Diqqat. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar diqqatining asosiy hususiyatlari ixtiyoriy zaifligidadir. Kichik maktab yoshida diqqatni iroda kuchi bilan moslash va uni boshqarish imkoniyati cheklangan bo’ladi.
Xotira. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda xotira ta’limining ta’siri bilan ikki yo’nalishda rivojlanadi. So’z mantiq xotirasining va mahnosiga tushunib esda olib qolishning rolg’g’i va uning salmog’i kuchayadi, tartibga solish imkoniyatlariga bo’ladi.
Birinchi signal sistemasining faoliyatining nisbatan ustunligi tufayli kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda so’z mantiq xotirasi deb atalgan xotiraga qaraganda ko’rgazmali-obrazli xotira ko’proq rivojlangan bo’ladi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar qoida va tushuntirishlarga qaraganda konkret ma’lumotlarni, voqeliklarni, qiyofalarni narsalarni va faktlarni yaxshi tez esda olib qoladigan va xotiralarida mustahkam saqlaydilar.
Hayol. Hayol muhim psixik bilish jarayonlaridan biridir. Hayolning faoliyatsiz o’qituvchi gapirayotgan va darslarda yozilgan narsalarning tassavvur qilishni hamda ko’rgazmali obrazlar bilan ishlashni bilmay turib, xech qanday o’quv predmetni chinakkam o’zlashtirishi mumkin emas.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchining hayoli uning o’quv faoliyatining ta’siri va talablari bilan tarkib topadi. SHuning bilan bir qatorda bevosita taxsurotlar (mo’zey, vistavkalarning borib ko’rish, kinokartinalarni ko’rish, ekskursiyalarga borishh, maktab yer uchastkasida ishlash va boshqalar) ham hayolni rivojlantiradi.
Muammoli savol; Kichik maktab yoshidagi bolalar shaxsining rivojlanishi nimalarga bog’liq bo’ladi?.
Garchi kichik maktab yoshidagi davr shaxsning taraqqiyotida xal qiluvchi siljishlar davri bo’lmasa ham bizning fikrimizcha bunday davr o’smirlik davridir, shunga qaramay, bu davrda shaxsning tarkib topishi yetarli darajada sezilarli yuz beradi. Yuqorida qayd qilib o’tilganidek, maktabga kirish bolaning hayotida burilish momenti hisoblanadi. Kattalar (o’qituvchilar) va tengdoshlari (sinfdoshlari) bilan yangi munosabatlar maydonga keladi. Bolaga butun bir jamoaviylar sistemasiga (umum maktab, sinf) qo’shiladi. O’qituvchi o’z oldiga bir qator jiddiy talablarni qo’ygan o’qishga yangi faoliyat turiga qo’shilish o’quvchining o’z hayotini qatxiy tarzda tashqil qilishga, qoida va rejimga bo’ysunishga majbur qiladi. Bo’larning barchasi tevarak-atrofdagi voqeylikka, boshqa kishilarga, jamoaviyga ta’limga va uning bilan bog’liq bo’lgan majburiyatlarga nisbatan yangi munosabatlar sistemasining tarkib toptirishga va mustahkamlashga qatxiy ravishda ta’sir qiladi harakterni irodani tarkib toptiradi. qiziqishlar doirasini kengaytiradi, qobiliyatlar taraqqiyotini belgilaydi.
Axloqiy normalar va xatti-haraktlar qoidalarini o’zlashtirish kichik maktab yoshidagi davrda axloqiy xati-harakat poydevori qo’yiladi, axloqiy normalar va xatti-harakat qoidalari o’zlashtiriladi. SHaxsning ijtimoiy yo’nalishi tarkib topa boshlaydi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarninng axloqiy onglari 1-sinfdan 4-sinfgacha bo’lgan davr mobaynida muhim o’zgarishlarga uchraydi. Bu yoshning oxirgi davrlariga kelib axloqiy bilimlar tasavvurlar va muloxazalari sezilarli darajada boyiydi, ancha anglangan bo’ladi, turli tushunchalarga ega bo’ladi, umumlashadi- 1 va 2 sinf o’quvchilarining axloqiy muloxazalari o’z xatti-harakatlari tajribasida va o’qituvchilar hamda ota-onalarning konkret ko’rsatmalri va tushuntirishlariga asoslanadi. 3-4 sinf o’quvchilari esa axloqiy muloxazalarida o’z xatti-harakatlari tajribasiga va kattalarning ko’rsatmalariga asoslanish bilan boshqa kishilarning tajribalarini ham analiz qilishga intiladilar bunday adabiyotlarni o’qishda bolalar uchun chiqarilgan kinofilg’mlarni ko’rish ancha katta ahamiyat kasb etadi. Axloqiy xatti-harakatlar ham xuddi shunday tarkib topadi. 7-8 yoshdagi bolalar to’g’ridan-to’g’ri kattalarni jumladan, o’qituvchining ko’rsatmalari bilan ijobiy bo’ladigan ko’rsatmani kutib o’tirmay, bunday ijobiy axloqiy ishlarining boshidan qanchasini tashabbuslari bilan amalga oshiradilar.