Asosiy bosqichida amaliyotchi-talaba MPA reja-jadvali va dasturida ko`rsatib
o`tilgan ishlarni bevosita qabul qiluvchi muassasada bajaradi.
Yakuniy bosqich talabalar tomonidan MPA dasturi bo`yicha hisobot tayyorlanib
belgilangan muddatda himoyasi o`tkaziladi, amaliyotni o`tash jarayonida bajarilgan
ishlarning natijalari tahlil qilinadi va baholanadi.
Malakaviy pedagogik amaliyotni yakunlash MPA yakunida amaliyotchi-talaba yozma ravishda MPA dasturi bo`yicha
tayyorlagan hisobotni hamda uni qabul qiluvchi muassasa raxbari tomonidan
imzolangan kundaligi, hisoboti bilan birga amaliyotdagi faoliyati bo`yicha olgan
bahosi rasmiylashtirilgan qaydnomani asl nusxasini OTM dekaniga belgilangan
muddatda topshiradi.
Amalibtchi-talabaning MPAni baxolash jarayoni uni qabul qluvchi muassasa
rahbari tomonidan o`tkaziladi va fakultet dekani, tegishli kafedra mudiri, malakaviy
amaliyot va hamkorlik bo`limi vakili ishtirokida “Amaliyotchi portfoliosi” bilan
muvofiqlashtiriladi.
MPA natijasi bo`yicha baho talabaning kursdan kursga o`tishi va stipendiya
belgilashda hisobga olinadi.
MPA o`quv dasturida belgilangan tartibda baholanadi.
MPA davrida amaliyotchi-talabaning amaliyot dasturida belgilangan vazifalarni
bajarishi “Amaliyotchi portfoliosi”da joriy baho (ball) sifatida belgilab boriladi va
ushbu baholar hisobot himoyasi bo`yicha baholanishida inobatga olinadi.
MPA yakuni OTMning tegishli fakultet kengashida muhokama qilinadi va zarur
hollarda qabul qiluvchi muassasalarning vakillari ishtirok etishi mumkin.
I.Navoiy davlat pedagogika institutidan tayilangan “Malakaviy pedagogik