Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy tarbiyaning roli


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 394,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix30.11.2022
ölçüsü394,54 Kb.
#71364
1   2   3   4   5   6   7   8   9
maktabgacha-tarbiya-yoshidagi-bolalarni-maktabga-tayyorlashda-aqliy-tarbiyaning-roli

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 
Academic Research, Uzbekistan 516 www.ares.uz 
hamda xalq ta’limini boshqarish va rahbarlik masalalarini chuqur o‘rganib, bo‘lajak 
tarbiyachilarni qanday tayyorlash muammolarini hal qilish; 
— maktabgacha tarbiya muassasalarida oila bilan uzviy hamkorlikda bolalarni har 
tomonlama rivojlantirish ishini amalga oshirish. 
Bunday vazifalarda tadqiq etish: 
— birinchidan, bolalar sog‘lig‘ini saqlaydi va mustahkamlaydi, jismoniy
rivojlanishini ta’minlaydi; 
— ikkinchidan, ilmga qiziqish va qobiliyatlarini rivojl antiradi; 
— uchinchidan, Vatanga, tabiatga, jonajon o‘lkaga muhabbat, kattalarga hurmatni, 
o‘rtoqlik va jamoatchilik, xayrixohlik, xulq madaniyati, mustaqillik, uyushqoqlik va 
intizom, mehnatsevarlik kabi ijobiy fazilatlarni tarbiyalaydi; 
— to‘rtinchidan, estetik tarbiyani amalga oshiradi. 
Demak, bilish jarayonida esa bolaning ongi, his-tuyg‘ulari shakllanadi. Eng 
muhimi ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan va ijtimoiy munosabatlarga xizmat 
qiladigan xulqiy odatlar hosil bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning, yosh va 
individual xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ularning har tomonlama 
rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Maktabgacha tarbiya muassasalari ham 
bolalarni har tomonlama tarbiyalaydi. Bola hayotidagi ilk yosh eng muhim davr 
bo‘lib, xuddi mana shu davrda bolaning jismoniy, axloqiy, mehnat, estetik 
rivojlanishiga poydevor bo‘ladi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarni barkamol shaxs qilib tarbiyalashga qaratilgan, 
ta’lim-tarbiya borasida yaratilgan tajribalarga, nazariy va metodik manbalarga, O‘rta 
Osiyo 
va jahon tan olgan buyuk mutafakkir olimlarning asarlari va ta’lim-tarbiyaning 
umumiy qonuniyatlariga asoslanadi. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni aqliy tarbiyalash bolalarning fikrlash 
faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan kattalarning ma’lum maqsad asosidagi ta’sir 
etishdir. U bolalarga tevarak-atrofdagi olam haqida bilimlar berishni, ularni 
tizimlashtirishni, bolalarda bilishga qiziqish uyg‘otish, aqliy malaka va ko‘nikmalarni 
tarkib toptirishni, bilim qobiliyatlarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. Maktabgacha 
tarbiya yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy tarbiyaning roli, ayniqsa, 
kattadir. Chunki aql his-tuyg‘ular va idrok etishdan tortib, fikrlash va tasavvur 
etishgacha bo‘lgan jarayonlar yig‘indisidir. 
Aqliy rivojlanish fikrning kengligida voqealarni har xil bog‘lanishlarda, 
munosabatlarda ko‘ra bilish, umumiylashtirish qobiliyatida namoyon buladi. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi faoliyat jarayonida, 



Yüklə 394,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin