Ученый XXI века • 2022 • № 3 (84)
50
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA O`YIN FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH
N.A. Neqqadamova
1
, A.K. Rahmonova
2
Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda o`yin faoliyatini
rivojlantirish haqida
ma’lumot berilgan.
Kalit so`zlar: o`yin, nutq, qoida, harakat, ijtimoiy ta’sir, munosabat, didaktik o`yin, harakatli o`yin.
O`yin rivojlanishda nuqsoni bor bolalarning asosiy faoliyatlaridan hisoblanadi. O`yin doim
haqiqiy hayotni aks ettiradi. Demak, ijtimoiy hayot o`zgarishi bilan uning mazmuni ham
o`zgaradi. O`yin ma’lum maqsadga ko`ra yo`naltirilgan ongli faoliyat bo`lib, uning mehnat bilan
ko`p umumiyligi bor va yoshlarni mehnatga tayyorlashga xizmat qiladi. O`yin faoliyati asosida
bolada o`quv faoliyati rivojlanadi. Shuning uchun bolalarning o`yin faoliyatini rivojlantirishga
ahamiyat berishimiz kerak.
Bola hech qachon jim o`ynamaydi, bitta o`zi o`ynasa ham u o`yinchoq bilan gaplashadi,
o`zi tasvirlayotgan qahramon bilan muloqot o`matadi, onasi, bemor, shifokoi xullas hamina-
haiiimaning o`rniga o`zi gapiradi. So`z obrazning yaxshiroq ochilishiga yordam beradi.
Nutq o`yin jarayonida juda katta ahamiyatga ega. Nutq orqali bolalar fikr almashadi, o`z
his-tuyg`u, kechinmalarini o`rtoqlashadi. So`z bolalar o`rtasida do`stona
munosabatlar
o`rnatilishiga, tevarak-atrofdagi hayot voqealari va faktlariga bir xilda munosabatda bo`lishga
yordam beradi. Bolalarning o`zi yaratgan o`yindan kelib chiqadigan yoki kattalar tomonidan
taklif etilgan o`yinning g`oyasi, mazmuni, o`yin harakatlari, rollar, o`yin qoidalari uning tuzilishini
tashkil etuvchi qirralardir.
O`yin bola uchun haqiqiy hayotdir. Agar tarbiyachi bolalar o`yiinini oqilona tashkil eta
olsagina u ijobiy natijalarga erishishi mumkin. A.P. Usova shunday degan edi: «Bolalar hayoti va
faoliyatini to`g`ri tashkil etish — ulami to`g`ri tarbiyalash demakdir. Bolalarni tarbiyalashning
o`yin shakli shuning uchun ham samarali natija beradiki, o`yinda bola yashashni o`rganmaydi,
balki o`z hayoti bilan yashaydi».
O`yin tanlay bilish ham muhim ahamiyatga ega. O`yin bilan ta’lim o`rtasidagi bog`liqlik
bola ulg`aygan sari o`zgarib boradi. Kichik guruhda o`yin ta’lim berishning asosiy shakli
hisoblansa, katta guruhga borganda esa mashg`ulotlarda ta’limning roli ortadi. Tayyorlov
guruhiga borganda bolalarning o`zlarida maktabdagi o`qishga ishtiyoq uyg`onib qoladi. Ammo
bolalar uchun o`yinning qadri yo`qolmaydi, balki mazmuni o`zgaradi. Endi bolalarni ko`proq
fikriy faollikni talab etuvchi o`yinlar, sport tarzidagi (musobaqa jihatlari bor) o`yinlar qiziqtira
boshlaydi.
O`yin bola shaxsini tarbiyalashning asosiy vositasidir. O`yin
orqali bolalar kattalarning
mehnat tajribasini, bilim, malaka va ko`nikmalari harakat usullarini, axloq normalari va
qoidalarini, mulohaza va muhokamalarini egallab oladilar. O`yinda bolaning o`z tengdoshlari va
kattalar bilan bo`ladigan munosabat usullari shakllanadi, his va didlari tarbiyalanadi.
Bolalarning o`yinda birlashishlari bir necha bosqichga bo`linadi.
Birinchi bosqich
bolalarning «yonma-yon» o`yinining shakllanib borishidir. Bu ilk yoshli va kichik guruh
bolalariga xosdir. Bunday o`yinda bolalar o`rtog`ining o`yiniga qiziqish bilan qaraydilar, birga
o`ynab, «yonma-yon» o`tirganlaridan xursand bo`ladilar. Bu yoshdagi bolalarning o`yini kattalar
rahbarligida ularning xulqiga ta’sir etish orqali tashkil etiladi. Ikkinchi bosqichda bolalar o`yin
orqali mexanik ravishda birlasha boshlaydilar. Bunday birlashishlar qisqa muddatli bo`ladi. Bu
davrga kelib bolalardan kimning qaysi o`yinga qiziqishi aniq bo`la
boshlaydi, bir xil bolalar
didaktik o`yinga qiziqsalar, ikkinchilari harakatli o`yinni yoqtiradilar,
uchinchilariga ijodiy
o`yinlar ma’qulroq bo`ladi va h.k. Tarbiyachining vazifasi bolalarni u yoki bu o`yin bilan uzoqroq
o`ynashga o`rgatishdir. Uchinchi bosqichda o`ynovchi bolalar guruhi bir-biriga do`stona
munosabat va o`zaro yoqtirish orqali birlashadilar. Birga o`ynovchilar soni ko`p bo`lmasa-da,
bolalar qiziqib o`ynaydilar. Bu davrga kelib bir-birlariga baho berish umumiy talabi yuzaga
keladi. Bu bosqichda tarbiyachi bolalarning o`yinda birlashishlarining axloqiy asosini yuzaga
keltirishi, ularda o`zaro yordam, o`rtoqlik, do`stlik munosabatlarini shakllantirishi lozim. Bolalar
bog`chasida bolalarning uyushgan, qiziqarli va mazmunli hayotini ta’minlash
uchun yosh
guruhlarida rang-barang o`yinlardan foydalanish zarur. Ijodiy o`yinlar qoidalarining ichki,
yashirin tabiati bolaga harakat qilishi uchun katta erkinlik yaratadi; uning o`ynayotgan jamoa
oldidagi vazifasi tayyor qoidali o`yinlar mazmuniga nisbatan noaniqroq bo`ladi. Bu o`ynovchiga
suyujetni osonlik bilan o`zgartirish, qo`shimcha rollar kiritish imkonini beradi. Ijodiy o`yinlar
bolalarda katta qiziqish uyg`otadi va ularga ulkan ta’sir ko`rsatadi, biroq bolalar hayotini tashkil
qilishda faqat shu o`yinlardan foydalanish xato bo`lur edi. Bolalarning qoidali o`yinlarni
1
Neqqadamova Nodira Aslonovna - Shofirkon tuman “Kichkina xo`jayin” nodavlat
maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori (Buxoro, O`zbekiston).
2
Rahmonova Aziza Kamolovna - Shofirkon tuman MTB Ta’lim sifatini ta’minlash va
metodik xizmat ko`rsatish sho`ba metodisti (Buxoro, O`zbekiston).
Ученый XXI века • 2022 • № 3 (84)
51
egallashlari katta tashkiliy ahamiyatga ega. Qoidalar harakatlarning muayyan normalarini so`ng
esa bolalarning bir-biriga bo`lgan munosabatini belgilaydi, bolaga o`zini va o`zi bilan birga
o`ynayotganlarni nazorat qilish imkonini beradi. Qoidalami bajarishdagi mustaqillik o`yinda
bolalarni maqsadga muvofiq tarbiyalash jarayonida shakllantiriladi. Bola o`ynayotganda bolalar
jamoasi bilan muayyan munosabatda bo`ladi. O`yinning ijtimoiy ta’siri, u uyg`otadigan hislar
unda tarkib topadigan munosabatlarda mujassamlashgan bo`ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Qodirova R.M. Qodirova F.R. Bolalar nutqini rivojlantirish. O`zbekiston Respublikasi
Oliy va o`rta- maxsus ta’lim muassasalari uchun darslik. T.:, “Istiqlol”, 2006 y.
2. Имомова Ш.М., Норова Ф.Ф. УЧЕБНЫЕ МЕТОДЫ
ОРГАНИЗАЦИИ СПОРТИВНО-
ОЗДОРОВИТЕЛЬНЫХ МЕРОПРИЯТИЙ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ//
Вестник науки и образования, 2021. № 9 (112). Часть 2. С.38.
© N.A. Neqqadamova, A.K. Rahmonova, 2022.