2. «CAUUS SHOES» MCHJ korxonasi boshqaruv strukturasining tavsifi
Boshqaruv strukturasi menejmentning asosiy tushunchalaridan biri bo’lib, menejerlarning ishlari xujalik bulinmalari urtasida vakolatlarning taqsimlanishnishi, boshqaruvning maqsadi, funktsiyalari, jarayonlari bilan chambarchas bog’liqdir. Struktura asosida barcha boshqaruv jarayoni harakatlanadi va unda boshqaruvning jami pog’ona, toifa va mutaxassisligidagi menejerlar qatnashadi. Strukturani boshqaruv tizimining qovurasiga o’xshatish mumkin. SHu tufayli rahbarlar boshqaruv strukturalarini yaratishda va tanlashda boshqarish usullari va tamoyillariga asoslanishlari kerak.
“Boshqaruv strukturasi – deganda tashkilotning bir butun bo’lib faoliyat olib borishi va rivojlanishni ta’minlaydigan tartibli ravishda barqaror o’zaro bog’liq bo’lgan elementlar tushuniladi”3. Quyilgan maqsadga erishish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish,boshqaruv qarorlarini qabul qilish, boshqaruv faoliyatini taqsimlash va kooperatsiyalash ham boshqaruv strukturasi orqali aniqlanadi. Ushbu pozitsiyadan olganda boshqrauv strukturasi uning tarkibidagi boshqaruv organlari va xodimlar o’rtasijda ma’suliyat va vkaolatlar, tartib va faoliyat olib borish shakllari, funktsional majburiyatlarning optimal shaklda taqsimlanishi tizimi sifatida tushuniladi.
Boshqaruvning strukturasida element va pog’onalarning ortishi munosabatlarining murakkablashuvi va o’sishiga olib keladi, natijada boshqaruv jarayoni sekinlashadi, zamonaviy sharoitda bu tashkilotda menejment faooliyati sifatining yomonlashishiga olib keladi.
Boshqaruv strukturasiga uning menejment uchun tayanch ahamiyatini aks ettiradigan ko’pgina talablar qo’yiladi. Ular boshqaruvning strukturalarini shakllantirishda e’tiborga olinadi. Ularning asosiylari qo’yidagilar:
Boshqaruvning strukturasi avvalambor Ishlab chiqarishva iste’molchi ehtiyojlariga bo’ysundirilgan bo’lib, tashkilot va «CAUUS SHOES» MCHJ korxonasi maqsad vazifalarini aks ettirishi lozim.
Boshqaruv organi va alohida xodimlar o’rtasida ijodiy mehnat va normal yuklamani shuningdek, ixtisoslashuvini ta’minlaydigan optimal mehnat taqsimoti ko’zda tutilishi lozim.
Boshqaruv strukturasini shakllantirishda har bir xodim va boshqaruv orgnining vakolati va ma’suliyati, hamda ular o’artasidagi gorizontal va vertikal aloqalar bog’lanishni belgilash lozim.
Funktsiya va vazifalar ma’suliyat va vakolat o’rtasidagi tenglamani ta’minlash lozim.
Boshqaruvning strukturasi boshqaruvning markazlashuvi, ma’suliyat va vakolatning taqsimlanishini, menejer va rahbarlar nazorati ko’lami va mustaqillik larajasiga ta’sir ko’rsatuvchi tashkilotdagi ijtimoiy-madaniy muhitga to’g’ri kelishi kerak. Bu esa boshqa ijtimoiy-madaniy muhitda muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan strukturadan ko’r-ko’rona olingan nusxa, muvaffaqiyat garovi emasligini anglatadi.
“Boshqaruvning tashkiliy strukturasini shakllantirish yoki qayta qurish uchun ushbu tamoyillardan foydalanish davrida strukturaga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni hisobga olish kerak”4. Strukturani parametri va konturlarini belgilaydigan asosiy omil-tashkilotning o’zidir. Ma’lumki, korxonalarni bir qancha kriteriyalarga asoslangan holda farqlanadi. Ushbu yondashuvlar tijorat va notijorat, yirik, o’rta va kichik rivojlanishning har xil bosqichida turgan, mehnat taqsimoti va kooperatsiya va avtomatizatsiya ixtisolashuvining har xil larajasiga ega korxonalarda har xil bo’ladi.
Strukturani tashkilotning hayotiy davr farazlari bilan bog’liqliga e’tibo qaratish katta ahamiyat kasb etadi, lekin afsuski boshqaruv strukturasini takomillashtirayotgan loyihachi va mutaxassislar buni ko’pgina unutib qo’yishadi. Tashkilotning paydo bo’lish bosqichida boshqaruv tadbirkorning o’zi orqali amalga oshiriladi. SHaklanish bosqichida menejer mehantining funktsional taqsimlanishi amalga oshirialdi. Tashkilotning yetuklik bosqichida boshqaruv strukturasida ko’pgina markazlashgan (detsentral) qolgan tendentsiyalari amalga oshiriladi. Inqiroz (pasayishi) bosqichida boshqaruv strukturani ishlab chiqarishdagi ehtiyoj va o’zgarishlarni hisobga olgan holda boshqaruv strukturasini takomillashtrish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Tashkilot faoliyatini tugatilish bosqichida boshqaruv strukturasi butkul buziladi yoki qayta shakllantiriladi (agar ushbu firmani boshqa kompaniya sotib olsa yoki o’ziga qo’shib olsa).
Boshqaruvning strukturasi o’zgarishiga struktura shaklining o’zgarishi ham ta’sir ko’rsatadi. SHunday qilib «CAUUS SHOES» MCHJ korxonasi biron bir uyushma assotsiatsiya, kontsern takribiga kirganda boshqaruv funktsiyalarining qayta taqsimlanishi olib boriladi.
Boshqaruv strukturasi shakllanishiga ta’sir qiladigan muhim omillardan yana biri korxonalarda axborot texnologiyalarining rivojlanish larajasidir. Personal kompьyuterlarning ko’payishi shu qatorda lokal setьlardan foydalnishning kengayishi o’rta va quyi pog’onalarda birq ancha funktsiyalar bo’yicha ish hajmining kamayishiga olib keladi. Lokal setlardan foydalnishning naijasida «CAUUS SHOES» MCHJ korxonasi boshqaruv pog’onalarini qisqarishi va rahbarlarning nazorat ko’lami ortishi mumkin.
Boshqaruv tizimining tayanch tushunchalari elementlar, aloqa (munosabatlar), pog’ona va vakolatlardir. Boshqaruvning tashkiliy strukturasida element sifatida alohida xodim (rahbarlar, mutaxassislar, xizmatchilar) yoki bo’lmasa bir qancha xodimlar band bo’lgan biron bir funktsional vazifani bajaruvchi xizmat yoki boshqaruv apparati organlari ham hisoblanishi mumkin. Elementlar yordamida amalga oshiriladi. Gorizontal aloqalar yagona ‘og’onali hisoblanib, bir-biri bilan muvofiqlashtirish harakteriga ega.
O’z navbatida uning boshqaruv strukturasi ham zamonaviy boshqaruv tamoyillariga mos holda tuzilgan. «CAUUS SHOES” MCHJ korxonasining faoliyatini tahlil qilar ekanmiz, bu ilmiy ishni korxonaning boshqaruv strukturasini tahlil qilishdan boshlashni ma’qul ko’rdik. Ushbu maqsadida strukturaning soddalashtirilgan ko’rinishini o’rganib, tahlil qilishga harakat qilindi (1–rasm):
Dostları ilə paylaş: |