Maktabgacha yoshdagi bolalarda individual psixologik xususiyatlarning namoyon boʻlishi Reja



Yüklə 40,25 Kb.
səhifə3/8
tarix17.05.2023
ölçüsü40,25 Kb.
#114865
1   2   3   4   5   6   7   8
Maktabgacha yosh davrida psixik rivojlanish xususiyatlari

- ikkinchidan, bolalar o‘yin jarayonida o‘z ixtiyorlaridagi narsalarni, o‘zlarini qiziqtirgan, ammo kattalargagina mansub bo‘lgan narsalarga aylantirib, xohlaganlaricha erkin faoliyatda bo‘ladilar. Bolalarning o‘yin faoliyatlari ularning jismoniy va psixik jihatdan garmonik ravishda rivojlanishi uchun birdan-bir vositadir.
O‘yin bolalar hayotida shunday ko‘p qirrali faoliyatki, unda katgalarga mansub bo‘lgan mehnat ham, turli narsalar haqida tafakkur qilish, xom-xayol surish, dam olish va xushchaqchaqlik jarayonlarining barchasi o‘yin faoliyatida aniq bo‘ladi. SHuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, o‘yin faqat tashqi muhitdagi narsa hodisalarni bilish vositasigina emas, balki qudratli tarbiya vositasi hamdir. Ijodiy va syujetli o‘yinlarda bolalarning barcha psixik jarayonlari bilan birgalikda ularning individual xususiyatlari ham shakllanadi. Demak, bog‘chadagi ta’lim-tarbiya ishlarining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan bolalarning o‘yin faoliyatlarini maqsadga muvofiq tashkil qila bilishga bog‘liqdir. SHunday qilib, o‘yin bolalar xayoli tomonidan yaratilgan narsa emas, aksincha, bolalar xayolining o‘zi, o‘yin davomida yuzaga kelib, rivojlanadigan psixik jarayondir. SHuni ham ta’kidlash joizki, fan-texnika mislsiz rivojlanayotgan hozirgi davrda hayratda qoldiradigan narsalar bolalarga go‘yo, bir mo‘‘jizadek ko‘rinadi. Natijada ular ham o‘zlarining turli o‘yinlari jarayonida o‘xshatma qilib (ya’ni, analogik tarzda), har xil xayoliy narsalarni o‘ylab topadilar (uchar ot, odam mashina, gapiradigan daraxt kabilar). Bundan tashqari, bolalarning turli xayoliy narsalarni o‘ylab chiqarishlari yana shuni anglatadi-ki, ular o‘zlarining har turli o‘yin faoliyatlarida faqat atroflaridagi bor narsalarni emas, balki ayni chog‘da ehtiyojlarini ham aks ettiradilar.
Bolalarning o‘yin faoliyatlarida turli hayoliy va afsonaviy obrazlarni yaratishlari odamning (shu jumladan, bolalarning ham) tashqi muhitdagi narsa va hodisalarni aks ettirish passiv jarayoni emas, balki faol, ijodiy yaratuvchanlik jarayoni ekanligidan dalolat beradi.
Bolalar o‘yin faoliyatining yana bir xususiyati bu o‘yin jarayonida bolaning qiladigan xatti-harakatlari va bajaradigan rollarining ko‘pincha umumiylik harakteriga ega bo‘lishidir. Buni shunday tushunish kerakki, bola o‘zining turli-tuman o‘yinlarida faqat o‘ziga tanish bo‘lgan yolg‘iz bir shofyorning, vrachning, militsionerning, tarbiyachining, uchuvchining xatti-harakatlarnigina emas, balki umuman shofyorlarning, vrachlarning, tarbiyachilarning hamda uchuvchilarning xatti-harakatlarini aks ettiradi.
Bu Yoshdagi bolalar o‘z vaqtining ko‘p qismini o‘yin bilan o‘tkazadi, ayniqsa 3 Yoshdan 6-7 Yoshgacha o‘yinlar ahamiyatli taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tadi: predmetli-boshqaruv va ramziy o‘yinlardan tortib to qoidali syujetli-rolli o‘yinlargacha. Bu Yosh davrida barcha o‘yin turlarini ko‘rish mumkin.
Bu Yosh davri davomida bolalarning quyidagi asosiy faoliyat turlari izchillikda takomillashib boradi: predmetlar bilan boshqarish o‘yini, qonstruktiv tipdagi individual predmetli o‘yin, jamoaviy syujetli-rolli o‘yinlar, individual va guruhiy ijod, o‘yin-musobaqa, o‘yin-muloqot, uy mehnati. Kichik maktabgacha Yoshdagi bolalar asosan predmetlar, turli xil o‘yinchoqlar bilan yolg‘iz o‘zlari o‘ynaydilar. O‘zlarining predmetli va konstruktorli o‘yinlarida idrok, xotira, tasavvur, tafakkur jarayonlarini, Shuningdek o‘z harakat qobiliyatlarini takomillashtirib boradilar. Albatta, turmush tajribalari va faoliyatlari doirasi cheklangan kichik Yoshdagi bolalar (ba’zan kichik guruh bolalari ham) o‘zlarining o‘yinlarida qonkret odamlarni va ularning harakatlarini aks ettiradilar xolos. Masalan, (oyisini, dadasini, akasini, tarbiyachisini va shu kabilarni). O‘rta yoki katta bog‘cha Yoshidagi bolalarning o‘yinlarida esa bunday obrazlar umumiylik harakteriga ega bo‘la boshlaydi. Sekin-asta o‘rta maktabgacha davrga borib o‘yin jamoaviy bo‘lib boradi va unga ko‘proq bolalar qo‘shila boshlaydi. Bolalarning individual xususiyatlarini, ularning jamoa o‘yinlari davomida kuzatish qulaydir. O‘z o‘yinlarida bolalar kattalarning predmetlarga munosabatinigina emas, balki ko‘proq ularning o‘zaro munosabatlarini ham aks ettiradilar va ularga taqlid etadilar. Shuningdek, jamoa o‘yinlarida bolalar bir guruh odamlarning murakkab hayotiy faoliyatlarini aks ettiradilar. Masalan, «poezd» o‘yinini olaylik. Bunda mashinist, parovozga ko‘mir yoquvchi, provodniklar, qontrolyor, kassir, stansiya xodimlari va yo‘lovchilar bo‘ladi. Bolalarning mana shu kabi jamoa o‘yinlari artistlarning faoliyatiga o‘xshaydi. CHunki, jamoa o‘yinidagi har bir bola o‘z rolini yaxshi ado etishga intilishi bilan birga, o‘yinning umumiy mazmunidan ham chetga chiqib ketmaslikka tirishadi. Bu esa, har bir boladan o‘zining butun qobiliyatini ishga solishni talab etadi. Ma’lum rollarga bo‘lingan jamoa o‘yini, bolalardan qat’iy qoidalarga bo‘ysunishini va ayrim vazifalarni talab doirasida bajarishni taqozo etadi. Shuning uchun bolalarning bunday jamoa o‘yinlari psixologik jihatdan katta ahamiyatga ega. CHunki, bunday o‘yinlar bolalarda irodaviylik, xushmuomalalik, o‘yin qoidalariga, tartib-intizomga bo‘ysungan va shu kabi boshqa ijobiy hislatlarni tarbiyalaydi va rivojlantiradi.
Eng asosiysi bu o‘yinlarda kattalarning predmetli dunyoga nisbatan xulq-atvori takrorlanmaydi, odamlar orasidagi munosabatlarga, xususan – rollariga imitatsiya (taqlid) qilinadi. Bolalar ushbu munosabatlar asosida quriladigan rollarni va qoidalarni ajratadilar, o‘yinda unga amal qilinishini qattiq nazorat qiladilar va o‘zlari ham ularga rioya qilishga harakat qiladilar. Bolalarning syujetli-rolli o‘yinlari turli mavzularda bo‘lib, bolalar ular bilan hayotiy tajribasiga muvofiq yaxshi tanishdir. Bolalar tarafidan o‘yinda qayta ijro etiladigan rollar –oilaviy (ona, ota, buvi, buva, o‘g‘il, qiz va h.k) yoki tarbiyaviy (enaga, bog‘chadagi tarbiyachi,) yoki ertak qahramonlari (bo‘ri, ayiq, tulki, quyon, echki,) yoki kasbiy (shifokor, komandir, uchuvchi). Rollarni ijro etuvchilar kattalar yoki bolalar yoki ularni o‘rnini bosuvchi o‘yinchoqlar, qo‘g‘irchoqlar bo‘lishi mumkin.
Ushbu Yosh davri taraqqiyot uchun zarur bo‘lgan ikkita faoliyat turining boshlanishi bilan bog‘langan: mehnat va o‘qish. Bu Yoshdagi bolalarning o‘yin, mehnat va o‘qishni o‘zlashtirishlarini ketma-ketligi bosqichini aniqlash mumkin, bunda maktabgacha Yosh davri tahlil maqsadida shartli ravishda 3 ta davrga bo‘linadi: kichik maktabgacha Yosh davri (3-4 Yosh), o‘rta maktabgacha Yosh davri (4-5 Yosh) va katta maktabgacha Yosh davri (5-6 Yosh). Ushbu bo‘lish Yosh davrlari psixologiyasida bolalarning psixologiyasi va xulq-atvoridagi jadal va sifatiy o‘zgarishlarni qayd etish uchun o‘tkaziladi.
Kichik maktabgacha Yoshdagilar hali, qoidaga muvofiq, yolg‘iz o‘ynaydilar. O‘zlarining predmetli va qonstruktorli o‘yinlarida idrok, xotira, tasavvur, tafakkur va harakat qobiliyatlarini takomillashtirib boradilar. Ushbu Yoshdagi bolalar syujetli-rolli o‘yinlarida odatda kundalik hayotlarida kuzatadigan kattalarning harakatlarini qayta namoyon etadilar.
Sekin-asta o‘rta maktabgacha davrga borib o‘yin birgalikda bo‘lib boradi va unga ko‘proq bolalar qo‘shila boshlaydi. Eng asosiysi bu o‘yinlarda kattalarning predmetli dunyoga nisbatan xulq-atvori takrorlanmaydi, odamlar orasidagi munosabatlarga, xususan – rollilariga imitatsiya (taqlid) qilinadi. Bolalar ushbu munosabatlarda quriladigan rollarni va qoidalarni ajratadilar, o‘yinda unga amal qilinishini qattiq nazorat qiladilar va o‘zlari ham ularga rioya qilishga harakat qiladilar. Syujetli-rolli bolalar o‘yinlari turli mavzularda bo‘lib, bolalar ular bilan hayotiy tajribasiga muvofiq yaxshi tanishdir. Bolalar tarafidan o‘yinda qayta ijro etiladigan rollar – bu qoidaga muvofiq, oilaviy rollar (ona, ota, buvi, buva, o‘g‘il, qiz va h.k) yoki tarbiyaviy (enaga, bog‘chadagi tarbiyachi) yoki ertaknamo (echkicha, bo‘ri, quyon, ilon) yoki kasbiy (shifokor, komandir, uchuvchi). Rollarni ijro etuvchilar odamlar, kattalar yoki bolalar, yoki ularni o‘rnini bosuvchi o‘yinchoqlar, qo‘g‘irchoqlar bo‘lishi mumkin.
O‘rta va katta maktabgacha Yosh davrida syujetli-rolli o‘yinlar rivojlanadi, biroq kichik maktabgacha Yosh davridan o‘yinlarga kiritiladigan va amalga oshiriladigan mavzulari, rollari, o‘yin harakatlarining qoidalari bilan katta turli-tumanligi bilan farqlanadi. Tabiiy xarakterdagi ko‘pgina predmetlar shartlilariga almashtiriladi va ramzli o‘yin boshlanadi. Masalan, oddiy kubik o‘yindan va unga ajratilgan roldan qat’iy nazar ramziy ma’noda mebellar va mashinalarni, odamlar va hayvonlarni namoyish etadi.
O‘yinlarda asosiy rol qoidalarga rioya qilishga va munosabatlarga, masalan, subordinatsiyaga ajratiladi. Bunda birinchi marotaba liderlik paydo bo‘ladi, bolalarda tashkilotchilik ko‘nikma va malakalari rivojlanadi.
SHu bilan bir qatorda o‘yinli individual faoliyatning ramziy shakllaridan yana biri rasm chizishdir. Unga sekin-asta ko‘proq tasavvur, xayol va tafakkur qo‘shilib boradi. Bola ko‘rganlarini tasvirlashdan vaqti bilan bilganlarini, xotirasidagi va o‘zi o‘ylab topganlarini chiza boshlaydi. O‘yin-musobaqalar alohida sinfga ajratiladi, unda yutuq va g‘oliblik bolalarni juda jalb qiladi. Taxmin qilinishicha, aynan shunday o‘yinlarda muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi shakllanadi va mustahkamlanadi.
Katta maktabgacha Yosh davrida qonstruktorlik o‘yini mehnat faoliyatiga aylana boshlaydi, o‘yin jarayonida bola turmushda zarur bo‘lgan nimanidir yasaydi, yaratadi, quradi. Bolalar bunday o‘yinlarda oddiy mehnat ko‘nikma va malakalarini egallaydilar, ularda amaliy tafakkur faol rivojlanadi. Bola o‘yinda ko‘plab uy-ro‘zg‘or asboblari va predmetlaridan foydalanishni o‘rganadi. Unda o‘z xatti-harakatlarini rejalashtirish qobiliyati paydo bo‘ladi va rivojlanadi, ko‘p harakatlari va aqliy operatsiyalari, tasavvur va xayoli takomillashadi.
Bu Yosh davridagi bolalar ijodiy faoliyatdan tasviriy san’at ayniqsa, rasm chizishni yaxshi ko‘radilar. Bolaning nimani va qanday ifodalashiga qarab, uning atrof olamdagi voqelikni qanday idrok qilishi, xotirasi, xayoli va tafakkurining o‘ziga xosligi haqida mushohaza qilish mumkin. Rasmlar orqali bolalar tashqi olamdan olayotgan tassurotlari va bilimlarini etkazishga harakat qiladilar. Rasmlar bolaning jismoniy va psixologik holatiga ko‘ra o‘zgarishi mumkin. (kasallik, kayfiyat). Aniqlanishicha, kasal bolalar chizgan rasmlar sog‘lomlarnikidan ko‘pgina jihatlari bilan farq qiladi.
Maktabgacha Yosh davri badiiy-ijodiy faoliyatida musiqa muhim ahamiyatga ega. Bolalarga musiqiy asarlarni tinglash, musiqiy qatorlarni va tovushlarni turli asboblarda takrorlash quvonch bag‘ishlaydi. Bu Yosh davrida birinchi marotaba musiqa bilan jiddiy shug‘ullanishga qiziqish paydo bo‘ladi, u keyinchalik haqiqiy qiziqishga aylanishi va musiqiy qobiliyatni rivojlanishiga yordam beradi. Bolalar qo‘shiq aytishga, musiqa ostida turli ritmik, raqs harakatlarini bajarishga o‘rganadilar. Qo‘shiq aytish musiqani anglash va vokal qobiliyatlarni rivojlantiradi.
Hech bir Yosh davri ushbu Yosh davridagidek shaxslararo hamkorlikning turli shakllarini talab qilmaydi, chunki u bola shaxsining turli jihatlarini rivojlanishi zarurati bilan bog‘liq. Bu tengdoshlari, kattalar bilan hamkorlik, o‘yinlar, muloqot va birgalikdagi mehnatdir. Bu Yosh davri davomida bolalarning quyidagi asosiy faoliyat turlari izchillikda takomillashib boradi: predmetlar bilan boshqarish o‘yini, qonstruktiv tipdagi individual predmetli o‘yin, jamoaviy syujetli-rolli o‘yinlar, individual va guruhiy ijod, o‘yin-musobaqa, o‘yin-muloqot, uy mehnati. Maktabga chiqishdan bir yoki ikki yil avval ularga o‘quv faoliyati qo‘shiladi va 5-6 Yoshli bola eng kamida faoliyatning 7-8 turiga tortiladi, ularning har biri bolani o‘ziga xos ravishda intellektual va axloqan rivojlantiradi.
Bog‘cha Yoshidagi bola atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida ular bilan bevosita amaliy munosobatda bo‘lishga intiladi. Bu o‘rinda shu narsa xarakterliki, bola bilishga tashnaligidan atrofdagi o‘zining haddi sig‘adigan narsalari bilangina emas, balki kattalar uchun mansub bo‘lgan, o‘zining kuchi ham etmaydigan, haddi sig‘maydigan narsalar bilan ham amaliy munosabatda bo‘lishga intiladi. Masalan: bola avtomashinani yoki tramvayni o‘zi haydagisi, xaqiqiy otga minib yurgisi, uchuvchi bo‘lib, samolyotda uchgisi va rostakam militsioner bo‘lgisi keladi. Tabiiyki bola o‘zidagi bunday ehtiyojlarning birontasini ham haqiqiy yo‘l bilan qondira olmaydi. Bu o‘rinda savol tug‘iladi. Bolalarning tobora ortib borayotgan turli ehtiyojlari bilan ularning tor imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama-qarshilik qanday yo‘l bilan hal qilinadi? Bu qarama-qarshilik faqatgina birgina faoliyat orqali, ya’ni, bolaning o‘yin faoliyati orqaligina hal qilinishi mumkin. Buni quyidagicha izohlab berish mumkin:
- birinchidan, bolalarning o‘yin faoliyati qandaydir moddiy mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyat emas. Shuning uchun bolalarni o‘yinga undovchi sabab (motiv) kelib chiqadigan natija bilan emas, balki shu o‘yin jarayonidagi turli harakatlarning mazmuniga bog‘liqdir;

Yüklə 40,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin