Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va ta'lim tarbiyasi



Yüklə 10,83 Kb.
səhifə1/4
tarix22.12.2023
ölçüsü10,83 Kb.
#189329
  1   2   3   4
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING RIVOJLANISHI VA TA\'LIM TARBIYASI

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING RIVOJLANISHI VA TA'LIM TARBIYASI

Sindarova mahfuza Maktabgaca ta'lim 201

Reja

I. KIRISH

II. ASOSIY QISM

1. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar rivojlanishining oʻziga xos xususiyatlari

2. Maktabgacha yoshdagi bola shaxsi rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar

III. XULOSA.

kIRISH

Maktabgacha yosh davri bolaning hayot haqidagi ilk tasavvurlari shakklanadigan davri hisoblanadi.Bu davrda olingan har qanday bilim bolaning boshqa fanlarni o'zashtirishida katta ahamiyat kasb etadi.Shuning uchun ham bugungi kunda Maktabgacha ta'lim tizimiga e'tibor berilmoqda. Kelajak avlodni tarbiyalashni maktabgacha ta'lim yoshdan boshlash kerakligi ta'kidlanmoqda. Shuni ham aytish joyizki bola tarbiyasini nafaqat maktabgacha yosh davridan balki,ona qornidan boshlash lozim.Chunki bola ona qornidaligidanoq olamni seza boshlaydi.Har bir ota-ona bunga e'tibor berishi lozim.Barkamol avlodni tarbiyalash uchun avvalambor ota-onalarning o'zlari ma'naviyatli bo'lmog'i lozim.Buning uchun bugungi yoshlarimiz yaxshi bilim olsa,dunyoqarishi keng bo'lsa, keyingi keladigan avlod ham yuksak ma'naviyatli bo'lib boraveradi.Shuning uchun ham Prezidentimiz nafaqat Maktabgacha ta'lim tizimiga,shu bilan birgalikda yoshlarni ta'lim olishiga, kerak bo'lsa xorijiy davlatlarda o'z bilimlarini oshirishi uchun yetarlicha shart sharoitlar yaratib bermoqda

ASOSIY QISM

Insoniy yaxshi fazilatlarni targ'ib qilish yoki aksincha xarakterdagi yomon jihatlarni bayon etishda eng qulay va ta'sirchan usullardan biri ertak hisoblanib, bolalarga yaxshi va yomonni ajratishga,hayotni bolalar tilida tushunishga yordam beradi. Garchi ertaklar haqiqatga to'g'ri kelmasada, bolalarga ijobiy ta'sir qiladigan ta'lim berishning eng samarali usullaridan hisoblanadi. Ertaklar bolalar rivojlanishi uchun asosiy bilimlarni qiziqarli,sodda ko'rinishda yetkazib beradi. Shuningdek, ertak bolalarning tafakkur doirasini kengaytirib, xotirasini yanada kuchaytirish maqsadida mantiqiy fikrlashini rivojlantirishning asosiy omillaridan biri sanaladi. Turli-tuman sarguzasht voqealar asosiga qurilgan syujet, o'zida yaxshilik, insoniylik fazilatlarini singdirgan, xotirada tez saqlanib qolishdek xususiyatiga ega va bayon etishga oson, talaffuz qilishga qulay sintaktik qurilmalardan, tarkibida turli xil jumboqlardan tashkil topgan ertaklar bola tarbiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.


Yüklə 10,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin