Ma`lumki, «Ta`lim to`g`risidagi Qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» (1997 yil 29-avgustda qabul qilingan) qabul qilingach, ta`lim tizimi tubdan isloh qilina boshlandi



Yüklə 4,96 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü4,96 Kb.
#194695
Blank Template (2)


Ma`lumki, «Ta`lim to`g`risidagi Qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» (1997 yil 29-avgustda qabul qilingan) qabul qilingach, ta`lim tizimi tubdan isloh qilina boshlandi. Bu muhim hujjatlarga ko`ra respublikamizda kasb-hunar kollejlarini jadal sur`atlar bilan rivojlantirish chora tadbirlari belgilangan. Bu birinchidan mutaxassislar tayyorlash sifatiga bog`liq bo`lsa, ikkinchi tomondan o`quv yurtining zamonaviy texnologiyalar bilan ta`minlanganligiga bog`liq. Kasb-hunar kolleji muhandis-pedagog hodimlari oldiga tayyorlanayotgan ishchi kadrlarga ilmiy dunyoqarashni, mehnatga ijodiy munosabatini tarkib toptirish ularda yuksak mehnat intizomini va madaniyatini, jamoa oldida burch his-tuyg`ularini tarbiyalash kabi vazifalarni qo`yadi.
Milliy dasturning asosiy maqsadi: ta`lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak manaviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir.
Jamiyatda sodir bo`layotgan bugungi yangiliklar hamda iqtisodiy o`zgarishlar ta`lim tizimiga xususan o`rta maxsus kasb-hunar ta`limiga boshqacha yondashishni talab qiladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy amalga oshirish vazifalaridan biri ta`lim oluvchilarning tayyorgarlik sifati va ixtisosiga zaruriy talablarni, ularning madaniy va ma`naviy-ruxiy darajalarini aniqlab beruvchi davlat ta`lim standartlarini yaratish va tatbiq etishdir.Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Қонунининг qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo‘lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir.Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.
Yüklə 4,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin