalar o'rtasida yaqin hamkorlik yo'lga qo'yilgan. Bu esa yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, o‘quvchilarda qiziqishini, iste'dodini, qobiliyatini rivojlantirishda xizmat qilib kelmoqda. Hozirgi kunda " Oila , mahalla , ta‘lim muassasalari" hamkorligi oilalardagi axloqiy muhitni yaxshilab , ularda tarbiyalanayotgan farzandlarni zamon talablari asosida hamda milliy qadriyatlar ruhida trbiyalashda muhim rol sanalmoqda.


Inson bolasi uchun oila asosiy go‘sha , hayotga tayyor bo‘lib chiqadigan qutlug‘ va mo'tabar dargoh. Uning xosiyati fazilatlarini , odam jismonan va ruhan quvvat-u tarbiya olishini oila bilan bog'lasak , turmush kechirishdagi hissasi juda ham ulug‘ ekanini his qilamiz. Oila - jamiyatning bir bo‘lagi hisoblanib , u qancha mustahkam va har tomonlama barkamol bo'lar ekan jamiya ham tez rivojlanadi.
Yana bir narsani unutmasligimiz kerak tarbiyada har bir bolaning xulqiga , temperamentiga qarab munosabat , muomala qilishimiz lozim . Albatta , bunda bolaning yoshi , jinsi, aqli, farosati, xullas , hammasini hisobga olish darkor. U hali bola degan fikrni unutib, bola boshidan degan fikr bilan tarbiyalanib borishi kerak.
Bolalarni barkamol inson qilib tarbiyalash maktabni oila bilan mustahkam bog’lamay turib, tarbiya sohasidagi butun ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirib bo’lmaydi. Shu maqsadda ota-onalar o’rtasida ta’lim-tarbiyaga oid tashviqot ishlarini kengaytirish ularni maktabning faol yordamchilariga, o’quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqaridagi ishlarida har tomonlama foydali tashkilotchilariga aylantirish zarur. Jamiyatning jadal rivojlanishi, faoliyat turlarining tobora murakkablashib borishi shaxs ongiga ko’rsatayetgan ko’rinmas ta’sirlarning kuchayishiga olib kelmoqda. Mana shunday sharoitda kishining mavjud bilimi, kasb-hunari, malakalari kamlik qilib qolmoqda. Eng avvalo, insonlarda oilada tarkib topgan did, farosat, aql, odob, emotsional madaniyatga muhtojlik sezilmoqda. Estetik, axloqiy va boshqa tarbiya sifatlari kundalik hayet ehtiyejga aylanib bormoqda. Tabiiyki, bunday sifatlarga oilaviy tarbiya orqali asos solinadi, kamol toptiriladi. To’g’r, bunda ijtimoiy tarbiyaning o’rnini inkor etib bo’lmaydi. Ana shu nuqtai nazardan ularning birligiga, o’zaro hamkorliklariga asoslansak, barkamol inson tarbiyasida muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Oilaviy tarbiya pedagogika fanida murakkab muammolardan biridir. Uning murakkabligi shundaki, har bir oila o’ziga xos ibtidoiy guruh bo’lib, tarbiyada faqat mazkur guruhga xos xususiyatlarga asoslanadi. Bola tarbiyalashda buyuk mutafakkir bobomiz Mirzo Ulugbek shunday deganlar: "Oilada ota-onalar ayniqsa o’qimishli ota-onalar o’z farzandlarining haqiqiy inson bo’lib kamol topishiga alohida e’tibor berishlari lozim". Shunday ekan, har bir ota-ona farzandining tarbiyasiga ko’proq e’tibor berishi, ularga alohida vaqt ajratib, odob-axloqdan dars berishi, yomonlarga yaqin yo’latmasligi lozim ekan. Ana shunda ular ota-onasi va el-yurtiga xizmat qiladigan, ularga ikki dunyoda obo’ olib keladigan yuzlarini yoruğ va boshlarini yuqori qiladigan farzand bo’lib ulğayishadi. Uzoq va boy tarixga ega bo’lgan xalqimiz o’zining ta’lim-tarbiyaga oid ulkan merosga ega. Bu meros bugungi avlodni, insonparvarlik, mehr- muhabbat, oqibat, vatanparvarlik, yuksak axloq ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Xozrgi kunda bola tarbiyasiga, ularni jahon talablariga mos bilim olishlariga, hunar egallashlari, har tomonlama yetuk inson bo’lib voyaga yetishlariga ota-onalar ma’suldirlar. Tarbiyaning asosi oiladan boshlanadi. Har bir inson dunyoga kelar ekan, uning insoniyligi, ahloq-odobi, xulq- atvori, dastavval o’z oilasida shakllanadi. Har bir ota-ona tarbiyaning o’ziga xos qonunqoidalarni o’zlashtirib, ularga amal qilishi lozim. Negaki oilada bola tarbiyasi g’oyat nozik, murakkab masala bo’lib, ota-onadan pedagogik bilim, katta tarbiyachilik mahoratini talab qiladi. Bolani oʻrab olgan muhitning hammasini odamlar, narsalar, hodisalar uning ongida, xulq - atvorida ma’lum iz qoldiradi, uni oʻzgartiradi, oʻstiradi. Oiladagi tarbiyaning samaradorligi, albatta ota-onaning qanchalik bilimli, madaniyatli boʻlishi, bola tarbiyasiga masʼulyat bilan qarashlari, farzandlari kelajagini chuqur his etishlari, tajribada sinalgan milliy urf-odat va anʼanalardan unumli foydalanishlariga bogʻliq. Tarbiyada talabchanlik, ota-ona va katta yoshdagi kishilarning oʻzaro ahilliklari, kichiklarga gʻamxoʻrlik, osuda turmush va halol mehnat faoliyati oilaviy tarbiyaning asosini tashkil etadi. Bundan tashqari har bir oilada farzand tarbiyasida aniq bir maqsad boʻlishi kerak. Eng muhimi, farzandlarimizni nafaqat boʻlajak ota-ona yoki aka-uka, opasingil sifatida, balki jamiyatning haqiqiy fuqarosi, kelajagiga ishonuvchi, unga sadoqat bilan xizmat qiluvchi inson, vatanparvar posbon sifatida ham tarbiyalashga eʼtibor berishimiz lozim. Oilada doimo tinchlik bo’lishi, bo’sh vaqtini faol tashkil etish, madaniyat, san’at maskanlariga oilaviy sayohatlar uyushtirish - oila barkamolligini ta’minlashga xizmat qiladi. Oilada bolaning to’g’ri tarbiyalashning asosiy shartlaridan biri tarbiyada hamjihatlikdir. Ta’lim tarbiya masalasi murakkab bo’lib, bunday ulkan mas’uliyatli, sharafli ishni oila, mahalla, maktab va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borish muhim o’rin egallaydi. Mahallaning ustunligi shundaki, bu yerda ko’p yillar davomida birga yashagan, bir birini bilgan, sinagan, tanigan kishilar istiqomat qiladilar. Ular har bir oiladagi muhitni va har bir bola tarbiyasini, ota-onasini mahallada tutgan o’rni, mavqei hamda imkoniyatlarni yaxshi biladilar.
Oila, mahalla, maktab hamkorligi rejasini tuzish: ➢ Tarbiyaviy ishlar o’tkazish dasturi va shu dastur asosida mahallada yashovchi har bir bola bilan bu tarbiyaviy ishlarni olib borish. ➢ Mahallada bolalar dam olishlariga, qiziqarli ishlar bilan shug’ullanishlariga imkoniyat yaratib berish. ➢ Mahallada tarbiyaning ta’sirini oshirish. Kabi ko’plab ishlarni olib borish, o’quvchilarni har tomonlama axloqli tarbiya topishlariga keng imkoniyatlar yaratadi. Taʼlim va tarbiya sohasiga etiborni kuchaytirish bu borada hukumatimiz tomonidan qabul qilingan va hujjatlarni, maʼmuriy koʻrsatmalarni samarali bajarish uchun oila, mahalla, maktab hamkorligi faoliyatini oʻziga xos pedagogik tizim, uslub va shakllariga ega boʻlishilari zarur. Utkazilgan tadbirlar har tomonlama puxta, shuning bilan qatnashganlarning yoshlariga mos pedagogik va psixologik mujassamlashtirgan, mantiqan teran, qiziqarli va koʻrgazmali, amaliy jihatdan qisqa va loʻnda estetik jihatdan keng koʻlamli boʻlishi kerak. Hamkorlikda olib borilayotgan ishlar mahalla hududidagi barcha yoshlarni qamrab olgan holda, ularning yoshlaridan, qiziqishlaridan kelib chiqib ularni foydali ishlarga yoʻnaltiriladi.
Bola tarbiyasida maktab o’rni ham juda beqiyosdir. Har bir bola maktab ostonasiga qadam qo’yar ekan, o’zining kelajakdagi qiladigan ishlarini jajji ongida tasavvur qiladi. Maktabda olgan bilimlari, ta’lim-tarbiyasi, bu ishlarning amalga oshishida albatta o’z ta’sirini o’tkazmay qolmaydi. Oila, mahalla, maktab hamkorligida quyidagi tamoyillarga afnal qilinganida samaradorlik yanada yuqoriroq bo’ladi: ➢ ta’lim tarbiya jarayonida hamkorlik harakatlarining ish birligi ➢ tarbiyalanuvchiga xurmat va talabning uyg’unligi. ➢ hamkorlik jarayoni sub’ektlarning teng huquqliligi va yuksak mas’uliyati. ➢ ota-ona farzandining maktabgacha bo’lgan davrdagi jismoniy, aqliy va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash. Bularning barchasi bolaning yetuk inson bo’lib voyaga yetishida muhim ahamiyatlardan biri hisoblanadi. Tarbiyaviy, tashkiliy, uslubiy ishlarni hayotga tatbiq etishda har bir fuqaro, oila, mahalla va maktab oʻzining shart-sharoiti, atrof-muhitni taxlil qilib: ➢ oʻquvchi, oʻqituvchi, ota-ona; ➢ maktab, oila, mahalla, jamoatchilik; ➢ oila, mahalla, maktabgacha taʼlim muassasalari, maktab; yoʻnalishlariga amaliy tarbiya ishlarini hayotga tatbiq etib va shu kun talabi darajasida targʻibot ishlarini olib borilsa, natijada tarbiya masalalari boʻyicha ijobiy yutuqlarga erishish mumkin..!
Tarbiya jarayonida mayda detal degan narsa bo‘lmasligi kerak , chunki u o‘z o'rnida g'oyat muhim bo'lishi mumkin." Bolani faqat u bilan gaplashganda , nasihat qilganda yoki unga biror narsa buyurgandagina tarbiyalayman deb o‘ylamang. Siz bolani turmushingizning har bir lahzasida , hattoki o'zingiz uyda yo‘qligingizda ham tarbiyalaysiz. Sizning qanday kiyinishingizni , boshqalar bilan va boshqalar haqida qanday gaplashishingizni , xursand bo'lishingiz yoki tashvishlanishingiz, do'st va dushmaningiz bilan qanday muomala qilishingiz gazeta o‘qishingiz bularning hammasi bola uchun katta ahamiyatga ega " degan edi tarbiyashunos olim. Haqiqatdan ham inson farzandida shunday bir narsa borki , u oilada olgan tarbiyasini bir umr unutmaydi va doim o'sha ishga taqlid qilib yashaydi . Dono xalqimizda bir maqol bor" Qush uyasida ko‘rganini qiladi".Shunday ekan farzandlarimizga yoshligidan katta e'tibor berishimiz lozim.
Agar oilada muhit yaxshi bo'lmasa ya'ni ota -ona farzandlariga befarq bo‘lib va har doim janjallar sodir bo‘laversa bu bolaning tarbiyasiga, rivojlanishiga qattiq ta‘sir ko‘rsatadi. Chunki oila farzandning dastlabki tarbiya maktabidir.Afsuski, oramizda shunday ota-onalar ham uchraydiki, bolaning hamma talab - ehtiyojlariga haddan tashqari e‘tiborli bo‘lib, barcha o‘jarliklarini ko‘taradilar. Natijada bola kelajakda yomon xulqli , jamiyatga zarari tegadigan inson bo‘lib qoladi. Ana shunday muammolar kelib chiqmaslikning oldini olish uchun biz bo'lajak yosh avlodga to‘g‘ri tarbiya berib, ularga adolatlilik, to‘g‘ri so‘zlilik, haqqoniylik va hurmat-izzatni o'rgatishimiz lozim.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, yosh avlodni tarbiyalashda asosiy ta‘lim-tarbiya o‘chog‘i bu maktabdir.Maktabga har xil oiladan turli xil xulq-atvordagi o‘g‘il -qizlar kelishadi. Bularda maktabning qonun va qoidalariga ko‘nikma hosil qilish , jamoa bilan birga bo‘lish odatini shakllantirish juda qiyin hisoblanadi. Ana shu narsa oila bilan maktab hamkorlikda o'tkazsa bolalar xulqidagi salbiy xususiyatlarni bamaslahat hal qilishsa , tarbiyasi yomon o'quvchi bo'lmaydi.
Biz bilamizki hamma narsa mahalladan boshlanadi. Yoshlar tarbiyasi ular ma'naviy kamolotining samarali yo‘llaridan biri davlat huquq-targ‘ibot organlari , xalq ta'lim tizimi hamda mahallalarning jamoat tashkilotlarining yaqin hamkorligidir .
Bo‘lg‘usi kelajakda, jamiyatimizda komil insonni tarbiyalashga har bir oila, mahallaning ahamiyati katta. Yoshlarni avlodni yaxshi xulqli, davlat ramzlariga sadoqatli qilib tarbiyalashda ularning yosh jihatlariga, xarakteriga alohida ahamiyat berish kerak, chunki bularsiz tarbiyada maqsadga erishib bo‘lmaydi
Yosh avlodni tarbiyalashda "Oila, mahalla, maktab hamkorligi "konsepsiyasi jarayonida ularning har bir vazifalari bor . Masalan:
-avvalambor oilada sog'lom muhitni rivojlantirish , bir -birlariga g‘amxo‘r bo‘lish;
-farzandlarga dunyoviy bilimlar berish, ma'naviyatli inson bo‘lib yetishish;
-bolalarni mustaqil fikrlashga o'rgatish va vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish;
-bolalarning bo'sh vaqtlarida qo'shimcha ta‘lim berish;
-mahalla faollari bilan bolalarning ta'lim-tarbiyasiga oid majlislar o'tkazib, muammolarni hal etish;
-mahalla tomonidan o'quvchilarga ko‘rik-tanlovlar, bayram, sport musobaqalarini o'tkazish.
A. Avloniyning: " Tarbiya biz uchun yo hayot , yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir" iborasi oila ,maktab ,mahalla tamoyiliga aylanishiga erishildi. Hozirgi kunda bolalarning tarbiyasiga mahalla, jamoatchilik juda katta yordam ko'rsatmoqda. Jamoatchilikda yosh bolalarni tadbiq etish, sinfdan tashqari ishlar, tashkilotchilik bilan shug‘ullantirish maqsadga muvofiq. Mahallaning yana foydali tomoni bu o'quvchilarni dasrdan tashqari vaqtlarida tarbiyasi qiyin bo‘lgan o‘smirlarni tarbiyalash va bolalar bilan yashash joylarida sport va madaniy ishlar olib borishdir
Zero," Kelajak bugundan boshlanadi. Hozir tarbiya masalasiga e'tibor berilmasa , kelajak boy beriladi." degan edi I. Karimov. Haqiqatdan ham tarbiya bo'lmasa ta‘lim bo'lmaydi.Ta‘lim bo'lmasa agar kelajagimiz boy beriladi. Shuni aytishim mumkinki, kelajak yoshlarimiz har tomonlama yetuk, barkamol bo'lishi uchun tarbiyaga e'tibor qaratishimiz lozim.
Tarbiya jarayonini raqamlar orqali ifodalasak, tarbiyani 1 chi o'ringa qo'yib uni 1 raqami qilib tanlab olaylik, endi uni ortiga qancha ko'p nol qo'ysak u son shunchalik kattalashadi ya'ni insonning yaxshi hislatlari ortib boradi, lekin birgina bir raqamini olib tashlash bu sonning qiymatini butunlay o'zgartirib 0 qilib ma'no anglatmay qo'yadi. Bundan ko'rinib turibdiki tarbiyasiz inson hech kimga aylanib qolgandik go'yo. Demak , insonni inson qilib turadigan , uning libosi bu tarbiyadir
Prezidentimiz amalga oshirilayotgan hech kimdan kam bo'lmagan, yuksak ma'naviyatli avlodni voyaga yetkazish yo'lidagi keng ko‘lamli ishlarda oila, mahalla va ta'lim muassasalari hamkorligining ahamiyati kattadir. Ta‘lim va tarbiyaning uyg'unlikda olib borilishi mustaqil fikrli, barkamol yoshlarni ulg‘aytirishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.


Yüklə 28,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin