Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5 41
bo'lmaganda bir marta barcha bolalar o'quv vazifasida ko'zda tutilgan nutq
harakatlarini bajaradilar.
Qishloq joylardagi boshlang‘ich maktab o'quvchilari odatda ingliz tili muhitidan
ancha uzoq bo‘lgan sharoitda o‘sishadi va bolalarning fikrlashi mavhum shaklda
qolaveradi, bolalarning yangi bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni doimo hissiyotlarga
tayangan holda kechadi. Shuning uchun, bog‘cha yoshidagi bolalarga ingliz tili
o'qituvchilari o'qitishda oson metodikalar orqali, o'quvchilar atrofidagi buyumlardan,
kartochkalardan va boshqa o'quv qo'llanmalaridan to'liq foydalanishadi. “Banana” va
“apple” kabi so'zlarni o'qitishda o'qituvchilar banan va olma kabi mevalarni ko‘rsatib
birdaniga rangni bildiruvchi yangi so‘zlarni ham o‘rgatib ketishlari mumkin. Bolalar
o'quv mashg‘ulotlarini tashkil qilish uchun sinfdagi narsalar orqali ularni chet tilida
qo‘llanilishini o‘rgatib borishadi.
Albatta, o'qitish mobaynida buyumlardan foydalanishda o'qituvchilarning
metodikasi katta ro‘l o‘ynaydi. Misol uchun, tegishli so'zlarni o'rgatayotganda, siz
avvalo buyumni bolaga ko‘rsatib uni gapirishga undaysiz, o‘quvchilar so‘zlarni
talaffuz qiladi va ular talaffuz qilgan so‘zni mustahkamlash uchun kartochkalardagi
rasmlardan foydalanib yana bir bor yangi so‘zni takror talaffuz qildiriladi. So‘zlarni
o'qitishda o'qituvchilar matn mazmunini belgilab olishlari va o'quvchilar e'tiborini
jalb qilish uchun tarbiyachi ular bilan birgalikda so‘zlarni talaffuz qilib doskaga
suratini chizish orqali ularning e’tiborini tortishlari mumkin bo‘ladi.
Shuning uchun hozirda Xitoyda tarbiyachidan rasm chizish mahoratiga ega
bo‘lish talab qilinadi. Bu nafaqat o'qitishning qiyinchiliklarini qisqartiribgina qolmay,
balki o'quvchilarni o'rgangan bilimlarni asta-sekin mustahkamlashga yordam beradi.
O‘quvchilar ingliz tilini o'rganish jarayonida o‘zlaridagi yutuqlarni his etishlari uchun
har bir o'quv mashg‘ulotiga mukammal yondashish kerak. Ana shundagina bolalarda
o‘rganishga motivatsiya uyg‘onadi. Hozirgi kunda Xitoylik bog‘cha yoshidagi bolalar
yangi bilimni qabul qilish imkoniyatlari juda ilgarilab ketganligi sababli
bog‘chalardagi o‘qitish dasturlari shunga mos ravishda intensivlashtirilgan.
Sinf muhitini yaxshilash uchun qo‘shiq va harakatli o‘yinlardan foydalanish.
Moslashuvchan sinf atmosferasini yaratish, ba'zida har qanday ta'lim usulidan
ko'ra muhimroqdir. Sinfda dars boshida inglizcha yoqimli qo'shiq bilan o'qituvchi
boshchiligidagi barcha bolalar birgalikda qo'shiq kuyladilar va uning ohangiga mos
ravishda biroz raqsga tushadilar. Bu o‘z-ozidan ularning tanalarini chiniqtirib, yanada
tetik bo‘lishga va qo‘shiqni so‘zlarini tezroq yod olishga yordam beradi. Inglizcha
muhit, muhimi, yaxshi o'quv atmosferasiga tabiiy ravishda kirishga imkon beradi.
Bolalarning o'zini-o'zi boshqarish qobilyati sust bo‘lib, butun mashg‘ulot davomida
e’tiborini jamlashi va egallab olishi qiyin. Shuning uchun, o'qituvchi bolalar
tinglashni yaxshi ko'radigan qo'shiqlarni, she'rlarni yoki tilni chiniqtirish uchun tez