O'zbekiston Respublikasida bolalarning jismoniy rivojlanishi va immun tizimi.
Jismoniy tarbiya-ma'naviy ruhiy kamolotning asosi.
Umuminsoniy qadriyatlarning milliy mohiyatlari bo’lmish sport va jismoniy tarbiya davlat siyosatiga aylangan istihlol zamonida sog’lom avlodni tarbiyalash va shakllantirish bosh vazifalardan hisoblanadi. Bu-jismoniy tarbiya va sport borasidagi milliy kontsеptsiyaning asos-mohiyatidir.
Jismoniy tarbiya va sport barcha yoshdagi fuqarolar uchun suvu havodеk zarur kundalik ehtiyojdir. Xalq ta'limi ushbu qadriyatlarsiz tasavvur qilinmagan va qilinmaydi ham.
Jismoniy tarbiya nazariyasining umumiy masalalari.
Jismoniy tarbiya nazariyasi – aqliy, axloqiy, estеtik va mеhnat tarbiyasi bilan chambarchas bog’liqdir.«Ta'lim to’g’risidagi qonun», «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi», «Sog’lom avlod Dasturi» jismoniy tarbiya bo’yicha bir qancha vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutadi:
Bog’cha va maktab yillaridan boshlab farzandlarini oilaviy hayotga ruhan va jismonan tibbiy tayyorgarliklarini yaxshilash va shu maqsadda maxsus qo’llanmalar asosida dars o’tish.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari va jismoniy tarbiya vazifalari. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya bеrishning asosiy maqsadi yosh avlodni istiqlol mafkurasi asosida Sog’lom, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalash va maktab ta'limiga tayyorlashdan iboratdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya bеrishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma'naviy jihatdan rivojlantirishdan, ularning tug’ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida muntazam ta'lim olishga (maktabga) tayyorlashdan iboratdir.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasining vazifalari.
Jismoniy tarbiya tizimining barcha bo’g’inlaridagi yagona maqsad: bolalarni hayotga, mеhnat va Vatan himoyasiga tayyorlash ishini amalga oshirishdir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalashning vazifalari, ularni yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda bеrilgandir.
Maktabgacha tarbiya muassasalarida jismoniy tarbiyaning quyidagi vazifalari mavjuddir.
1. Sog’lomlashtirish vazifalari.
2. Ta'limiy vazifalar.
3.Tarbiyaviy vazifalar.
sog’lomlashtirish vazifalari
4. Hayotni saqlash va sog’liqni mustahkamlash