1.4. Talabalarni pedagogik amaliyotini hujjatlashtirish, hisobga olish va baholash. 1.Talabalar amaliyot davrida kundalik daftar tutadilar. Amaliyot mobaynida bajarilgan vazifalar kundalik daftarga qayd etiladi va bajarilgan ishlar to’g’risida namunalar olinadi va hisobotda ilova qilinadi;
2. Amaliyot o’tkazilgandan so’ng talabalar amaliyot davomida yuritgan kundalik daftarlarini va hisobotlarini to’liq holda amaliyot rahbariga topshiradi;
3. Amaliyot yakuni bo’yicha taqdimot tayyorlaydi. Taqdimotda bajarilgan vazifalar bo’yicha ma’lumotnoma va fotolavhalar taqdim etadilar. Rahbarlar tomonidan qo’shimcha savollar beriladi.
4. Amaliyotchi talaba amaliyot davrida ba’zi kunlari amaliyotni o’tamasa, institut o’quv darslariga ta’sir qilmagan holda o’sha kunlardagi amaliyot ish rejasini amaliyot rahbarining ko’rsatmasiga ko’ra amaliyot o’taydi. Aks holda amliyotning yakuniy bahosi qo’yilmaydi.
5.Amaliyotning barcha turlari natijalariga ko‘ra va zarur bo‘lgan hujjatlar topshirilgandan keyin, talabaga yakuniy baho qo`yiladi.
6.Pedagogik amalyotdagi talaba faoliyati 100 ballik (kredit modul) tizimi bo`yicha baholanadi va talabaning stipendiyaga tavsiya etishda hisobga olinadi.Tlabaning amaliyot bo`yicha o`zlashtirish ko`rsatkichini nazorat qilishda quyidagi namunaviy mezonlar tavsiya etiladi.
a).“5” baho (90-100 ball)- talaba malakaviy amaliyot davrida olgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lay olsa,material bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo`lib,hayotga tadbiq ega olsa,faol ishtirok etib,amalyotga oid hujjatlarni to`liq tadbiq eta olsa,amalyot ish rejasiga ko`ra va rahbarning bergan topshriqlarini vaqtida bajara olsa;
b). “4” baho (70-89 ball) -talaba malakaviy amaliyot davrida kerakli bilim va ko`nikmalarga ega bo`lib,faol ishtirok etsa, ammo kichik xatoliklarga yo`l qo`ysa,topshriqlarni 70% dan ortig`ini bajarsa;
c) “3” baho (60-69 ball) amalyotchi talaba nazariy bilim,amaliy ko`nikma va malakalarga yetarlicha ega bo`lmasa,xatoliklarga yo`l qo`ysa, topshiriqlarni 60%dan ortiq bajarsa.
d) “2” baho (0-59 ball)- talaba malakaviy amaliyot davrida amaliy bilim va ko`nikmaga ega bo`lmasa, amaliyot oid hujjatlarni taqdim eta olmasa va jiddiy xatoliklarga yo`l qo`ysa.
Amaliyotdan cheklashtirilgan yoki amaliyot mobaynida bajarilgan ishi qoniqarsiz deb topilgan talabaga fakultet kengashining ruxsati bilan o`quv darslaridan ozod qilinmagan holda malakaviy pedagogik amaliyotni qaytadan o`qitush belgilanadi.