Maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik madaniyatini rivojlantirishning zamonaviy mexanizmlari mavzusidagi dissertatsiya asosnomasi


Tadqiqotning o’rganilganlik darajasi



Yüklə 53,68 Kb.
səhifə3/7
tarix14.04.2022
ölçüsü53,68 Kb.
#55352
1   2   3   4   5   6   7
ASOSNOMA O\'ZGARGAN

Tadqiqotning o’rganilganlik darajasi: Pedagogik olimlar va ularning ilmiy-tadqiqot ishlarini o’rganish, hozirgi ekologik muammolar ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bo’lib unga insonparvarlik va tarbiyaviy jihatdan yondashishni talab etadi. Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan buyuk mutafakkirlar Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy , Abu Ali ibn Sino, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi ulug’ mutafakkir bobolarimizning asarlarida ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiat boyliklaridan asrash kabi ekologik masalalarning amaliy ahamiyati haqida mulohazalar mavjud.

Bundan tashqari payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom hadislarida ham bir qator ekologik pand nasihatlar keltirilgan.

Zardushtiylikning muqaddas kitobi hisoblangan “Avesto” kitobida ham tabiatni asrash tuproq, suv, olov muqaddas sanalgan. Suvga tupurmaslik turli xil axlatlar tashlash kerak emasligi haqida fikrlar berib o’tilgan.

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning asarlarida ekologiya va ekologik ta’limning metodolik asoslari yoritib o’tilgan. Tabiiy resurslardan foydalanish, atrof-muhitga zarar yetkazmaslik, yashash muhiti, mamlakatimiz tabiiy va ma’naviy ekologiyasining uzviyligi kabi g’oyalar bir qator asarlarida o’z ifodasini topgan.

Ekologik ta’limning nazariy va amaliy pedagogik asoslarini akademigi I.D.Zverev , A.N.Zaxlebniylar [39, 40] tomonidan ishlab chiqilgan.

Ekologik ta’lim berishning mazmuni, metodikasi, shakli, vositalarini, ekologik ta’limning tarixiyligi , uzluksiz ekologik ta’lim konsepsiyasi va fan E.O.Turdiqulovning [ 47] ilmiy tadqiqot ishlarida o’z ifodasini topgan.

Ekologik ta’limning ijtimoiy falsafiy jihatlari Yu.Shodimetov[31] , B.Ziyomuhammedov [11] tomonidan tahlil etilgan.

L.T.Shonosirovaning [50] ilmiy tadqiqotida maktabgacha yoshidagi bolalar ga ekologik bilimlar berish yoritilgan.




Yüklə 53,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin