XULOSALAR
Prezidentimiz o‘zining O‘zbekistonning bugungi istiqlol va istiqbol yo‘lini ifodalovchi
boshqa qator ma’ruzalari va asarlarida ham iqtisodiyot bilan ma’naviyat, inson ruhiyatining
barkamolligi, hayotning o‘zaro ajralmas, bir-birini to‘ldiradigan, o‘zaro ta’sir va aks ta’sir
etadigan muhim omillari ekanligini va ayni paytda bugungi iqtisodiy o‘nglanish, iqtisodiy
tiklanish, iqtisodiy rivojlanishni, ma’naviy o‘nglanish, ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish
harakatlari bilan tamomila uyg‘un bo‘lishini ta’minlashning muqarrar ijtimoiy zarurat
ekanligini qayta-qayta ta’kidlaydi. Shuningdek, Prezident I.A.Karimovning Respublika Oliy
Majlisi IX sessiyasidagi "Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori"
mavzusidagi so‘zlagan nutqidan kelib chiqqan holda qabul qilingan "Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun
va Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dastur (1997 yil 29 avgust) ning amalda qo‘llanilishi
bugungi shaxs faoliyatidan, uning ijtimoiy taraqqiyotiga xizmat qiluvchi omillaridan yanada
unumliroq foydalanish yo‘llarini izlashga da’vat etadi. Bu esa, avvalo inson ma’naviyati,
ruhiyati va ijtimoiy kamoloti bilan shug‘ullanuvchi psixologlar oldiga bir muncha jiddiy va
mas’uliyatli vazifalarni qo‘yadi. Bu vazifalarning bajarilishi esa har bir shaxs va uning
faoliyatini bugungi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot tamoyillari qo‘ygan talablar asosida qaror
toptirishga ko‘maklashuvchi psixologik xizmat jarayonining muvaffaqiyatli tatbiq etilishiga
ham bog‘liq ekanligi shubhasizdir. Zero, shaxs va uning faoliyatini har tomonlama
rivojlantirish muammosiga psixologiyaning amaliy-tatbiqiy yo‘nalishlari asosida yondashish
zarurligi haqida ko‘pgina olimlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirganlar va bildirib kelmoqdalar
Olib borgan tadqiqotlarimiz shunday taxminni tasdiqlashga izn berdiki, psixokorreksion
model asosida tashkil etilgan maktab psixologi professional faoliyati destruktiv xarakterdagi
shaxslararo nizolarni konstruktiv nizolarga samarali o‘zgartirish, nizolarni keltirib chiqaruvchi
omillarni rekonstruksiya qilish, o‘smirlarda shaxslararo nizolar vaziyatida konstruktiv xulq-
atvorni shakllantirish imkonini beradi.
Tajriba-eksperimental
va
nazorat-diagnostik
ish
davomida
maktab
psixologiningo‘smirlar o‘rtasidagi nizoli vaziyatlarva dolzarb nizolar sharoitidagi faoliyati
nizoni o‘chirishga emas, balki nizoni keltirib chiqaruvchi omillarning ijobiy dinamikasini
ta’minlashga qaratilishi zarurligi haqidagi taxminimiz isbotlandi.
Ish davomida biz qo‘yilgan maqsadimizga erishdik, maktab psixologining o‘smirlar
o‘rtasidagi shaxslararo nizolar vaziyatidagi psixokorreksion ishi mazmunini aniqladik, uning
shakl va metodlarini ishlab chiqdik. Tadqiqotlarimiz asosida biz shunday xulosalarga keldik.
1.Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘smirlar o‘rtasida yuzaga keladigan shaxslararo nizolar
ob’ektiv asosga ega bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayoni xususiyatlari, o‘smirlar guruhlari ijtimoiy-
36
psixologik xususiyatlari, o‘smirlarning shaxslilik, individual-psixologik va yoshga oid
xususiyatlariga bog‘liq. O‘smirlar o‘rtasidagi shaxslararo nizolar o‘quvchilar va o‘quv
guruhlariga ham salbiy, ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu munosabat bilan maktab psixologining
o‘smirlar o‘rtasidagi shaxslararo nizolar sharoitidagi ishi shaxslararo nizoning shaxslilikni
rivojlantiruvchi salohiyatini maksimal amalga oshirishga va uning salbiy oqibatlarini yuzaga
kelish extimolini kamaytirishga yo‘naltirilishi kerak.
2.O‘smirlar o‘rtasidagi shaxslararo nizolar tabiati turlicha bo‘lgan shaxslararo nizolarni
keltirib chiqaruvchi omillarning bir vaqtda ta’sir etishi bilan aniqlanadigan o‘ziga xos yaqqol
namoyon bo‘ladigan xususiyatga ega. Shu munosabat bilan maktab psixologining shaxslararo
nizolarni konsturktiv hal qilish va uning salbiy oqibatlarini profilaktika qilish bo‘yicha kasbiy
faoliyati psixokorreksion faoliyat sifatida tashkil etishi mumkin. Ya’ni psixolog oldida
o‘smirlardagi shaxslararo nizolar sharoitidagi asosiy vazifa tabiati turlicha bo‘lgan nizoni
keltirib chiqaruvchi omillarni nizoli vaziyat bosqichida psixologik korreksiya qilishdan iborat,
shaxslararo nizo dolzarblashgan holatda esa – nizoning destruktiv ko‘rinishdan konstruktiv
ko‘rinishga o‘tishini ta’minlashdir.
3.Biz shu narsani aniqladikki, maktab psixologining o‘smirlar o‘rtasidagi shaxslararo
nizolar sharoitidagi psixokorreksion faoliyati kompleks tizimli xarakterga ega bo‘lishi kerak.
Bunday faoliyat mazmuni ta’lim-tarbiya jarayonida nizoni keltirib chiqaruvchi xarakterig ega
bo‘lib qoladigan individual-psixologik, shaxslilik, ijtimoiy-psixologik va tashkiliy omillar
tizimidan iborat. Maktab psixologi tomonidan qo‘llaniladigan o‘smirlar bilan olib boriladigan
psixokorreksion ish shakllari va metodlari bifurkatsiya nuqtasida namoyon bo‘lgan nizoni
keltirib chiqaruvchi omillar tizimining ijobiy dinamikasini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi
kerak.
4.Maktab psixologining o‘smirlar o‘rtasidagi shaxslararo nizolar sharoitidagi
psixokorreksion faoliyati tuzilmasida biz diagnostik, korreksion va nazorat-diagnostik
elementlarni ajratamiz, ular, qoidaga ko‘ra psixokorreksion faoliyatning tayyorgarlik, asosiy
(korreksion) va yakuniy bosqichiga to‘g‘ri keladi.
5. Biz yana shunday xulosaga keldikki, maktab psixologi psixokorreksion faoliyati
samaradorligini baholash maxsus mezonlar asosida amalga oshirilishi kerak.
Afsuski, maktab psixologining o‘smirlar o‘rtasidagi shaxslararo nizolar vaziyatidagi
kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bir qator masalalar faqatgina bir dissertatsion tadqiqot doirasida
ko‘rib chiqila olmaydi.
Muhim tadqiqot vazifasi sifatida maktab psixologining o‘smirlardagi shaxslararo
nizolar sharoitidagi faoliyati samaradorligini ob’ektiv baholash ishonchli va operativ usullarini
ishlab chiqish ilgari surildi.
37
6. Biz tomondan ishlab chiqilgan maktab psixologining psixokorreksion faoliyati
modeli o‘zining mazmuni, shakli va metodlari jihatidan o‘smirlar bilan ishlashga mo‘ljallangan.
Shu bilan birga adabiyotlar tahlilining ko‘rsatishicha, boshqa yosh guruhlarida ham shaxslararo
nizolar va ularni yengish muammosi dolzarb bo‘lib turibdi. Shu munosabat bilan turli yoshdagi
o‘quvchilar bilan psixokorreksion ish xususiyatlarini o‘rganish va aniqlash zarurati tug‘iladi.
Istiqbolda bu maktab psixologi psixokorreksion faoliyatining yagona modelini yaratish imkonini
bergan bo‘lar edi.
7.Psixokorreksion yondashuvning yuqorida ko‘rib chiqilgan imkoniyatlari maktab
psixologining psixokorreksion faoliyatini tashkil etish sohasidagi tadqiqotlarni kengaytirish,
uning mazmuni, shakllari va usullarini aniqlash va tasdiqlash keyinchalik maktabdagi ta’lim-
tarbiya jarayonida psixokorreksion modelni loyihalashtirish uchun manbalar yaratishi
mumkinligi haqidagi taxminni ilgari surish imkonini beradi.
8.Mazkur sohadagi tadqiqotlar istiqbolini ko‘rish amaliy psixologning pedagogik
amaliyotga berilgan nuqtai nazari bilan belgilanadi. Pedagogik amaliyot bu holatda
pedagoglarning kasbiy faoliyati va ta’lim-tarbiya jarayonining barcha sub’ektlari o‘zaro ta’sir
turlarini faollikning kognitiv, affektiv, konotiv shakllarining rivojlanishi va kamol topishi uchun
sharoit yaratish maqsadida; bilish madaniyatini shakllantirish, borliqni emotsional va irodaviy
o‘zlashtirish va shu asosda inson individualligini ochib berish sifatida ifodalanadi.
9.Shu munosabat bilan tarbiyaviy jarayonning psixokorreksion modeli har bir
o‘smirning psixologik o‘ziga xosligi va birlamchi bolalar jamoalari ijtimoiy-psixologik
xususiyatlariga yo‘naltirilganligi bilan pedagogik jarayondagi tabiiy qarama-qarshilikni - individ
tabiati va ikkilamchi jamiyat tomonidan yaratilgan mohiyatni samarali usul bilan hal qilishga
qodir. Demakki, tarbiyaviy jarayonning psixokorreksion modeli faqat joriy vaziyat pedagogik
muammolariga emas, balki ijtimoiy rivojlanish istqboliga yo‘naltirilganligi bilan ham mos
keladi.
Nihoyat
maktab
psixologi
psiologi
ishining
psixokokrreksion
metodlari
psixokorreksiyani tashkil etish shakllariga mos holda tafovutlanishi mumkin. Bunda birgalikdagi
faoliyatni tashkil etishning turli metodikalari, guruhiy metodikalari va maktab psixologining
shaxslararo nizolarda bevosita qatnashishi shakllari, ya’ni vositachilik faoliyatining turli
ko‘rinishlari haqida gap boradi.
Korreksion ishning turli bosqichlarida qo‘llaniladigan metodikalarning juda ko‘p
xilma-xilligiga qaramasdan, lurani ko‘proq umumiy xususiyatlariga ko‘ra ajratish mumkin, bu
esa ularni bitta guruhga jamlash imkoinin beradi. Keyinchalik maktab psixologi psixokorreksion
ishi metodlarini ko‘rib chiqishda biz quyidagicha reja bo‘yicha ish ko‘ramiz:
1.
Nazariy asoslar.
2.
Korreksiya mexanizmlari.
38
3.
Psixokorreksiya maqsadlari.
4.
Psixokorreksion ta’sir ko‘rsatish predmeti.
5.
Psixologik mazmun.
6.
Tashkil etish bosqichlari.
Bunda bizning tadqiqotimizdan kelib chiqqan holda, psixokorreksion ish turli
metodlarini ko‘rib chiqish o‘smirlik yoshiga nisbatan olib boriladi.
O‘smir o‘quvchilar birgalikdagi faoliyatining turlicha jabhalari zamonaviy pedagogik
va psixologik adabiyotlarda keng va har tomonlama yoritilgan, bu yerda biz eng umumiy
xarakterga ega bo‘lgan nuqtai nazarni keltirib o‘tamiz va asosiy diqqatni nizoga moyil o‘smirlar
uchun maxsus psixokorreksion guruhlarni tashkil etishga, shuningdek o‘smirlardagi nizolarda
maktab psixologining vositachi sifatida qatnashishi xususiyatlariga qaratamiz.
O‘smirlardagi birgalikdagi faoliyat doirasida shaxslararo nizolarni yuzaga
keltiruvchi shaxslilik va indivdual-psixologik omillarni korreksiya qilish har bir
o‘smirning psixologik o‘ziga xosligi va birlamchi o‘smirlar jamoasining ijtimoiy-psixologik
turli-tumanligiga ko‘ra pedagogik jarayonda yuzaga keluvchi tabiiy qarama-qarshiliklarni
samarali hal qilishga qodirdir. O‘smirlar birgalikdagi korreksion faoliyatini tashkil etish
maqsadi, birinchidan, har bir o‘smirga o‘zining ajoyib xususiyatlariga mos ravishda birgalikdagi
faoliyatda shunday “o‘rin” topib berishki, bu o‘rin uning shaxslararo nizolar kelib chiqishiga
sabab bo‘luvchi shaxslilik va individual-psixologik xususiyatlarining ijobiy dinamikasini
ta’minlab bersin; ikkinchidan esa, birgalikdagi faoliyatning o‘zida shaxslararo nizolarni yuzaga
keltiruvchi omillarni qayta ishlashdir. Biz bu yerda avvalo birgalikdagi faoliyat
qatnashchilarining maqsadlari, qiziqishlari, motivlari va x.k.larni nazarda tutyapmiz.
Psixolog bunga bir nechta yo‘llar bilan erishishi mumkin. O‘smirlarning eng
samarali, maksimal adekvat xususiyatlari va extiyojlariga bizningcha shaxsning birgalikdagi,
ko‘ngilli qabul qilingan yuqori darajali kooperatsiya faoliyati kiradi. Bunday faoliyat guruhiy
qadriyatlardan tashqariga chiquvchi maqsadlarga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Agar bunday
sharoitdagi muomala ahamiyatli va emotsional boy bo‘lsa, unda motivatsiya nuqtai nazaridan,
bunday birgalikdagi faoliyat ham o‘z jarayoni, ham o‘z natijasiga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Shunday qilib, guruhiy ichki nizolarning yuzaga kelish omili hisoblangan guruh
a’zolari, shuningdek birgalikdagi faoliyat qatnashchilarining qadriyatlari va motivatsiyalari
xususiyatlari korreksiya predmetiga aylanadi.
Birgalikdagi faoliyat sharoitida korreksion ish mohiyati, bizningcha, komunikatsiyaning
interpsixik vaziyatlari va o‘zaro ta’sirning boshqa shakllarida uning ijtimoiy konteksti bilan
yaratiladi.
Birgalikdagi korreksion faoliyat sharoitida o‘smirlarda yuzaga keluvchi jarayonlarning
psixologik mazmuni quyidagilardan iborat:
39
1.”Umumiy harakatda” shaxsiy qoniqish imkoniyatlarini izlashga yo‘naltirilgan
birgalikdagi faoliyat motivi dinamikasi.
2. Birgalikdagi faoliyat qatnashchilarining qadriyatlari va motivatsion pozitsiyalarining
yaqinlashuvi.
3. Tengdoshlari bilan emotsional boy, shaxslilik ahamiyatiga ega muomalaga
extiyoening amalga oshirilishidan qoniqish hissining vujudga kelishi.
|