O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI IJTIMOIY-GUMANITAR FAKULTETI
TASDIQLAYMAN O’quv ishlar
bo’yicha prorektor
________ Z.U.Berdinazarov
“___” _________ 202_ yil
TARIX VA FALSAFA KAFEDRASI 5120300-Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo’yicha) yoʼnalishi bakalavr bosqichi 2-kurs talabalari uchun
MALAKAVIY AMALIYOT DASTURI jami: 54 soat
Denov-2021 ANNOTATSIYA Mazkur malaka amaliyot dasturi DTS talablariga asosan tuzilgan bo‘lib, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasining 2021-yil _____________ №__ yig‘ilishida muhokama qilingan va foydalanishga tavsiya qilingan.
Tuzuvchilar: Tarix va faksafa kafedrasi o’qituvchisi A.Qodiraliyev
Tarix va falsafa kafedrasi o’qituvchisi J.Abdullayev
Tarix va falsafa kafedrasi o’qituvchisi M.Jo’rayev
Malaka amaliyoti dasturi tarix va falsafa kafedrasining
2021-yil “____” _________ dagi ___-sonli yigʻilishida muhokamadan oʻtgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Tarix va falsafa kafedrasi mudiri: D.Yakubova Ushbu malaka amaliyot dasturi Ijtimoiy-gumanitar fakulteti kengashining
2021-yil “____” _________dagi ___-sonli yigʻilishida muhokamadan oʻtgan va foydalanishga tavsiya qilingan.
Fakultet dekani: Z. Rahmatullayev
Kelishildi:
Oʻquv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i: B.Primqulov
KIRISH Amaliyotning mazmuni Bilamizki, nazariy fikrlar amaliy jarayonlarda, xususan, malakaviy amaliyotlar davrida o‘z isbotini topadi. Shuning uchun o‘quv jarayonini nazariy bosqichi va amaliy bosqichi haqida gapirish o‘rinli holdir. Mana shu ikki jarayonni ta'lim olish jarayonida bilgan, ko‘rgan talabalar ertaga iste'dodli mutaxassislar darajasiga ko‘tarilishi shubhasizdir.
O‘tilayotgan fanlarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda amaliyotni tashkil etish mumkin o‘rinli bo‘ladi. Shu sababli bugungi kunda mustaqillik mafkurasining talablaridan kelib chiqqan holda oliy va o‘rta maxsus ta'lim tizimida ham nazariy, ham amaliy jarayonlarning uzviyligini ta'minlash dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi.