Malakaviy amaliyot xisoboti


Amaliyot o’talgan korxona My Insurance haqida umumiy ma’lumot



Yüklə 86,02 Kb.
səhifə2/7
tarix19.12.2023
ölçüsü86,02 Kb.
#184416
1   2   3   4   5   6   7
Amaliyot Hisoboti Tituli[1]

Amaliyot o’talgan korxona My Insurance haqida umumiy ma’lumot
My Insurance haqida

Mamlakatimizda bugungi kunda 40 dan ortiq sug‘urta kompaniyalari faoliyat ko‘rsatmoqda.


Shulardan "MY-INSURANCE" AJ ST mana qariyib 13 yil vaqt mobaynida milliy sug‘urta bozorida o‘z mahsulotlarini taqdim etib, sug‘urta bozorining professional ishtirokchisi sifatida mazkur islohotlar ijrosida o‘zining faolligini ko‘rsatib, yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda.
Ushbu davr mobaynida kompaniya sug‘urtaga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash va mijozlarga qulayliklar yaratish maqsadida, jahon sug‘urta bozorining bosib o‘tgan yo‘li va O‘zbekiston sug‘urta bozorida to‘plangan tajribaga asoslanib doimiy tarzda respublika ijtimoiy-iqtisodiy hayotini barqarorlashtirishda va xalqimiz yashash farovonligini yanada oshirishda o‘zining munosib ulushini qo‘shib, sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari va ularning birlashmalari, davlat boshqaruv organlari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan birga qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.
My Insurance Aksiyadorlik Jamiyati Sug‘urta Tashkiloti
Hozirda kompaniya tomonidan aholi hamda yuridik shaxslarga har tomonlama qulay, pasaytiruvchi koeffitsiyentlarni o‘z ichiga olgan va har tomonning manfaatlariga to‘liq mos keluvchi sug‘urta xizmatlari taklif etilmoqda.
My Insurance Aksiyadorlik Jamiyati Sug‘urta Tashkiloti
Chet el tajribasi va O‘zbekiston sug‘urta bozorida shakllangan tajribalardan foydalanib hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda yangi zamonaviy sug‘urta turlari ishlab chiqilmoqda.
My Insuranc Aksiyadorlik Jamiyati Sug‘urta Tashkiloti
Aksiyalar xaridi haqida ma'lumot
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi va «My Insurance» AJ ST ustaviga ko’ra Jamiyatning joylashtirilgan aksiyalarini qaytarib sotib olinishi quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
I. aksiyadorlar umumiy yig'ilishining joylashtirilgan aksiyalarning bir qismini olish va ushbu aksiyalarning umumiy sonini kamaytirish yo'li bilan jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to'g'risidagi qaroriga ko'ra;
II. ularni keyinchalik belgilangan tartibda qayta sotish maqsadida jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga ko'ra;
III. a) jamiyatni qayta tashkil etish to'g'risida;
b) joylashtirilgan aksiyalarni yiriklashtirish haqida;
c) “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonuni 84-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq jamiyat tomonidan mol-mulkni olish yoki boshqa shaxsga berish bilan bog'liq yirik bitim tuzish to'g'risida;
d) jamiyatning ustaviga aksiyadorlarning huquqlarini cheklovchi o'zgartish va qo'shimchalar kiritish yoki yangi tahrirdagi ustavni tasdiqlash to'g'risida aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi tomonidan qarorlar qabul qilishda, agar ular qarshi ovoz bergan bo'lsa yoxud ovoz berishda uzrli sabablarga ko'ra ishtirok etmagan bo'lsa, o'zlariga tegishli aksiyalarning hammasi yoki bir qismi jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilishgan taqdirda.
Jamiyat tomonidan o'z aksiyalarining olinishi, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, mustaqil ravishda yoki qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchilari orqali amalga oshiriladi.
Bugungi kunga kelib MY INSURANCE kompaniya haqida
Kompaniya MY INSURANCE bugungi kunda ixtiyoriy sug'urtaning 17 turiga doir litsenziyaga ega va O'zbekiston sug'urta bozorida jadal rivojlanayotgan moliyaviy tashkilotlardan biri hisoblanadi. MY INSURANCE ning barqaror rivojlanishiga professionallik, tezkorlik, har bir mijozga alohida yondashuv, kompetensiya, xodimlarning tashabbuskorligi va javobgarligi ta'sir etadi. Bugungi kunda My Insurance rivojlanishining asosiy strategik yo'nalishlaridan biri MY INSURANCE , bu talablarga mos keladigan sug'urta dasturlari va xizmatlarini yaratish, shuningdek, mahalliy va xorijiy tashkilotlar bilan sheriklik va o'zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o'rnatish orqali o'z faoliyatini kengaytirishdir.






Yüklə 86,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin