MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI TO`G`RI TALAFFUZGA
O`RGATISH
https://doi.org10.5281/10.5281/zenodo.6464473
Safarova Nargiza Rahimova
Jizzax viloyati, Mirzacho
ʻ
l tumani 14-DMTT metadisti (Jizzax davlat pedagogika
instituti sirtqi bo
ʻ
lim BT va STI yo
ʻ
nalishi 3-kurs talabasi )
Annotatsiya:
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni to`g`ri talaffuzga
o`rgatishning mazmuni va mohiyati, to`g`ri talaffuzga o`rgatishning asosiy bosqichlari,
bolalar nutqini rivojlantirish mashg`ulotlarida to`g`ri talaffuzga o`rgatish yo`llari haqida
yozilgan.
Kalit so’zlar:
maktabgacha yosh davri, to`g`ri talaffuz, talaffuz, mazmun, mohiyat,
usul, taraqqiyot.
TEACHING PRESCHOOLERS THE CORRECT PRONUNCIATION
Adasheva Matluba
Usmonova Adiba
NamSU
Abstract:
this article describes the content and importance of teaching preschool
children to pronounce correctly, the main stages of teaching correct pronounciation, ways
to teach correct pronounciation in
children’s speech development classes.
Keywords:
preschool age, pronunciation, correct pronunciation, content, essence,
method, development.
Har bir mamlakatning taraqqiyoti, istiqboli, farovonligi, ma`naviy yuksalishi,
jahonning eng rivojlangan davlatlar qatoridan o`rin olishi-bilimli, yuqori
intellektual salohiyatli, qalbiga va ongiga ezgu fazilatlarni mujassamlashtirgan
yoshlarga bog`liq hisoblanib, har jihatdan yetuk va barkamol, Vatan taqdiri uchun
sidqi dildan xizmat qiladigan, fidoyi, iymonli avlodni voyaga yetkazish, o`qitishni
mazmunli va sifat jihatdan yuqori pog`onalarga olib chiqish avvalo tarbiyachi va
o`qituvchi-murabbiylar zimmasiga sharafli va ayni paytda mas`uliyatli vazifani
yuklaydi. Barkamol shaxs tarbiyasini tashkil etish barcha davrlarda ham ijtimoiy
jamiyatning muhim talabi va asosiy maqsadi bo`lib kelgan. Buning isboti sifatida
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning quyidagi fikrlarini keltirish
mumkin:”Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakat
imizning
jahon hamjamiyatidagi obro`-e`tibori avvalambor, farzandlarimizning unib, o`sib,
ulg`ayib, qanday inson bo`lib hayotga kirib borishga bog`liqdir.”
1997- yil 29-
avgustda qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”
hamda “Ta`lim to`g`risida” gi Qonuni fikrimizning yorqin dalilidir. Bunga ko`ra
yoshlarni o`z fikrini mustaqil bayon qilishga o`rgatish, o`zgalar fikrini to`g`ri
anglash, fikr ifodalash imkoniyatlariga e`tibor berish, chet tilini o`rganish va
o`rgatish masalasiga alohida urg`u berilgan.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi Oliy
Majlisga Murojaatnomasida ham maktabgacha ta`lim sohasiga ham lohida e`tibor
berildi. Unga ko`ra, 6 yoshli bolalarning maktabga tayyorlash tizimini joriy qilish
hamda maktabgacha ta`limga bolalarning qamrovini 60%ga oshirish kerakligini
aytib o`tildi.
Bir yarim yoshdan uch yoshgacha bo`lgan bolalarda nutqni tushunish tez
rivojlanadi, lug`at boyligi keskin ortadi va so`z tarkibi takomillashadi. Ular avval
tovush birikmalarini, so`ngra esa oddiy iboralar, kichik she`rlarni oson takrorlay
oladilar. Ushbu davrda nutq nafaqat kattalar bilan, balki tengdoshlar bilan ham
muloqot vositasi sifatida shakllanadi. Aynan shu davrda bolada tovush talaffuzi
va tinglash qobiliyati jadal rivojlanadi.
Ushbu davrdagi asosiy vazifa tinglash qobiliyatini doimiy rivojlantirish, nutq
apparati a`zolarini mustahkamlash va rivojlantirishdan iborat.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun muayyan tovushlar guruh tanlab olinadi
va bolalar tovushga taqlid qilish asosida ularni mashq qildiradilar. Asosa bu eng
oddiy tovushlar guruhlaridir:
-
unlilar-a, i, o.
-
lab-lab undoshlari-b, m, p.
-
til orqa undoshlari-k, g, x.
-
lab-tish undoshlari-v, f.
-
til oldi undoshlari-t, d, n.
Ikki yildan keyin asta-sekin artikulyatsiya jihatdan nisbatan murakkab
bo`lgan til oldi undoshlar ham beriladi-xushtaksimonlar-s,z; shuvillovchilar-sh, j,
ch; sonorlilar-l, r. Ammo bu degani 3 yoshdan boshlab bolalarning to`g`ri
talaffuziga erishish zarur, degani emas. Bolalar ushbu tovushlarni muntazam
mashq qilish natijasida asta-sekin, 5-6 yoshlarga kelib to`g`ri talaffuz qila
boshlaydilar.
Tovushga taqlid qilishni bolaning turli faoliyatlariga qo`shish bolalarning
nafaqat turli ko`rinishdagi tovushlarni to`g`ri talaffuz qilishlarini aniqlash va
mustahkamlashga yordam beradi, balki tovushlar hamda so`zlarni aniq va
tushunarli qilib talaffuz etishlariga erishishda ham ko`maklashadi. Aynan bir xil
tovush taqlidlarini bir necha marta qo`shib talaffuz qilish nutqiy nafasning
rivojlanishiga yordam beradi.
To`g`ri talaffuzga o`rgatishning asosiy bosqichlari.
To`g`ri talaffuzga erishish yo`li 3 bosqichni o`z ichiga oladi:
1-bosqich: Ayrim tovushlar talaffuzini rivojlantirish.
2-bosqich: Ayrim so`zlar talaffuzini shakllantirish.
3-bosqich: Namunaviy gaplar talaffuzini shakllantirish.
1-bosqich-ayrim tovushlar talaffuzini shakllantirish- bu qattiq va yumshoq,
jarangli va jarangsiz undoshlar talaffuzi ustida ishlashni ko`zda tutadi.
B-lab undoshi, portlovchi, jarangli undoshdir. So`zning oxirida, boshida va
o`rtasida kelishi mumkin. boshida kelsa-
B…, oxirida kelsa
-
…B, o`rtasida kelsa
…b…, b
-v kabi aytiladi. Masalan, aroba-arava, kabob-kavob.
P
–lab undoshi, portlovchi jarangsiz undosh tovush. P…, …p…,…p, b va f
undosh tovushlari o`rnida talaffuz qilinadi, fabrika-pabrika, kelib-kelip.
D-
til oldi, portlovchi, jarangli undosh tovushdir. D…, …d…, …d, t undosh
tovushi qilib talaffuz qilish mumkin. Masalan, o`tdi-o`tti, ketdi-ketti shaklida.
S
–
til oldi, sirg`aluvchi, jarangsiz undosh tovush. So`zning boshida, oxirida,
o`rtasida kelishi mumkin. U o`zining jarangli jufti
–
z tarzida talaffuz qilinish
hollari kuzatiladi.Masalan, soatsoz.
2-bosqich-ayrim so`zlar talaffuzini shakllantirish-bu leksikani to`g`ri talaffuz
qilish, urg`u berish, so`zda urg`u bo`g`inini ajratishdan iboratdir.
Leksik jihatdan: “Ko`klam keldi” biri faslning nomini, 2
-si harakatni
anglatadi.
“Kul” so`zining biri
-harakatni anglatsa, ikkinchisi esa narsa ma`nosini
anglatadi.
“O`t ” so`zining ham bir ma`nosi
-harakat ma`nosida, ikkinchi ma`nosi esa
o`tmaysa ma`nosini anglatadi.
Urg`u so`zning oxirgi bo`g`iniga tushib, so`zdagi bo`g`inning boshqalariga
nisbatan kuchliroq talaffuz qilishni bildiradi: tikuvchi, ti-kuv-chi. Sandiq, san-diq
shu boshqalar.
3-bosqich- namunaviy gaplar talaffuzini shakllantirish- bu o`zgacha gap
ohanglari ustida maxsus ishlashni ko`zda tutadi. Masalan, chumchuq-kichkina
qushcha. Bizning bog`chamiz-sevimli makon. Onajonim-mehribonim.
Agarda 3 yoshli bolalar-s, z, sh, ch, r, l kabi tovushlarni yetarli darajada yaxshi
talaffuz qila olmasa, darhol ularni mashq qilishga kirishish kerak emas, chunki bu
bolalarning ularni noto`g`ri talaffuz qilishga odatlanib qolishlariga olib kelishi
mumkin.
5 yoshdan 7 yoshgacha bo`lgan davrda tovushlarni to`g`ri talaffuz qilishni
shakllantirish bolalar tomonidan ko`pincha aralashtirib talaffuz qilinadigan
tovushlarni tabaqalashtirish ishlari bilan bog`liq holda amalga oshirish mumkin.
bunda asosan jarangli va jarangsiz tovushlarni, v-f, z-s, j-sh, b-p, d-t, g-k,
shuningdek, l va r tovushlarining talaffuziga e`tibor berish darkor.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR :
1.
Sodiqova Sh. “Maktabgacha pedagogika”. T.:”Fan va texnologiya”.
2012.
2.
Babayeva D.R. “Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi”
-
T.,”Barkamol
fayz
media”
-2018.
3.
Qodirova F.R. “Maktabgacha pedagogika” T.,”Tafakkur nashriyoti”
2019.
4.
“Ilk qadam” davlat o`quv dasturi. T.: 2018
Dostları ilə paylaş: |