Maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik madaniyatini rivojlantirishning zamonaviy mexanizmlari mavzusidagi dissertatsiya asosnomasi



Yüklə 53,68 Kb.
səhifə1/7
tarix14.04.2022
ölçüsü53,68 Kb.
#55352
  1   2   3   4   5   6   7
ASOSNOMA O\'ZGARGAN


MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING EKOLOGIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY MEXANIZMLARI MAVZUSIDAGI DISSERTATSIYA ASOSNOMASI

Mavzuning dolzarbligi va zarurati: Bugungi ilmiy texnikaviy inqilob insoniyat oldiga bir qancha yangi va murakkab muammolarni vujudga keltirmoqda. Ular orasida inson va atrof-muhit ya’ni ekologiya o’rtasidagi munosabatlar alohida o’rin tutmoqda. Bu kabi muammolarni kelib chiqishida insoniyatning ekologik madaniyatga amal qilmasligi hisoblanadi . Xo’sh ekologik madaniyat nima o’zi ? Ekologik madaniyat - insoniyatning asosiy umuminsoniy qadriyatlaridan biri bo’lib, uning mohiyati ekologik inqirozga olib keladigan salbiy ko’rinishlarni ijobiy faoliyatga aylantirishda ekologik madaniyatni bilish, uni anglash ongli ravishda muhim sanaladi. Lekin ko’pchilik insonlar ekologik madaniyatga ongli ravishda amal qilishmaydi. Shuning uchun insoniyat va tabiat o’rtasidagi muammo hali hanuzgacha davom etmoqda. Inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar muammosi yangi emas, u doimo paydo bo’lgan . Ammo hozirgi davrda inson va tabiatning o‘zaro ta’siri shuningdek, inson jamiyatning atrof- muhit bilan o’zaro keskin ta’sirining ekologik muammosi eng dolzarb masalalardan biri bo’lib kelmoqda. Inson va jamiyatning o’zaro ta’siri ekologik madaniyatni bilish va unga rioya qilishni talab etadi . Bugungi kunga kelib ekologik madaniyat ongli va maqsadli rivojlantirishni taqozo etadi. Bu butun ta’lim jarayonini to’g’ri yo’lga qo’ymasdan, unda ekologik ta’limning rolini oshirmasdan mumkin emas. Chunki ekologik madaniyat tarbiyalashning asosi bo’lib xizmat qiladi. Inson tabiatga , o’zini o’rab turgan muhitga nisbatan o’z munosabatini o’zgartirishi , tabiat qonunlarini bilishi , o’rganishi va ular asosida o’z hayotini rivojlantirishi shart. Tabiat qonunlariga mos keladigan hayot yo’llarini ishlab chiqish kerak. Aks holda inson va jamiyat katta tabiiy ofatlarning kelib chiqishiga sababchi bo’ladi . Ekologik madaniyatni shakllantirishni yoshlikdan maktabgacha yosh davridan boshlash maqsadga muvofiqdir. Uzluksiz ta’lim tizimining asosiy dastlabki bo’g’ini bu maktabgacha ta’lim hisoblanadi . Ta’limning turli sohalaridagi islohotlar ham aynan maktabgacha ta’lim sohasidan boshlanmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalarni sog’lom va barkamol shaxs qilib maktab ta’limiga tayyorlash muhim hisoblanadi. Bolalarni atrof –muhit bilan tanishtirish , ekologiya, ekologik madaniyatga oid bilimlarni to’g’ri va sifatli bolalarga yetkazib berilsa , amalda uni bolalar qo’llagan vaziyatdagina, bolalarni ekologik madaniyat saviyasini oshira olganimizda biz inson va tabiat oldidagi muammolarni bir qancha kamaytirgan bo’lamiz.

Biz ham ushbu masalalar yechimini tahlil qilish va o’rganish maqsadida magistrlik dissertatsiyamizni “Maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik madaniyatini rivojlantirishning zamonaviy mexanizmlari” deb nomladik.




Yüklə 53,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin