Maktabgacha tarbiya yoshida mehnatning roli


Mehnat faoliyatining bola ruhiy rivojlanishiga ta’siri



Yüklə 25,81 Kb.
səhifə9/10
tarix26.12.2023
ölçüsü25,81 Kb.
#198419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Maktabgacha tarbiya yoshida mehnatning roli

Mehnat faoliyatining bola ruhiy rivojlanishiga ta’siri

Ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish faol ish jarayonida yuz beradi. Faollik bolaga xos xususiyatdir. Ta’lim-tarbiya jarayonidagi faollik asosida faoliyatning har xil turlari shakllanadi. Ulardan asosiylari: munosabatda bo‘lish faoliyati, bilish, buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyat, o‘yin, mehnat va o‘quv faoliyatlaridir.

Faoliyat turlarining o‘zi ijtimoiy-tarixiy tajribaning bo‘lagidir. U yoki bu faoliyatni o‘zlashtirayotib bola faollik ko‘rsatadi, shu bilan bir vaqtda shu faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalarni egallab oladi. Buning asosida bolada har xil shaxsiy qobiliyat va xususiyatlar shakllanib boradi. Ta’lim va tarbiya orqali amalga oshiriladigan faoliyatlarni bolalar birdaniga o‘zlashtirib olmaydilar, ularni bolalar tarbiyachi rahbarligida asta-sekin egallab boradilar.

Bolalarning har xil faoliyatlarni muvaffaqiyatli egallab olishlari asosan oilada, bolalar bog‘chasida ta’lim-tarbiya ishining qay darajada tashkil etilishiga bog‘liqdir.

Bolalarning har xil faoliyatlarni muvaffaqiyatli egallab olishlari asosan oilada, bolalar bog‘chasida ta’lim-tarbiya ishining qay darajada tashkil etilishiga bog‘liqdir.

Inson hayotining birinchi yilidanoq faoliyatning eng oddiy turlari undagi shaxsiy qobiliyatlarxususiyatlar, tevarak-atrofga ma’lum bir munosabatning shakllanishida asos bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, kattalarning bola bilan bo‘ladigan hissiy, hissiy-predmetli munosabatlaridayoq bolada dastlabki ijtimoiy talabni vujudga keltiradi, dastlabki harakat va tasavvurlar, taassurotlar shakllana boshlaydi.

Harakat usullarini egallab borish orqali bolada faollik rivojlanadi. Ammo faollikning qay darajada rivojlanib borishi irsiyatga hamda taqlidchanlik qobiliyatiga ham bog‘liq. Bola hayotining dastlabki yillarida kattalar bilan bo‘ladigan munosabati va narsa-buyumlar bilan bajargan harakati asosiy faoliyat turi hisoblanadi.

Bola bilan muomala qilish orqali kattalar ularni sekin-asta buyumlar olamiga olib kiradilar.


Yüklə 25,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin