4. «CAUUS SHOES» MCHJ korxonasining iqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili «CAUUS SHOES» MCHJ korxonasining 3 yillik iqtisodiy ko’rsatkichlarining iqtisodiy taxlilini etamiz. Bu «CAUUS SHOES» MCHJ korxonasi, O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi Davlat Xizmatlari Markazi tomonidan 2014 yil 2-martda ruyxatga olingan.1209-son «CAUUS SHOES» MCHJ korxonasining tarmog’i “Teri va teri mahsulotlarini qayta ishlash” bo’lib, tashkiliy xuquqiy shakli “Yuridik” xisoblanadi. Mulkchilik shakli esa “Mas’uliyati Cheklangan jamiyat”. Asosiy faoliyat turi teridan poyabzal ishlab chiqarish hisoblanadi.
Demak, «CAUUS SHOES» MCHJ MCHJ korxonasining iqtisodiy ko’rsatkichlari taxlili keltirilgan. 2018 yil, 2019 yil 2020 yillar davomida shuni ko’rishimiz mumkiniki, yildan yilga Ishlab chiqarishhajmi va sotish hajmi ortib borgan. Xizmat sifatini doimo optimallashtirish va yaxshilash ustida tinimsiz ish olib borilgani uchun «CAUUS SHOES» MCHJ korxonasi moliyaviy yili yakunlaridan foyda bilan chiqdi. SHuni e’tiborga olish joizki, xodimlar soni 2018 yilda 32 ta, 2019 yilda 39 ta, 2020 yilda 43 kishini tashkil etgan.
Bu esa 2017 yilda ishchi o’rnining ortishi va 2018 yilda ish o’rinlarni deyarli 21 kishiga oshishiga olib keldi. Buni sababi «CAUUS SHOES» MCHJ korxonasida innovatsion menejment joriy etilishi bo’lishi mumkin. CHunki, yangi asr innovatsion texnologiyalar va innovatsion menejment asri xisoblanib shu samaradorlikni oshirishning qulay imkoniyatidir.