Maktabning ichki tartib qoidalari


II. MAKTAB MA’MURIYATI VA PEDAGOGIK JAMOASINING HUQUQ VA BURChLARI



Yüklə 104,5 Kb.
səhifə2/5
tarix13.05.2022
ölçüsü104,5 Kb.
#57851
1   2   3   4   5
Maktabning ichki tartib qoidalari

II. MAKTAB MA’MURIYATI VA PEDAGOGIK JAMOASINING HUQUQ VA BURChLARI

2.1. Ta’lim-tarbiya sifatini oshirish maqsadida o`qitishning ilg`or pedagogik texnologiyalarini tanlash va amaliyotga tatbiq qilish.

2.2. O`quvchilarning ta’lim olishi uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish, o`quv-tarbiya jarayonini tashkil etish, ta’lim mazmuni va sifatini yaxshilash.

2.3. O`quvchilarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, milliy g`oyaga sadoqat, yuksak insoniy fazilatlar, insonparvarlik, vatanparvarlik va xalqparvarlik ruhida, jamiyatda e’tirof etilgan axloq tamoyillari va me’yorlariga mos tarbiyalash, ularning ongi va qalbini ma’naviy, g`oyaviy va axborot tahdidlaridan ishonchli himoya qilish, diniy aqidaparastlik va missionerlik harakatlari ta’siriga tushib qolishdan saqlash, jinoyatchilik, huquqbuzarlik, kashandalik, ichkilikbozlik kabi salbiy illatlar, yuqumli kasalliklar profilaktikasi bilan bog`liq amaliy ishlarni olib borish.

2.4. Ota-onalarni maktab “Ustavi”, o`quv-tarbiya jarayonini tartibga soluvchi sohaviy, me’yoriy-huquqiy hujjatlar va ichki tartib-qoidalar bilan tanishtirish hamda o`zaro shartnoma tuzish.

Shuningdek, ota-onalar va maktab ma’muriyati o`rtasida tuzilgan shartnoma shartlarini to`liq bajarilishini talab etish.

2.5. Huquq-tartibot xodimlari hamda mahalla bilan hamkorlikni kuchaytirish.

2.6. O`qituvchi va o`quvchilardan maktab “Ustavi”da belgilangan tartibga to`liq rioya qilish, tasdiqlangan mashg`ulotlar jadvali asosida ishga va darsga o`z vaqtida kelish, ijodiy yondoshgan holda ish kunidan va dars jarayonidan unumli foydalanish, ma’muriyat tomonidan berilgan topshiriqlarni muddatida bajarishni talab qilish.

2.7. O`quvchilarning davomatini muntazam nazorat qilib borish, ularning mashg`ulotlarga to`liq qatnashishini ta’minlash choralarini ko`rish.

2.8. Ota-onalardan farzandini ta’lim muassasasiga darsliklar va o`quv-qurollari hamda maktab “Ustavi”da belgilangan o`quvchilar formasida kelishini talab qilish.

2.9. O`quvchilarning ta’lim muassasasida mobil telefon, internetdan foydalanishlarini nazorat qilish va tartibga solish, ularga mobil telefonidan foydalanish madaniyatini tarbiyaviy soatlarda singdirish, ota-onalar yig`ilishlarida mobil telefonlardan foydalanish madaniyati haqida tushunchalar berish va ularning bu boradagi mas’uliyatini oshirish.

2.10. Pedagogik kengash qarori bilan Davlat ta’lim standartlari va o`quv dasturlarini o`zlashtirmagan o`quvchilarni sinfda qoldirish. (Maktabga o`qishdan bo`yin tovlab, sababsiz kelmaydigan o`quvchilar inobatga olingan)

2.11. Sinf rahbarlarining o`quvchilar va ota-onalar bilan yaqin aloqasini mustahkamlash hamda ularning xonadonlarga doimiy tashriflarini uyushtirish.

Shuningdek, o`quvchilar huquqini muhofaza qilish, tarbiyasi og`ir o`quvchilar va notinch oila farzandlari bilan yakka tartibda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish.

2.12. Uyda yakka tartibda ta’lim oluvchi o`quvchilar uchun ularning ota-onalari bilan hamkorlikda barcha sharoitlarni yaratish, o`quv qurollari va darsliklar bilan ta’minlash hamda dars mashg`ulotini tegishli o`qituvchilar tomonidan o`tilishi ta’minlash.

2.13. Belgilangan muddatda tibbiy ko`rikdan hamda sinflardagi o`zini-o`zi boshqarish organi vakillari tomonidan birinchi darsdan oldin o`quvchilarni tozalik ko`rigidan o`tishlarini nazorat qilish.

2.14. Dars jarayonida, tanaffus vaqtida va ta’lim muassasasi hududida yurganda bir-biriga o`zaro hurmatda bo`lishni talab etish.

2.15. O`quv yili davomida o`quvchilar uchun maktab oshxonasi va bufetlarning muntazam ishlashini ta’minlash.

2.16. Maktab kutubxonasiga o`quvchilarni jalb qilib, ularni ijaradagi darsliklar va qo`shimcha badiiy adabiyotlar bilan yetarli miqdorda ta’minlash hamda o`quvchilar tomonidan yo`qotilgan yoki yaroqsiz xolatga keltirilgan darsliklarni o`rnatilgan tartibda undirish.

2.17. “Vasiylik kengashi”ning samarali ish yuritishi uchun shart-sharoit yaratish, hamkorlik faoliyatini mustahkamlash hamda maqsadsiz pul yig`imlariga chek qo`yish.

2.18. O`quvchilar bilimidagi bo`shliqlarni aniqlash, o`qituvchilar tomonidan aniqlangan bo`shliqlarni yakka va guruh tartibida, mustaqil ishlash orqali to`ldirilishini ta’minlash. (O`qituvchi roziligi bilan)

2.19. Ta’lim muassasasida ichki nazoratni yo`lga qo`yish, o`quvchilarning o`zlashtirish samaradorligi va xulqini kuzatib, tahlil qilib borish. (Monitoring olib borish)

2.20. Iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash, ularning qobiliyatlarini rivojlantirish, fan olimpiadalari va turli ko`rik-tanlovlarda ishtirok etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish.

2.21. O`quvchilarni bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida fan va qiziqishlari bo`yicha to`garaklar, sport seksiyalari hamda kuni uzaytirilgan guruhlar faoliyatini samarali tashkil qilish.

Shuningdek, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari bilan hamkorlik faoliyatini tizimli tashkil etish.

2.22. Texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etish, maktab mulkini saqlash, kommunal xizmatdan maqsadli foydalanish haqida tushunchalar berish va ularning bu boradagi mas’uliyatini oshirish.

2.23. O`zbekiston Respublikasining 1998 yil 25 dekabrda qabul qilingan “Reklama to`g`risida”gi Qonuni talablariga zid ravishda maktablar hududida yoki atrofida tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga oid reklamalar o`rnatilishiga yo`l qo`ymaslik, boshqa tashkilotlar tomonidan o`rnatilgan hollarda mahalliy hokimliklar va huquq – tartibot idoralariga rasman murojaat qilib, oldirib tashlash choralarini ko`rish.

2.24. Maktab yoki yaqin hududlarda o`quvchi – yoshlarning ma’naviy – axloqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko`rsatadigan, axloqsizlik va zo`ravonlikni targ`ib etuvchi, past saviyadagi “ommaviy madaniyat” elementlari aks etgan tasvirlar mavjud bo`lgan nashr-matbaa mahsulotlari (plakatlar, kitoblar, risolalar, bukletlar, daftarlar, yon daftarlar, rasm daftarlari va boshqa) sotilishiga va tarqatilishiga yo`l qo`ymaslik.

2.25. Maktab oshxonasi (bufet) yoki yaqin atrofdagi umumiy ovqatlanish shahobchalarida tarkibida o`quvchilarning sog`ligi va fiziologik rivojlanishiga zararli ta’sir ko`rsatadigan qo`shimchalar va moddalar bo`lgan oziq – ovqat maxsulotlari (gamburger, chizburger, turli qo`lbola ichimliklar va boshqa)ni sotish hududiy Davlat sanitariya epidemiologiya bo`limlari hamda manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda amaldagi qonun hujjatlariga asosan cheklash.

2.26. O`quv yili davomida namunali hulqi va erishgan bilimdagi yutuqlari uchun o`quvchilarni rag`batlantirish. (Ota-onasining ish joyiga, turar joyidagi mahalla qo`mitasiga minnatdorchilik xatini yuborish, ertalabki saflanishlarda fahriy yorliq yoki iliq so`z bilan alohida e’tibor ko`rsatish)

Shuningdek, maktab ichki tartib qoidalarini buzganligi uchun intizomiy choralar ko`rish. (Ota-onasining ish joyiga, turar joyidagi mahalla qo`mitasiga salbiy xolat yuzasidan xat yuborish, ertalabki saflanishlarda alohida ko`rsatib o`tish)

2.27. Yuqori natijalarga erishgan o`z vazifasiga vijdonan yondoshgan o`qituvchilarni maktab ma’muriyati tomonidan mukofotlash yoki moddiy rag`batlantirish.




Yüklə 104,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin