Malakaviy amaliyotdan tayyorlagan dars ishlanmasi


Nazorat: og’zaki, savol-javob, muhokama Baholash



Yüklə 17,61 Kb.
səhifə2/3
tarix24.05.2023
ölçüsü17,61 Kb.
#121205
1   2   3
1 soatlik Dars ishlanmasi

Nazorat: og’zaki, savol-javob, muhokama

Baholash: rag’batlantirish

DARSNING BORISHI:


I. Tashkiliy qism:


O’quvchilar bilan salomlashish. Fanga oid internet yangiliklari bilan tanishish.
O’quvchilarning darsga tayyorgarliklarini o’rganish hamda uy vazifalarini nazorat qilish.
II. O’tilganlarni takrorlash:


Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari yuzasidan suhbat

III. Yangi mavzu bayoni:

Bugungi kunda ijtimoiy hayotning qaysi jabhasiga ko‘z tashlamaylik, hamma joyda kompyuterlashtirish jarayoni jadal sur’atlarda amalga oshayotganini ko‘rish mumkin. Endi telefon nafaqat so‘zlashish qurilmasi, u orqali matnli, audio, videoxabarlarni yuborishdan tashqari, ijtimoiy tarmoqlar orqali muloqot qilish ham mumkin. Zamon talabi o‘quvchilarimiz oldiga bu qurilma va texnologiyalardan foydalanishni bilishnigina emas, shuningdek, dasturlash yordamida ularni rivojlantirish, raqamlashtirish vazifalarini ham qo‘ymoqda.


Ma’lumki, kompyuter – foydalanuvchi uchun turli masalalarni yechishda eng yaqin yordamchi. Xususan, insonga qulaylik yaratish uchun matn, grafik muharrirlar, taqdimot yaratuvchi dasturlar, elektron jadvallar singari ko‘plab amaliy dasturlar ishlab chiqilgan. Shuningdek ta’lim, bank ishi, soliq, huquq, tibbiyot sohalari uchun maxsus yozilgan kompyuter dasturlari ham mavjud.
Kompyuter dasturi – biror masalani yechish uchun kompyuter tomonidan ijro etilishi lozim bo‘lgan buyruqlarning izchil to‘plami.
Dasturlash – kompyuter uchun dastur tuzish jarayoni.
Dasturchi – dastur tuzuvchi shaxs.
Xo‘sh, dastur o‘zi nima? Kompyuterda biror masalani hal qilish uchun, eng avvalo, uning modeli va algoritmi tuziladi, so‘ngra bu algoritm ma’lum bir qonun-qoidalar negizida kompyuter tushunadigan ko‘rsatma va buyruqlarga aylantiriladi va o‘ziga xos alifbo yordamida yoziladi. Yaratilgan matn kompyuter tilida yozilgan dastur deb ataladi.

Yüklə 17,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin