Ushbu uslubiy qo`llanma O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus
ta`lim vazirligining 2016 yil 6-apreldagi 137-sonli buyrug`i asosida tasdiqlangan
bakalavryat ta`lim yo`nalishi malaka talablari va Oliy va o`rta maxsus ta`lim,
Xalq ta`limi va Maktabgacha ta`lim vazirliklarining 2019 yil 5-martdagi 10 q/q,
13, 4-son qarori oliy va o`rta maxsus ta`lim, xalq ta`limi va maktabgacha ta`lim
vazirliklarining 2019 yil 5-martdagi 10 q/q, 13, 4-son qarori ”
Pedagogika
ta`lim sohasi talabalarining malakaviy pedagogik amaliyotini tashkil etish
to`g`risida” muvaqqat NIZOM asosida ishlab chiqilgan
1
.
Ushbu qo`llanma pedagogika oliygohi, maktabgacha ta`lim yo`nalishi
talabalari uchun malakaviy pedagogik amaliyot davrida nazariy bilimlarini
amaliyotga tadbiq etish maqsadida amaliy tavsiyalar va ko`rsatmalar berilgan.
Malakaviy pedagogik amaliyot davridagi barcha
bajargan ishlarini qayd
etgan holda to`ldirilgan hujjatlarining yig`ma jildi hisoblanadi.
Tuzuvchilar:
G.P.Ermatova
Navoiy davlat pedagogika instituti, Maktabgacha ta`lim kafedrasi katta
o`qituvchisi
Sh.M.O`tamurodova
Navoiy davlat pedagogika instituti, Maktabgacha ta`lim kafedrasi o`qituvchisi
Taqrizchilar:
F.O.Xodjayeva
Navoiy davlat pedagogika instituti, “Pedagogika va psixologiya”kafedrasi
dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi
O.R.Shamiyeva
Navoiy davlat konchlik instituti, “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti,
psixologiya fanlari nomzodi
1
Malakaviy pedagogik amaliyotni tashkil etish to`g`risidagi MUVAQQAT NIZOM. 2019 yil 5-mart, 2-bet
KIRISH
Barkamol shaxsni tarbiyalash hozirgi kun ta'lim tizimi oldidagi dolzarb
muammolardan biridir. Buni maktabgacha ta`lim tashkilotlaridan boshlashimiz
ayni muddodir. Barkamol shaxsni tarbiyalovchi insonlarning o`zlarida
barkamollik sifatlari mavjud bo`lishi lozim. Buning uchun esa bo`lg`usi
tarbiyachilarda kasbiy kompitentlik shakllangan bo`imog`i zarurdir.
Biz bakalavr yo`nalishi talabalarini Oliy ta`lim
muassasasida nazariy olgan
umumkasbiy va ixtisoslik fan bolklaridagi bilimlarni amalda mustahkamlash,
amaliy ko`nikma hosil qilish uchun amalga oshiriladi. Shu bilan birga pedagog,
murabbiy nazariy bilim bilan birga pedagogka xos odob,
madaniyatga ega
bo'lishi, zamon talablarini tushunishi va boshqalarga o`rnak, ibrat bo'lmog'i
lozim.
Amaliyot jarayonida fan dasturidagi mavzularni zamon talabi asosida olib
borishi, darsliklar, o'quv metodik qo'llanma va
adabiyotlardan foydalanish
yo'llarini bilishi, har bir fanning o'z zavqi borligini his etishi bugungi kun
talablaridan biridir.
Malakaviy pedagogik amaliyot o`taydigan har bir talaba yuqorida
ko`rsatilgan bilim va odob-axloq meyyorlarini o`zida jamlagan bo`lishi va ularni
amalda tadbiq eta olishi zarur hisoblanadi.