ESSE Mazkur amaliyot maktabgacha pedagogika, maktabgacha metodika, fanlarini egallash uchun amaliy yordam beradi. Amaliyot maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisini tayyorlash uchun fundamental asos bo’lib xizmat qiladi.
Malakaviy pedagogik amaliyot davomida biz maktabgacha ta’lim tashkilotining ijtimoiy muhiti, ta’lim muhiti, tashkilotlari subyektlari o’rtasidagi munosabatlar, ota-onalar va ularning o’rnini bosuvchilar bilan ishlash prinsiplari, mediasavodxonlik va boshqalar to’g’risida amaliy ko’nikmalar hosil qilib kelmoqdamiz.
Biz talaba yoshlar tashkilot rahbariyatining ish yuritish jarayonlari, boshqaruvchilik faoliyati, tarbiyachi – pedagoglarning tarbiyalanuvchilar bilan munosabatlari, meyoriy ish hujjatlari, bilan tanishmoqdamiz.
Malakaviy pedagogik amliyotning maqsadi -bo’lajak tarbiyachilarning amaliy-kasbiy ko’nikmalarini shakllantirish va pedagogik faoliyatga tayyorlash hisoblanadi.
Malakaviy pedagogik amaliyotning vazifalari – biz talabalarni ta’lim muhitiga moslashtirish, ko’nikmalarimizni shakllantirish, nazariy olingan bilimlarimizni mustahkamlash va rivojlantirish, o’quv jarayonini yo’lga qo’yish bo’yicha o’quv me’yoriy hujjatlar bilan tanishishimiz, talim tashkilotlaridagi ta’lim-tarbiya jarayonining xususiyatlari to’g’risida tasavvurni mustahkamlash, biz talaba yoshlarda kommunikativ qobiliyatlarimizni rivojlantirishga yordam beradi.
Malakaviy pedagogik amaliyot yakunidagi natijadorlik:
Maktabgacha ta’lim tashkiloti to’g’risidagi tasavvurga;
Tashkilot rahbariyatining jamoa bilan ishlash to’g’risida tushunchaga;
Pedagogik jamoa o’rtasidagi munosabatlar to’g’risida;
Tarbiyalanuvchilarning o’zaro va tarbiyachilar bilan munosabati, maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlari to’g’risida;
Ota-onalar murojaatlari va ular bilan MTT jamoasining munosabati;
Guruhda bolalar bilan ishlash mexanizmlari to’g’risida;
Tarbiyachining me’yoriy hujjatlarini yuritilishi;
Guruh xonalariga qo’yilgan gigienik talablar to’g’risida;
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazilishi va ularning me’yoriy hujjatlarini rasmiylashtirilishi va boshqalar to’g’risida ko’nikmalarga ega bo’lamiz.
Biz Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Maktabgacha ta’lim fakulteti 2 kurs 202-guruh talabalari Malakaviy pedagogik amaliyotni o’tashimiz uchun Chilonzor tumanidagi “Semurg’” nomli 350-DMTT ga tashrif buyurdik.
Bizni bu yerda DMTT rahbari Saidova D.A kutib oldilar va DMTT haqida ma’lumot berib o’tdilar. Bu tashkilotda 12 ta guruh mavjudligi va har bir guruh tarbiyachilari hamda tarbiyalanuvchilari har tomonlama zehnli, zukko, mas’uliyatli, o’z ishini sevadigan va shijoat bilan yondashishlari to’g’risida so’zlab berdilar.
Suhbatimiz davomida tashkilotning ichki tartib qoidasi qanaqaligi va meyoriy hujjatlar haqida to’liq ma’lumot berib o’tdilar. Tashkilot haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lishimiz bilan bir qatorda biz uni ko’zdan kechirib, tanishib chiqdik. Tashkilotdagi oshxona, kir yuvish xonasi hamda bolalar maydonchalariga borib, bo’layotgan faoliyat jarayonini ko’zdan kechirdik.
Undan so’ng guruhimiz talabalarini turli xil guruhlarga taqsimlashdi. Biz 4 ta qiz “Boychechak” nomli kichik guruhiga kirdik .
Tarbiyachimiz: Norqo’ziyeva YorqinoyTalatovna.
Yordamchi tarbiyachi : Qodirova Shoxsanam Mirabrarovnalar bizga guruh tarbiyalanuvchilari to’grisida ma’lumot berib o’tishdi. Keyinchalik biz guruh xonalarini o’rganib chiqdik. Avvalo kun tartibiga rioya qilish kerakligi bilib oldik. Markazlardagi faoliyat, sayr jarayoni, ovqatlanish jarayoni, yakka ishlash, kunning ikkinchi yarmini to’g’ri tashkil qilish haqida qisqacha ma’lumotlar berib o’tishdi va biz bundan judayam xursand bo’ldik.
Malakaviy pedagogik amaliyotimizni o’tash jarayonida tarbiyachimizdan bizga kerakli va zarur bo’lgan bilimlarni o’zlashtirib olmoqdamiz. Bundan tashqari tarbiyachining ish hujjatlari, guruhning kun tartibi, mashg’ulot jadvali va uning hafta davomidagi joylashuv o’rni, hamkasb pedagoglar ya’ni ikkinchi til o’qituvchisi, psixolog, jismoniy tarbiya yo’riqchisi, difektolog, hamshira, uslubchi va boshqalar bilan boladigan faoliyat jarayoni va ular o’rtasidagi munosabatlarni asta-sekinlik bilan o’rganib kelmoqdamiz.
DMTT ning umumiy ish xujjatlari ya’ni bunda: tashkilot rahbarining vazifalari va yuritadigan ish hujjatlar, uslubchining vazifa hamda ish hujjatlari, tarbiyachilarning alohida ish hujjatlari ya’ni 05-01 dan, 05-05 gacha bo’lgan hujjatlar muhim va doimiy o’z o’rnida yuritilishi kerak bo’lgan meyoriy hujjatlar qatoriga kiradi. Bundan tashqari tashkilotning boshqa xodim va xodimalarining alohida hujjatlari ham doimiy yuritilishi va nizomda ko’rsatilgani bo’yicha nazorat olib borilishiga guvoh bo’ldik. Tashkilotning yo’l xaritasi ham mavjud bo’lib, bu haqida ham ma’lumotga egamiz.
Tarbiyachilarimizning yillik taqvim-rejasini o’rganib chiqish jarayonida biz uning yana tarmoqlarga bo’linishini guvohi bo’ldik. Bu yana o’z navbatida oylik va haftalik rejalariga ham bo’linishi va shunga ko’ra faoliyat jarayonlarini o’tkazishda qiyinchiliklar tug’ilmasligining guvohi bo’ldik. Yillik taqvim-rejani tashkil qlishda Takomillashgan Ilk Qadam davlat o’quv dasturida keltirib o’tilgan oylik mavzular asosida tuzilgan va tashkilot rahbari tomonidan ko’rib chiqilib, tasdiqlangan.
Yillik mavzuli rejada oy mavzulari, har bir yosh yoki yosh guruhi uchun hafta mavzulari aks ettirilgan. MTT mintaqaning xususiyatlari va boshqa jihatlarini hisobga olgan holda o’z yillik mavzuli rejasini ishlab chiqishda O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari da ta’lim jarayonini mavzuli rejalashtirish” tavsiyalariga tayanish tavsiya etiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotining yillik mavzuli rejasi Maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogic kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Haftalik reja- yillik mavzuli reja asosida tuziladi va hafta mavzulari hamda hafta davomida ushbu mavzu bo’yicha o’tkaziladigan tadbirlarni o’z ichiga oladi. Haftalik reja barcha rivojlanish sohalari maqsadlarini belgilashga qaratilgan bo’lib, tegishli rivojlanish markazlarini tayyorlash, haftalik mavzuga muvofiq bolalar faoliyati turlarini rejalashtirish imkonini beradi. Hafta mavzusi guruhdagi barcha rivojlanish markazlarida o’tkazilishi kerak. Haftalik rejaga ko’ra guruhda ham, sayrda ham har xil turdagi o’yinlar rejalashtiriladi. Bolalarning o’yin faoliyati ularning xohishiga ko’ra amalga oshiriladi.
Bolalar bilan ishlashning mazmuni va ketma-ketligi faoliayt turi va uni o’tkazish joyini hisobga olgan holda rejalashtirilishi kerak. Haftalik ish reja xilma-xil va moslashuvchan, ya’ni, ob-havoning o’zgarishi va bolaning qiziqishini hisobga olgan holda, rejalashtirilgan faoliyat boshqasiga almashtirilishi yoki bolaning mashg’ulot vaqti moslashtirilishi mumkin.
Misol uchun, agar pedagog bahorgi gulzorga tashrif buyurishni rejalashtirsa, lekin ob-havo juda yomg’irli bo’lsa, unda bu mashg’ulotni xonada o’tkazilish mumkin bo’lgan boshqasiga almashtirishi mumkin.
Haftalik reja- bu pedagogning ish jurnali bo’lib, unda ta’lim va tarbiya jarayoning kunlik rejasi aks etadi. Faoliyat ishlanmalari kunlik ish rejaga ilova qilinishi mumkin. Ishlanmalar pedagogning xohishiga binoan, ijodkorlik va xilma-xillikdan foydalangan holda ishlab chiqiladi.
Misol uchun: Sentabr oyining mavzusi “O’zbekiston mening Vatanim” bo’ladigan bo’lsa, shu oyning birinchi haftasi “Men va bolalar bog’chasi” mavzusida bo’ladi va shu mavzu asosida turli yosh guruhlarida turlicha faoliyat jarayoni olib boriladi. Hamda markazlarning tayyorligi ham shu mavzuga doir holda bolishi shart.
Mashg’ulotlar jadvali har bir guruhda har xil bo’ladi. Chunki turli guruh tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlari ham bir biridan farq qilganligi sababli shu tartibda qilingan bo’ladi. Bizning guruhimiz tayyorlov bo’lganligi sababli uning mashg’ulot jadvali va joylshuv o’rni ham tarbiyalanuvchilar yoshiga mutanosib holda tuzilgan. Quyida shu jadvalni keltirib o’taman:
Hafta kunlari Ta’lim va o’yin faoliyati 1.Rivojlantirish markazlarida ishlash DUSHANBA 2.Nutq o’shtirish
3.Musiqa
1.Matematika
SESHANBA 2. Rivojlanish markazlarida ishlash
3. Ikkinchi tilni o’rganish
4. Jismoniy tarbiya
1. Nutq o’stirish
CHORSHANBA 2. Savodga o’rgatish
3. Rivojlanish markazlarida ishlash
1. Matematika
PAYSHANBA 2. Rivojlanish markazlarida ishlash
3. Ikkinchi tilni o’rganish
4. Jismoniy tarbiya
1. Savodga o’rgatish
JUMA 2. Rivojlantirish markazlarida ishlash
3. Musiqa.