Maktabgacha yoshdagi bollarga estetik tarbiya berish mazmuni. Es
1.2 Estetik tarbiya berish vazifalari. Kishilarga jamiyatda olib borilayotgan ijobiy ishlardan zavqlanish, demokratik Tarbiyaning estetik shakli ijtimoiy jarayonlarda ishtirok etar ekan, u o‘z navbatida, munosabatlarga nisbatan qiziqish tuyg‘usini uyg‘otishni o‘zining asosiy maqsadi deb biladi. SHuning uchun ham estetik tarbiyaning pirovard maqsadi inson ma’naviy olamini boyitishga qaratilgan bo‘lmog‘i lozim. U insonni yangiliklar yaratishga undabgina qolmay, ayni paytda uni nafosat tamoyillari, go‘zallik talablari asosida rivojlantirishga o‘rgatadi ham. Negaki, inson dunyoga estetik qarashi boy, tuyg‘ular va didi tarbiyalangan xolda kelmaydi. Aksincha, bu ko‘nikmalarni voqelikni kuzatishi, o‘rganishi va ulardan tegishli xulosalar olishi natijasida shakllantiradi. Inson ana shu tuyg‘ular ta’sirida o‘zi uchun mutlaqo yangi bo‘lgan olamni kashf etadi. SHunday ekan, o‘z–o‘zidan ma’lumki, mazkur zaruriyatni teran anglagan inson jamiyatning ijtimoiy taraqqiyotiga qo‘shilmaslikka, unga beparvo munosabatda bo‘lishga ma’nan haqqi yo‘q.Hozirda estetik tarbiyaning ko‘lami tobora kengaymoqda. SHunga ko‘ra, u o‘z oldiga talaygina muhim vazifalarni qo‘ygan. Bular:
- kishilarda san’at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol o‘zlashtirish balki, ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish;
- jamiyat a’zolarining ijodiy imkoniyatlarini namoyon qildirish va ulardan foydalana bilishga ishonch tuyg‘usini uyg‘otish;
- tabiat hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlariga sof tuyg‘u bilan munosabatda bo‘lishga va ularni ravnaq toptirish yo‘lida astoydil faoliyat olib borish ko‘nikmalarini xosil qilish;
- o‘tmish ma’naviy merosimizga hurmat hissini uyg‘otish, milliy g‘urur, milliy iftixor tuyg‘ularini shakllantirish uchun zamin yaratish;
- ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirib jahonga yuz tutish va ularni millat manfaatlari uchun naf keltiradigan tomonlarini targ‘ib qilishga undashdi. Estetik tarbiya – jamiyatda ma’naviy muhitni paydo qilishga ko’mak beruvchi muhim unsur bo’lib, u inson didini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi hamda ana shu orqali insonni jamiyat munosabatlariga yaqinlashtiruvchi kuchdir.
Hozirda estetik tarbiyaning ko’lami tobora kengaymoqda. Shunga ko’ra, u o’z oldiga talaygina muhim vazifalarni qo’ygan. Bular:-kishilarda san’at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol o’zlashtirish balki, ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish;
-jamiyat a’zolarining ijodiy imkoniyatlarini namoyon qildirish va ulardan foydalana bilishga ishonch tuyg’usini uyg’otish;
- tabiat hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlariga sof tuyg’u bilan munosabatda bo’lishga va ularni ravnaq toptirish yo’lida astoydil faoliyat olib borish ko’nikmalarini hosil qilish;
- o’tmish ma’naviy merosimizga hurmat hissini uyg’otish, milliy g’urur, milliy iftixor tuyg’ularini shakllantirish uchun zamin yaratish;
- ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirib jahonga yuz tutish va ularni millat manfaatlari uchun naf keltiradigan tomonlarini targ’ib qilishga undashdir.
Estetik tarbiyaning asosiy tarkibiga- san’at, information texnologiyalar, tabiat, mehnat, sport kabi sohalarni kiritish mumkin.Bugungi kunda jamiyatimizda inson faoliyatini boshqarib borishdan ko’ra, ushbu jarayonni insonning o’zi tashkil etishi kerakligi bot-bot uqtirilmoqda. Bu jarayonda san’at mohiyatan shaxsning his-tuyg’ulariga ta’sir ko’rsatishga qodir bo’lgan muhim vosita sifatida insonni doimo o’ziga jalb etib kelgan. San’at insonning ehtiroslar va tuyg’ular olamiga singib borib ularni yig’latadi, kuldiradi, o’ylashga majbur qiladi. Shuning uchun bo’lsa kerak san’at barcha davrlarda insonga hamroh bo’lib kelgan. San’at o’zining estetik bisotini to’laligicha namoyon qilishi uchun ham tarbiya jarayoni bilan chambarchas bog’lanadi. Chunonchi, inson tafakkurini go’zallashtirish estetikaning tadqiqot obyekti hisoblansa, estetik tarbiyaning predmeti esa ma’naviy dunyoni inson tomonidan estetik anglash bilan belgilanadi. Bir paytlar tabiiy va texnika bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari talabalariga “ Sizning idealingiz asosan qaysi sohalarda aks etadi?”, degan savolga ularning ko’pchiligi san’at, adabiyot va ma’rifat sohasida ko’proq aks etadi, degan javob berishgani ham fikrlarimizni isbotlaydi.Aytish mumkinki, axborot va kommunikatsiya texnologiyasi bugungi kunda insoniy va iqtisodiy taraqqiyotning muhim vositasiga aylanishi natijasida odamlarning turmush tarzini, o’zaro aloqasini hatto tashqi ko’rinishi ham tubdan o’zgarishiga olib keldi. Modomiki, mahalla jamiyat ichidagi kichkina jamiyat bo’lib, u bugun shaxsning ijtimoiy- siyosiy faolligini oshirishga, uning ijtimoiy-huquqiy madaniyatini shakllantirishga ko’mak beruvchi makon sifatida ham yuksak ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, mahalla shaxs nafosatli tarbiyasiga yaqindan ta’sir ko’rsata olishi bilan boshqa omillardan ajralib turadi. Shu jihatdan mahalla o’z navbatida o’z oldiga qo’ygan ezgu maqsadlarni bajarishi bilan zamonaviy insonni nafosatli jihatdan tarbiyalaydi.Shuni maxsus ta’kidlash kerakki, zamonaviy inson tarbiyasini estetik jihatdan kamol toptirishda oila qanchalik ustuvor omil bo’lib hisoblansa, bu jarayonda tabiat ham undan kam ahamiyat kasb etmaydi. Chunki tabiat bilan ongli tarzda murosa qilmaslik shaxsni nafosatli jihatdan mukammal bo’lib yetishishiga monelik ko’rsatadi. Shuning uchun inson va tabiat o’rtasidagi munosabat inqiroz va halokat yoqasiga kelib qolgan hozirgi vaqtda bu muammoni chetlab o’tish maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Mehnat ham moddiy, hamda ma’naviy go’zalliklar yaratish bilan estetik tarbiyaning muhim vositasiga aylanadi. Bu jarayon ijtimoiy- foydali mehnatning badiiylik bilan aloqasi ta’sirida vujudga keladi. Mazkur munosabat pirovardida mehnat vositalarining insonga keltiradigan zararini kamaytiradi. Qolaversa, mehnatga ijodiy yondashuv jamiyat ma’naviy qiyofasini belgilovchi omil hisoblanadi.Sport estetik tarbiya vositasi sifatida zamonaviy insonni kamol toptirishda alohida e’tiborga ega. Hozirda sportni rivojlantirish mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad avlodni jismonan baquvvat, sog’lom, vatanning jasur himoyachisi qilib tarbiyalashdir. Hozirda yurtimizda sportni rivojlantirishga doir ko’plab dasturlar ishlab chiqilgan va ular jamiyat munosabatlaridan amalda ishtirok qilmoqdalar. Keyingi kunlarda O’zbekiston ko’plab sport turlari bo’yicha jahon musobaqalarni uyushtiruvchi va o’tkazuvchi mamlakat sifatida jahon hamjamiyatda ko’zga ko’rinib bormoqda. Ana shularning barchasi muayyan ma’noda inson nafosatli dunyoqarashini, tafakkurini sog’lomlashtirishga qaratilgan. Bir so’z bilan aytganda, sport estetik tarbiyaning muhim vositasi sifatida “ Farzandlari sog’lom yurtning kelajagi porloq bo’ladi”,- degan maqsadni amalga oshirishga muhim hissa qo’shadi.
Milliy ma’naviyatga ta’sir o’tkazuvchi tashqi tahdidlar ayni paytda estetik tarbiya jarayoniga ham sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda. Bu esa ijtimoiy-ma’naviy munosabatlar tizimida estetik tarbiyani maqsadli yo’naltirishni taqozo etmoqda. Ta’kidlash o’rinliki, estetik niqobi ostida turli xil ko’rinishdagi “sog’lom turmush tarzi targ’ibotchilari”, “ko’ngilochar” va “musaffo tuyg’u” baxsh etuvchi saytlar talaygina. Eng dahshatlisi keyingi paytlarda internet tarmog’i vampirizm estetikasi va uning targ’iboti bilan bog’liq saytlarning ko’payib borayotganligi tashvishlanarli holdir. Bu targ’ibot saytlarni oddiygina qidiruv buyrug’i orqali topish mushkul emas. Bunday tahdidlarga qarshi go’zal qadriyatlarni dunyoga tanitish, xalqimizning boy va betakror estetik dunyosini aks ettiradigan personajlarni yaratish orqali kurashishni zamon talab etmoqdaki, bu yoshlarni ma’naviy jihatdan yuksaltirishda estetik tarbiyaga zaruriyat mavjudligidan dalolat beradi.Bu estetik tarbiyaga nisbatan tahdidlarning birinchi jihati.Estetik tarbiyaga tahdidning ikkinchi jihati insonning tashqi va ichki ko’rinishidagi bog’liqlikni o’rganishga bo’lgan zaruriyat bilan belgilanadi. Bu ilm bugungi kunda biologiya va tibbiyotda fizionomiya nomi bilan mashhur. Vaholangki, o’tmishda bu sohaga jiddiy e’tibor berilib, qator risolalar yaratilgan. Jumladan, olmon mumtoz faylasufi I.Kant bu ilmga “ichki olamni o’rganuvchi ilm” deb ta’tif bergan bo’lsa, sharq allomalari bu borada “Risolai fil farosa” (X asr), “Farosatnoma” (XVI asr) kabi asarlarni yozib qoldirganlar.Odatda, farosat tushunchasi estetik baho bilan belgilanadi. U ranjish, nomunosib holat, ko’ngilga xush yoqmagan ishlar qilganda munosabat bildiramiz. Shuning uchun bo’lsa kerak,kamdan kam hollarda “farosatli kishi, farosati bor, farosatli”degan so’zlarni ishlatamiz. Biroq. did, fahm, farosat kabi tushunchalar aynan estetika ilmiga tegishli bo’lib, fahm-haqiqatga, farosat-ezgulikka,did-go’zallikka munosabat orqali namoyon bo’ladi. Har uchchala hodisaning asosida ham qobiliyat yotadi. Shu ma’noda fahm-aqliy, farosat-axloqiy, did-estetik qobiliyatni yuzaga chiqaradi. Ayniqsa, estetik did va farosat murakkab tarbiya jarayonini taqozo etadi. Chunki u ham aqliy, ham axloqiy, ham hissiy tarbiya uyg’unlashgan umumiylikdan iborat. Shuning uchun ham fiziologik jihatdan yomonlikka moyil shaxs estetik tarbiya ta’sirida xulqini o’zgartirib, go’zal axloqli kishiga aylanishi mumkin. Shuning uchun o’ziga mavjud yomon hislatlarni yaxshi tomonga o’zgartirgan va ma’naviy kamolotga erishgan kishi haqida faqat yuziga qarab hukm chiqarish adolatdan emas.Shu o’rinda estetik tarbiyaga tahdidning uchinchi jihati haqida fikr bildirish va bu borada alohida ta’kidlash shart bo’lgan bir necha mulohazalar bor. Ular orasida insonning estetik tarbiyasiga ta’sir etishning psixologik jihatlarni alohida ahamiyat kasb etadi. Buni ong osti hodisasi orqali izohlash mumkin. Mehnat estetikasida dizaynga bo‘lgan talab ko‘pyoqlamalik tabiatiga ega. Unda faqat texnikaviy go‘zallik emas, botunisicha texnologik jarayon va ishlab chiqarish joyi – makon go‘zalligi ham dizayn qonun-qoidalariga bo‘ysunishi: inson – texnika – makon tizimining estetiklashishi ro‘y beradi.Sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda estetik tarbiyaning o‘rni nihoyatda katta va ularga, aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiya tarbiyani kiritish mumkin. Sog‘lom turmush tarzi estetikasiga an’anaviy va zamonaviy yondoshuvlar mavjud. Estetik tarbiyaning turlari va yo‘nalishlariga: ommaviy axborot vositalari; san’at; badiiy adabiyot kiradi. SHaxsni estetik tarbiyalashda ta’lim tizimining roli nihoyatda ahamiyatlidir. Mehnat esa - turmush estetikasining muhim omili hisoblanadi. Insonda xulq go‘zalligini shakllantirishning zamonaviy ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, didlilik va farosatlilik – yuksak madaniyat belgisi, farosatsizlik esa shaxs kamolotidagi illat hisoblanadi. Insonda tabiiy go‘zallik bilan estetik didning mutanosibligi muammosi mavjud bo‘lib ularga, sipolik va bachkanalik kiradi. SHaxs va jamiyat estetik madaniyati mavjud bo‘lib, jamiyat ijtimoiy-ma’naviy hayotining estetik madaniyat shakllanishiga ta’siri kattadir. SHaxs va jamiyat estetik madaniyatining dialektik aloqadordir. Estetik madaniyat yuksalishining milliy va umuminsoniy jihatlari mavjud bo‘lib, etetik didga “ommaviy madaniyat”ning ijobiy va salbiy ta’siri nihoyatda kattadir. Estetik ravnaq esa estetik ehtiyoj hamda estetik did bilan dialektik aloqadordir. Sportning ham ma’naviy-estetik jihatlari mavjud bo‘lib, inson tanasi va turmush tarzini go‘zallashtirishga sportning ta’siri, sport estetikasining zamonaviy ahamiyati beqiyosdir.Zamonning o‘zgarishi bilan insonning jamiyatga, tabiatga bo‘lgan munosabati ham o‘zgarib boradi. Bu esa shubhasiz, insonning tafakkuri bilan bog‘liq jarayondir. Zotan, insoniy munosabatlarga daxldor bo‘lgan biror-bir jarayon yo‘qki, u erda tafakkur ishtirok etmasa. SHunday ekan, odamlarning tafakkuri va dunyoqarashining voqelikka ko‘rsatadigan ta’siri bugungi kunning eng dolzarb masalasi bo‘lib turgan milliy g‘oya va milliy mafkurani shakllantirishning sharti sifatida alohida e’tirof etilishi bejiz emas. Bu jarayonlarda estetika amaliy jihatdan o‘zini estetik tarbiya orqali namoyon qiladi. Zero, avval boshda uqtirib o‘tganimizdek, nafosat tarbiyasi insonda hayot va san’atdagi go‘zalliklardan bahramand bo‘lish, ularni baholay bilish hamda o‘zi ham go‘zalliklar yaratish tuyg‘ularini shakllantirishga ko‘mak beradi. Ammo, bu jarayon o‘z-o‘zicha emas, balki bir qator omillar va vositalar ishtirokida amalga oshiriladi.
Sportning estetik jihatlari.Sport estetikasi sport sohasidagi estetik qonuniyatlarni o‘rganadi, sportning estetik mazmunini, uning jamiyat madaniyatidagi o‘rnini, sport bilan san’atning o‘zaro aloqadorligini tadqiq etadi, inson jismoniy kamolotining ma’naviy-estetik jihatlarini tahlildan o‘tkazadi.Ma’lumki, sport va jismoniy tarbiya deyarli doimo yonma-yon tilga olinsa-da, ular bir-biridan jiddiy farq qiladi. Jismoniy tarbiya asosan inson salomatligini ta’minlashga qaratilgan jamiyatning turli yoshdagi barcha tabaqalari ixtiyoriy tarzda “o‘zi uchun” shug‘ullanadigan, ommaviylik tabiatiga ega mashqlar yoki mashq majmularidan iborat. Sport esa, uning qaysi sohasida bo‘lmasin, mutaxassis ustozlar nazorati ostida maxsus tayyorgarlik ko‘rgan odamlarning, asosan yoshlarning yakkama-yakka yoki jamoaviy tarzda bellashuvini o‘z ichiga oladi. Jismoniy tarbiya qay ko‘rinishda bo‘lmasin, (individualmi, jamoaviymi), bellashuvni rad etadi va insonga turli mashq shakllaridan xohlaganini tashlash imkonini beradi. Sportda esa musobaqa birinchi o‘rinda turadi va unda muayyan mashqlar majburiy tarzda bajariladi. Lekin bu majburiylik sportning ma’lum bir turi doirasida sportchiga erkin harakat qilish imkonini beradi, ya’ni sportda ijodiy yondashuv taqiqlanmaydi, balki qo‘llab-quvvatlanadi. Masalan, badiiy gimnastika musobaqalarida har bir sportchi o‘zi tanlagan mashqni, o‘zi tanlagan kuy jo‘rligida bajaradi, lekin sportning ushbu turiga doir qonun-qoidalardan chetga chiqolmaydi. SHunday qilib, jismoniy tarbiyani sportga qo‘shib yuborish yoki ularni aynanlashtirish mumkin emas. Sportning boshqa ko‘pchilik turlarida esa barcha sportchilar bir xil mashqni bajaradilar, lekin ularni bir-biridan farqlantirib turadigan, musobaqa ruhini saqlab, uni so‘ndirmaydigan narsa, bu – har bir sportchining bir xildagi mashq ijrosiga ijodiy, o‘ziga xos yondashuvdir. Bunda sportchining o‘z a’zoi badani ustidan hukmronlik qilishi shu hukmronlikni egiluvchan go‘zallik, epchillik, ulug‘vor xatti-harakatlar shaklida tomoshabinga taqdim etishini taqozo qiladi, xullas, sport inson tanasi go‘zalligining namoyishi sifatida diqqatga sazovor.Sportga qadimgi yunonlar, bundan bir necha ming yillar avval ana shunday nuqtai nazardan yondashganlar. Lekin, afsuski, keyinchalik musobaqa omili go‘zallikni chetga surib, uni g‘oliblik va mag‘lublik bilan baholanadigan ehtirosni o‘yinga, qimorning o‘ziga xos turiga aylantirib qo‘ydi (qadimgi Rumodagi gladiatorlar bahsi, keyinchalik ot poygasiga pul tikishlar v.h.).Sport estetikasining o‘ziga xos jihatlari.Hozirgi paytda sport jahon bo‘ylab juda keng yoyilgan madaniy soha sifatida tan olinadi. Ayniqsa, buni O‘zbekiston misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Bizda mustaqillik sharofati bilan sportga milliy madaniyatning uzviy qismi sifatida qarash shakllandi, uning hamma turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish odat tusiga kirdi, o‘zbek kurashi esa umumbashariy sport turi maqomini oldi, maxsus Madaniyat va sport vazirligi tashkil etildi. Bularning deyarli barchasi respublikamiz Prezidenti Islom Karimov tashabbusi va nazorati ostida amalga oshirildi. SHu tufayli bugun O‘zbekiston sport diyoriga, inson jismoniy go‘zalligini jahonga namoyish etayotgan mamlakatlardan biriga aylandi.Ma’lumki, o‘yinni Qadimgi yunon faylasuflari estetik tabiatga ega ekanini ta’kidlab, uni san’at bilan tenglashtirganlar, SHiller esa, ko‘rib o‘tganimizdek, badiiy faoliyatni o‘yinning eng yuksak shakli deb hisoblaydi. Sport esa, eng avvalo o‘yin. Undan inson ikki tomonlama estetik zavq oladi: o‘yinchi-sportchi va tomoshabin-tarafkash sifatida. bunda tomoshabin san’atni idrok etayotgandek sportchi bilan uyg‘unlashib, uning xatti-harakatlariga qo‘shilib ketadi, ayni paytda o‘zi sportchi emasligini, ya’ni estetik masofani his qilib turadi. Bu borada B.Lou o‘zining “Sport go‘zalligi” degan kitobida F.Kinonning quyidagi fikrlarini keltiradi: “Teatr, – deb yozadi F.Kinon, – tomoshabinga suyanib rivojlanadigan san’at turi... Sport musobaqalarida tomoshabinlar o‘zlarini xuddi spektakl tomoshosidagidek tutadilar: ular yuksak mahorat egalariga qarsak chaladilar va yomon o‘yin ko‘rsatganga nisbatan salbiy munosabatlarini yashirmaydilar. Maktabga tayyorlik davrida bolalarda faoliyat turlarining o’zgaruvchanligi yaqqol ko’zga tashlanib, maktabgacha yosh davridagi faoliyat syujetli-rolli o’yinlardan iborat bo’lgan bo’lsa, kichik maktab yoshida ta’lim jarayoniga, o’quv faoliyatiga moyillik yuqori bo’ladi. Psixolog olim D.B.Elьkonin 7 yoshli bolalarni maktab ta’limiga tayyorgarliklarining psixik xususiyatlari atrof-olamda bo’layotgan jarayonlarga munosabat hamda ijtimoiy ko’nikmalarning shakllanib borishi, o’z-o’zini nazorat qilish, o’ziga baho berish orqali namoyon bo’ladi deb ta’kidlaydi. Maktabga psixologik tayyorgarlikni aniqlashning metodlaridan alohida M.N.Kostikova (1987) metodikasi turadi. Muallif test sinovlari natijasiga ko’ra ish tutishni emas (sinaluvchi bilan figurali, xotira va holatni o’rganuvchi metodikalarni o’tkazishadi) balki bolalar bilan sinalayotgan qiyinchiliklarni va ular uchun topshiriqni muvaffaqiyatli bajarishdan zarur bo’lgan yordam turlarini tahlil qilib, yechish jarayoniga tayanishini taklif qiladi.
Qiyinchiliklar deganda topshiriqlarni bajarishdagi har qanday to’xtalishlar, ularning har qanday noto’g’ri bajarilishi (masalan, uncha samarali bo’lmagan ish usuli), o’rtacha vaqt ko’rsatkichidan oshib ketishlar tushuniladi. Qiyinchiliklar bolaning tajribaviy sinov topshirig’ini me’erlarga ko’ra bajara olmasligi haqida dalolat beradi.
Bolaning mustaqil ravishda qiyinchiliklarni bartaraf etaolmaganida sinovchi qiyinchiliklarni bartaraf etish shart-sharoitlarini yaratishni boshlaydi.