1. Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish.
2.Bоshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarning turlari
3. . Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarning shakllari
Tezkor savollar
Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarning maqsadi va vazifalari. 2.Matematika to’garagi 3.Adabiy janrlar xaqida ma’lumot 4.Fakultativ mashg’ulotlar haqida ma`lumot 5. Iqtidorli bolalarni aniqlash 6.Boshlang’ich sinflarda ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning maqsadi va vazifalari.
7.To’garak turlari xaqida ma’lumot bering.
Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari ishlar o’quvchilarning qiziqishi, istaklari, xohish va ehtiyojlariga suyangan holda ularning darsdan bo’sh vaqtlarida o’quv-tarbiya jarayonini to’ldiradi. U o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligani oshirishga imkoniyat yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarning o’ziga xosligi shundaki, to’garak, klub dasturlarining rang-barangligi, ular mazmunidagi yangiliklar o’smir yigit-qizlarning shaxs sifatida shakllanishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Sinfdan tashqari ishlar maktab ta’lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini yo’lga qo’yish formalaridan biridir.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar shaxsni har tomonlama kamol toptirish va uni hayotga aktiv faoliyatga tayyorlash uchun keng imkoniyatga ega. Bu ishlar bolalarning qiziqishlariga muvofiq tarzda ko’ngillilik asosida tashkil qilinadi. O’quvchilar sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda o’zlarini qiziqtiradigan mashg’ulotlarni tanlab olishadi a ulard mustaqil tashabbuskorona ishtirok etishadi.
«Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar» konsepsiyasi xalq ta’limi vazirligi tomonidan 1993 yilda tasdiqlangan.
Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda o’qituvchining yo’naltiruvchi ta’siri ostidagi o’quvchilarning o’z-o’zini nazorat qilish asosiga qurilgan va fan kabinetlarida, kutubxonada va uyda yakka tartibdagi reja asosida o’tkaziladigan mustaqil mashg’ulotlar yetakchi shaklga aylanishi kerak. Bunda sinfdan tashqari ishda ta’limning moddiy bazasi: qo’shimcha va ma’lumotnoma adabiyotlari laboratoriya uskunalari, ko’rgazmali qo’llanmalar, didaktik materiallar, texnika vositalaridan oqilona foydalanish ko’zda tutiladi.
• Sinfdan tashqari ishlarning ta’limiy ahamiyati – o’quvchilarga qo’shimcha bilim, malaka va ko’nikmalar berish.
• Tarbiyaviy ahamiyati – o’quvchilarning ijodiy faoliyat ko’rsatishiga, nutq odobiga, mustaqil fikrlashiga zamin hozirlash.