V. YAKUNIY QOIDALAR
Ta’lim muassasalari yosh avlodni yetuk, ma’naviy boy, barkamol, komil inson bo`lib rivojlanishida asosiy poydevor vazifasini o`tar ekan, bu borada o`quvchilarning tashqi qiyofasi, bilim darajasi, hulq-atvori bekamu ko`st bo`lishi ta’lim-tarbiya jarayoniga ijobiy ta’sir ko`rsatadi.
Bu borada, ta’lim-tarbiya jarayonida rahbar, rahbar o`rinbosari, sinf rahbari va ota-onalarning o`zaro hamkorlikda amalga oshirayotgan ishlari o`z samarasini bermoqda.
Bugungi kunda esa ma’naviyat masalalari davlatimiz rahbarining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomli kitobi dunyo yuzini ko`rishi bilan davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Demak, endi oldingi holatda ishlab bo`lmaydi. Barcha darajadagi ishlarimiz shunga mos bo`lishi shartdir. Shu ma’noda ushbu sohadagi faoliyatizimni, xususan tizimdagi ma’naviy-ma’rifiy tarbiya jarayonini ham funksional, ham konseptual-nazariy, ham amaliy-tashkiliy jihatdan ushbu talablar nuqtai nazaridan turib yana bir bor chuqur tahlil qilishimiz, baholashimiz va yangi bosqichga olib chiqishimiz zarur.
Jumladan, har bir ta’lim muassasasida sog`lom ijtimoiy-psixologik, ijodiy va ma’naviy muhitning barqaror bo`lishiga erishish, ta’lim va tarbiya jarayoniga salbiy ta’sir ko`rsatuvchi har qanday holatlarni kelib chiqish sabablari va oqibatlarini ota-ona-o`quvchi-pedagogik jamoa birgalikda muhokama qilish va ularga barham berish;
Ta’lim muassasalari o`quvchilari o`rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligi, samarasini aniqlash hamda pedagogik jamoaning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatiga baho berish maqsadida so`rovnomalar o`tkazish, natijalarini birgalikda muhokama qilish;
Ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo`yicha alohida yutuqlarga erishgan o`quvchi, ota-ona va pedagog xodimlarni ma’naviy va moddiy rag`batlantirish, o`zaro tajriba almashinuvini kuchaytirish.
Ma’naviy – ma’rifiy ishlarning metodik ta’minotini yaxshilash, ta’lim muassasalarini milliy g`oya targ`iboti va ma’naviy – ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo`yicha zamonaviy adabiyotlar, metodik qo`llanmalar va tavsiyalar bilan ta’minlash, bu borada hamkorlikni kuchaytirish;
O`quvchilarda axborot olish va tarqatish madaniyatini shakllantirish. O`quvchini axborotni qaysi manbadan olishidan qat’iy nazar to`g`ri talqin qilishga o`rgatishimiz lozim. Unga har qanday salbiy mazmundagi axborotni qiyoslashi, to`g`rini noto`g`ridan, oqni qoradan ajratishi uchun muqobil axborotni o`z vaqtida berish;
Tarbiyaviy soatlar mavzularining eng dolzarb masalalarga bag`ishlanishi, quruq pand-nasihatdan ko`ra ko`proq, ularda tarbiyaga ta’sir etuvchi salbiy illatlarning asl mohiyatini tahlillar, qiyoslash va hayotiy misollar yordamida, zarur bo`lsa mutaxassislar ishtirokida ochib berish;
O`quvchilarda kiyinish madaniyatini shakllantirish, internet va uyali aloqa vositalaridan to`g`ri foydalanishga o`rgatish, «Ommaviy madaniyat» elementlari (xorijiy estrada yulduzlari, badiiy asarlar, kino va mul’tfilmlar qahramonlari, «emo» yoki «gotlar» kabi sub-madaniyatlar vakillari, tatuaj, pirsing va boshqa.)ga ko`r-ko`rona taqlid qilishining oldini olish.
Ushbu maktabning ichki tartib qoidalari bilan barcha o`quvchilar, o`qituvchilar jamoasi va ota-onalarga tanishtirilib, maktabning foyesiga osib qo`yiladi.
Dostları ilə paylaş: |