Maktabning matematika fani o'qituvchisi ning 8-sinf uchun bir soatlik



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə1/3
tarix03.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#106830
  1   2   3
8 sinf algebra 48 Sonning moduli Modul qatnashgan tenglama va tengsizliklar






__________________ VILOYATI __________________ TUMANI
XTB GA QARASHLI
__-MAKTABNING MATEMATIKA
FANI O'QITUVCHISI
_________________________________NING
8-SINF UCHUN BIR SOATLIK
DARS
I SHLANMASI

Yangiqo’rg’on -2020


Dars o’tiladigan fan: Algebra;
Dars mavzusi Modul qatnashgan tenglama va tengsizliklar .
Davlat ta’lim andozasi: 8-sinf darsligi. Algebra.
Dars maqsadi:
a) Ta’limiy maqsad: O’quvchilarni modul qatnashgan tenglama va tensizlik ildizlarini topish usullarini o’rgatish.
b) Tarbiyaviy maqsad: Shu mavzu orqali o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish.
c) Rivojlantiruvchi maqsad: Zamonaviy pedagogik texnologiyalar orqali o’quvchilarni mustaqil fikrlashga, ishlashga o’rgatish, ulardagi nutq va muloqot madaniyatini rivojlantirish.
d) DTS talabi: O’quvchilarda modul qatnashgan tenglama va uning ildizlari haqida tushuncha, ko’nikma hamda malaka hosil qilish.
e) Fanlararo bog’lanish: Arifmetika, tarix, informatika, geometriya.


Dars turi: Noan’anaviy dars.
Dars usuli: Interfaol.
Dars jihozi: Mavzuga oid ko’rgazmalar, tarqatmalar, test savollari, kompyuter va darslik.
Dars shiori: Yetti o’lchab bir kes.



Dars bosqichlari

Vaqti

1

Tashkiliy qism

2 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

8 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

22 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

8 daqiqa

5

O’quvchilarni baholash, uyga vazifa berish

3 daqiqa

6

Darsni yakunlash

2 daqiqa



Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
a) Salomlashish;
b) O’quvchilar davomatini aniqlash;
c) Sinfning darsga tayyorgarligini nazorat qilish.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash:

Sinf o’quvchilari uchta guruhga ajratiladi va har bir guruhga nom beriladi. Har bir guruh (avvaldan tayyorlab qo’yilgan) kartochkadagi savollardan ikkitadan tortadi. Savolga to’g’ri javob bergan o’quvchiga qizil rangli kartochka, to’ldiruvchi o’quvchiga yashil rangli kartochka, agar o’tirgan o’rnida luqma tashlasa ko’k rangli kartochka beriladi.


O’tilgan mavzular yuzasidan blits sorab bilish o’tkazish uchun savollar:

  1. Tenglama deb nimaga aytiladi?

  2. Sonlar oralig’i nima ?

  3. Haqiqiy sonlar deganda qanday sonlar tushuniladi?

  4. Ko’paytmaning kvadrat ildizi qanday hisoblanadi?

O’tilgan mavzu yuzasidan test beriladi va uni bajarish uchun 3 daqiqa vaqt beriladi hamda javoblar kompyuterda tekshiriladi. Eng ko’p javob topgan guruh rag’bat kartochkasi oladi.



Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin