Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantiruvchi o‟yin turlarining xususiyatlari.
Maktabgacha ta'lim jurnali
:
https://presedu.jspi.uz/index.php/presedu/index
Toshtemirova Dilnura Sohib qizi
Jizzax davlat pedagogika instituti
Maktabgacha ta‟lim metodikasi kafedrasi o‟qituvchisi
Ismatova Shoxista
Maktabgachab ta`lim yo`nalishi
3-bosqich talabasi
Annotatsiya: Ушбу мақолада мактабгача ёшдаги болаларни ривожлантирувчи
ўйин турлари ва уларнинг хусусиятлари ҳақида фикр билдирилган.
Kalit so‟zlar: ўйин, фаолият, болалар, ўйин хусусиятлари.
Annotatsiya: В этой статье представлен обзор особенностей развития детей
раннего возраста и развития у дошкольников
Klyuchevie slova: Игра, деятельность,дети,особенности игры.
Annotation:in this article suggested an idea of games that to help develop
kindergarten children and features of such kind of games
Key words: game ,act, children, game feature
Ma‟lumki, maktabgacha ta‟lim davrida tarbiyalanuvchilarning asosiy faoliyat turi-
o‟yin hisoblanadi. O‟yin jarayonida bola shakllana boshlaydi. Pedagogik nuqtai
nazardan to‟g‟ri tashkil etilgan o‟yin axloqiy, irodaviy xususiyatlarni shakllantirish
bilan birga, unda bilim olishga, tevarak-atrofni bilishga qiziqish uyg‟otadi.
Maktabgacha ta‟lim tizimida o‟yinlarni uchta asosiy guruhga ajratish
mumkin.
1.
Didaktik –bolalar dunyoqarashini kengaytirish, bilish faoliyatini tashkil
etish, bilimlarini amaliyotda qo‟llashga o‟rgatish, ko‟nikma va malakalarini
rivojlantirish.
2.
Tarbiyaviy –mustaq
illik va irodani tarbiyalash, axlaqiy-estetik sifatlarni
shakllantirish hamkorlikda ishlashga o‟rgatish.
3.
Rivojlantiruvchi-diqqat, xotira, nutq, tafakkurni rivojlantirish, taqqoslashga,
tahlil qilishga o‟rgatish. O‟quv faoliyatiga bo‟lgan qiziqishni rivojlantirish.
O‟yinlarni o‟tkazishga qo‟yiladigan talablar:
-o‟yinlarni tanlashda bolaning yosh xususiyatlarini inobatga olish;
-maqsadni aniq belgilash;
Maktabgacha ta'lim jurnali
:
https://presedu.jspi.uz/index.php/presedu/index
-o‟yinlarni bosqichma-bosqich amalga oshorish yo‟llarini ishlab chiqish;
-o‟yin jarayoniga barcha bolalarni jalb etish;
-o‟yindagi individuallashtirish va guruhlash tamoyillarini hisobga olish;(didaktik
o‟yinlar, so‟z o‟yinlari, qoidalari-harakatli, ijodiy-ixtiyoriy, mazmunli-rangli
o‟yinlarda)
-bolalar fikrlashi uchun sharoitlar yaratish;
-bola erishgan yutuqlarni e‟tiborga olish, ularni rag‟batlantirish;
Bolalarni rivojlantirishda ijodiy va rolli o‟yinlar alohida ahamiyatga ega. Bu
turdagi o‟yinlarning quyidagi xususiyatlari mavjud.
O‟yin jarayonida bola atrofdagi insonlar hayotini, hamda aks ettirishi mumkin. Bu
uning ijtimoiylashuvi jarayoniga samarali ta‟sir ko‟rsatadi.
Olgan bilimlarini, o‟rgangan narsalarini amalda qo‟llash, mashq qilish
imkoniga ega bo‟ladi. Buning natijasida bolaning ongi, bilish qobilyati, tafakkuri
rivojlanadi.
Jamoa bo‟lib tashkil etilgan o‟yinda uning barcha a‟zolari o‟rtasida o‟zaro
munosabatlar o‟rnatiladi. Bu hurmat qilishga hamda o‟zining mustaqil fikriga ega
bo‟lishga o‟rgatadi.
Bolalarni har tomonlama rivojlantirish bilan birga, o‟yin qoidalari ham
takomillashib boradi. Tarbiyachi bolalarning qiziqishlari, intilishlariga qarab,
o‟yinga ma‟lum bir o‟zgartirishlar kiritishi maqsadga muvofiqdir.
Tarbiyachi bolalar faoliyatini boshqaradi, ya‟ni ularni o‟yin mazmuni bilan
tanishtirib, faol va mustaqil harakatlar bajarishga undaydi, qoidalarining to‟g‟ri
bajarilishini nazorat qiladi.
Bunday qoidalar (qachon va qayerda, qanday haraklarni bajarish, birgalikda
ishlash, qiziqarli bo‟lgan rollarni navbat bilan bajarish va hokazo)
ishtirokchilarning munosabatlariga ta‟sir korsatadi. Masalan, ayrim o‟yinlarda
bolalar berilgan topshiriqni birgalikda bajarishlari kerak bo‟ladi. Bunday o‟yinlar
bolalarni birlashtiradi, ular o‟rtasida samimiy munosabatlarni o‟rnatishga yordam
beradi. Bolalar topshiriqni navbat bilan bajarsalar, o‟z o‟rtoqlariniki bilan
solishtirish imkoniyatiga ega bo‟ladilar.
Agar bola o‟yinni yoqtirib qolgan bo‟lsa, uni takrorlashni xohlaydi,
harakatlarni mustaqil bajaradi. O‟yinning asosiy maqsadi ham shunda. Shu jarayon
davomida rivojlantiruvchi omillar ham ro‟yobga chiqadi.
Bolalar faoliyatini kuzatar ekanmiz, uning bilish jarayonini ikkita bir-biri bilan
bog‟liq bo‟lgan komponentga ajratish mumkin.
Maktabgacha ta'lim jurnali
:
https://presedu.jspi.uz/index.php/presedu/index
Birinchi komponent –atrof muhit haqidagi ma‟lumotlar va ularni qabul qilish
hamda qayta ishlash uchun zarur bo‟lgan tafakkur jarayonlari, ya‟ni:
•
bolani tevarak-atrofdagi muhitda qiziqtiradigan narsalar va jarayonlar;
•
ma‟lumot olish vositasi
•
malumotni qayta ishlash
O‟yin, mashg‟ulot,sayr, kechki soat kabi pedagogik jarayonlarda tarbiyachi
bolaning vositasi sifatida muayyan funksiyalarni bajaradi.
Bunda tarbiyachining asosiy maqsadi bolaga bilim (ma‟lumot) berish emas, balki
shu ma‟lumot orqali uning bilish jarayonlarini rivojlantirishdan iboratdir.
Ikkinchi component-insonni ma‟lumotga bo‟lgan munosabati.
Har qanday ma‟lumot insonning u yoki bu narsa, hodisa va jarayonga bo‟lgan
munosabatini belgilaydi. Lekin bu munosabat kattalar va bolalarda bir xil emas.
Kattalar ma‟lumotni qabul qilgandan keyingina unga bo‟lgan ijobiy yoki salbiy
munosatni bildirishlari.
Bolada esa eng avvalo, biz yetkazmoqchi bo‟lgan ma‟lumotga ijobiy
munosabatni shakllantirishimiz lozim.
Bolalarning o‟yinga bo‟lgan qiziqish va ehtiyojlaridan ta‟lim masalalarini
hal etishda foydalanish mumkin. O‟yinni tashkil etish va boshqarish jarayonida
tarbiyachi bola har tomonlama ijobiy ta‟sir ko‟rsatadi.
Tarbiyalanuvchilarning idrok, diqqat, xotira, tafakkur, ijodiy qobilyatlarini
rivojlantirishda matematik o‟yinlardan foydalanish yaxshi samara beradi.
Matematik o‟‟yinlarning maqsadlari asosan quyidagilarga qaratilgan bo‟ladi.:
1.
Son va sanoq bilan tanishtirish.
2.
Vaqt haqidagi va fazoviy tasavvurlarni rivojlantirish
3.
Geometrik shakllar bilan tanishtirish
4.
Mantiqiy tafakkurni rivojlantirish
Son va sanoq bilan tanishtirishda “Qanday raqam yo‟qolib qoldi?”, “Xatoni
top”, “Raqamning qo‟shnilarni toping”, “Sanaganda adashma” va hokazo. Bunday
o‟yinlar yordamida bola birdan o‟ngacha va o‟ndan birgacha bo‟lgan raqamlar
ketma-ketligini esda saqlab qoladi. Elementar hisoblarni bajarishga o‟rganadi,
tafakkuri rivojlanadi.
Hafta kunlarini yaxshi eslab qolishlari uchun har bir kun ma‟lum bir
rangdagi doiracha bilan belgilanadi. Masalan, dushanba-sariq, seshanba-oq va
Maktabgacha ta'lim jurnali
:
https://presedu.jspi.uz/index.php/presedu/index
hokazo. Buning uchun har kuni doskaga ma‟lum bir rangdagi doiracha yopishtirib
boriladi. Uch-to‟rt haftadan keyin bolalar kunlar ketma-ketligi o‟zgarmas ekanligi
haqida o‟zlari xulasa chiqaradilar.
Fazoviy tasavvurlar o‟yinlar orqali tushuntirilsa (chapda, o‟ngda, tepada,
pastda, oldidaorqada, uzoq, yaqin) bolalar tez qabul qiladilar va o‟zlashtiradilar.
Bunga “O‟yinchoqni top” kabi o‟yinlar yordam beradi. Tarbiyachi biron bir
o‟yinchoqni yashirib, uni toppish uchun nima qilish kerakligini tushuntiradi.
O‟yinchoqni toppish uchun stol oldidan uch qadam chapga (o‟ngga) yurish kerak
va hokazo.
Geometrik shakllar haqidagi bilimlarini mustahkamlash uchun quyidagi
o‟yinni o‟tkazish mumkin. Tarbiyachi har bir bolaga 3-4 rasm berib, ma‟lum bir
geometrik shaklni ko‟rsatadi. Bolalar shu shaklga mos rasmni topishlari kerak.
Maktabgacha ta‟lim muassasalarida bolalarning mantiqiy tafakkuri rivojlantirib
boriladi. Buning uchun mantiqiy topshiriqlar va o‟yinlardan foydalanish maqsadga
muvofiqdir. Masalan, rasmlarni to‟g‟ri ketma-ketlikda joylashtirish, ranglar
qatorini davom ettirish (mantiqiy zanjircha), tushib qolgan belgini toppish va
hokazolar.
Xullas, bunday o‟yinlar orqali bolalar o‟quv materialini tez tushunadilar va
o‟zlashtiradilar. Maktabgacha ta‟lim muassasalarida o‟yin texnologiyalaridan keng
foydalanish kichkintoylarni har tomonlama rivojlanishlarida katta ahamiyatga ega.
O‟yinlar texnologiyasi tushunchasi pedagogic texnologiyaning tarkibiy qismidir.
O‟yin texnologiyasi ta‟limdagi an‟anaviy o‟yin metodidan o‟zining aniq maqsadi,
amalga oshirish kerak bo‟lgan jarayonlarning mantiqiy ketma-ketligi va o‟zaro
bog‟liqligi, oldindan belgilangan natijalarga erishish kafoloti bilan farq qiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni o„yini xilma-xildir. Ularni o„yin turlariniasosan
quyidagi klassifikatsiya qilish mumkin.
1) syujetli va rollarga bo‟lib o‟ynaladigan o„yinlar;
2) Dilaktik o„yinlar;
3) Xarakatli yoki qoidali o„yinlar;
4) Aralashtirilgan o„yinlar;
5) Qurish va yasash o„yinlari.
Syujetli va rollarga bo‟lib uynaladigan bog‟cha yoshi bolalarni eng asosiy o„yin
formasidir.
Maktabgacha ta'lim jurnali
:
https://presedu.jspi.uz/index.php/presedu/index
O„yinlarning syujeti xilma-xilligiga qaramay, ularni maxsus guruhlarga biriktirish
imkoniyati mavjuddir. Masalan, yirik psixolog E.A.Arkin o„yinlarning quyidagi
tasnifini tavsiya qiladi:
1) ishlab chiqarishga (texnikaga); sanoat, qishloq xo„jaligi, qurilish, kasb-hunarga
oid o„yinlar;
2) maishiy va ijtimoiy siyosatga ro„zg„or: bog„chaga, maktabga, kundalik
turmushga oid o„yinlar;
3) harbiy
: urush-urush o„yinlari;
4) drammalashtirilgan: kino, spektakl va boshqalarga oid o„yinlar.
Biz shu tasnif haqida L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, D.B.Elkonin singari
psixologlarning tanqidiy mulohazalariga to„la qo„shilamiz, chunki harbiy va
drammalashtirilagn o„yinlarni ham ijtimoiy-siyosiy guruhga kiritish mumkin.
Bizningcha, D.B.Elkoninning tasnifi ma‟quldir. U maktabgacha yoshdagi bolalarga
xos rolli o„yinlarning syujetiga ko„ra uchta guruhga ajratishni tavsiya qiladi:
1) maishiy mavzu syujetiga oid o„yinlar;
2) ishlab chiqarish syujetiga taaluqli o„yinlar;
3) ijtimoiy-siyosiy syujetli o„yinlar.
Muallif ayrim o„yin turlari maktabgacha yoshdagi bolalarning barcha bo„g„inlariga
mosligini, syujetlar maishiydan ishlab chiqarishga qarab va undan ijtimoiy-siyosiy
voqealarni aks ettirishga qarab rivojlanishini alohida uqtiradi. Uning fikricha, o„yin
syujetidagi bunday izchillik bolaning bilim saviyasi, turmush tajribasi kengayishi,
uning katta yoshdagi odamlar turmushiga chuqurroq kirib borishi bilan bog„liqdir.
Darxaqiqat, o„yin syujetining o„sishi turmushning tobora yangi qirralarini aks
ettirish bilan cheklanib qolmay, muayyan syujetning o„ziga xos boshqa
ko„rinishlari bilan boyishi sababli ham amalga oshadi.
Bolalarga tashabbuskorlik, jamoaizm, burch xislarini ustiradi. Bunga «Kim
birinchi», «koptok», «ok quyoncha o‟tiribdi», «yetib ol» o„yinlari kiradi.
Ҳarakatli o„yinlar asosan sayr va jismoniy tarbiya mashg‟ulotlarida o‟tkaziladi.
Drammalashtirilgan o„yinlarni ham bolalar sevib o‟ynaydilar. Bu o„yinlar turli xil
ertak va xikoyalar saxnaga qo‟yiladi, rollarni esa bevosita bolalarni o‟zlari ijro
etadilar. Masalan: «Qizil shapkacha», «Tortmoq», «Sholg‟om» drammali o„yinlar
bolalarni nutqi xayol va qobiliyatlarini tarkib toptiradi.
Фойдаланилган адабиётлар:
Maktabgacha ta'lim jurnali
:
https://presedu.jspi.uz/index.php/presedu/index
1.
Maktabgacha yoshdagi bola shaxsini rivojlantirishga yo‟naltirilgan ta‟lim
asoslari -F. N. Vaxobova, SH. B. Nabixanova, D. Karimova-Toshkent-2015
2.
Илк ва мактабгача ёшдаги болалар ривожланишига қўйилган Davlat
talablari. – Toshkent, 2018 y.
3.
“Илк қадам” Давлат укув дастури-Т. 2018 й
4.
Uzbekistan. Uluchshenie sistemы doshkolьnogo
obrazovaniya i vospitaniya- Vsemirnыy bank-2013 y.
Dostları ilə paylaş: |