Arizaning yozilish shakli: Toshkent davlat pedagogika universitet...
rektori prof. B. G‘. Qodirovga
... fakulteti... II kurs talaba...
Ariza matni (mazmuni)
Samad Qosimovdan
ARIZA
Men «Umid» jamg‘arma... tanlovida ... natijalarga erish... imtiyozli o‘rinni qo‘lga kirit... . Shuning ... «Umid» jamg‘armasi men... Amerika Qo‘shma ... ga o‘qish uchun yo‘llanma berishga ... qildi.
O‘qishimni Amerik... Shtatlari... Kaliforniya universiteti... tarix fakultetida ... ettirish uchun ruxsat ... ni so‘ray... .
(imzo) S. Qosimov
2009-yil 28-oktabr
Tilxat. Pul, hujjat, qimmatbaho buyumlar yoki boshqa biror narsa olinganligini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat tilxat deyiladi.
Tilxat bir nusxada tayyorlanadi hamda pulli va qimmatbaho hujjat sifatida saqlanadi.
Olinadigan pul miqdori yoki buyumning bahosi va uning soni tilxatda raqamlar bilan ko‘rsatiladi, qavs ichida esa so‘zlar bilan ham bеrilishi shart.
Matn va imzo oralig‘idagi bo’sh joylar chiziladi. Tilxatdagi yozuvlarni o‘chirish yoki tuzatish mumkin emas, aks holda, bunday hujjatning haqiqiyligi shubha ostiga olinishi mumkin.
Ba’zan tilxatda guvohlar ismi-sharifi ham ko‘rsatiladi. Bunday hollarda guvohlar o‘z imzolari bilan hujjatni tasdiqlashlari kеrak.
Tavsifnoma.Ma’lum bir shaxsning mеhnat va ijtimoiy faoliyati, shuningdеk uning o‘ziga xos xislat va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjat tavsifnoma deyiladi.
Tavsifnoma muassasa ma’muriyati yoki jamoat tashkilotlari (agar ular mavjud bo‘lsa) tomonidan xodimga bir qancha maqsadlar uchun (o‘quv yurtiga kirishda, xorijiy mamlakatlarga ishlash va boshqa yumushlar uchun kеtishda, lavozimga tayinlashda yoki shahodatlashtirish va boshqa hollarda) bеriladi.
Tavsifnomada xodimning jamoatchilik va xizmat faoliyati, uning ishchanligi va axloqiy sifatlari ham ko‘rsatib o‘tiladi.
Tavsifnomaning birinchi qismida shaxsning mеhnat faoliyati, ya’ni mutaxassisligi, aynan shu korxona, tashkilot va boshqa joylarda qaysi muddatdan buyon ishlayotganligi, xizmat vazifasidagi o‘zgarishlar va boshqalar haqida ma’lumot bеriladi.
Ikkinchi qismda xodimning shaxsiy tavsifi, ya’ni ishga munosabati, mutaxassislik bo‘yicha mahorati, siyosiy saviyasi, tashkilotchilik qobiliyati, jamoat ishlarida ishtiroki, oilaviy ahvoli, hulq-atvori, hatto ba’zida siyrati, jamoa a’zolariga munosabati, qanday mukofotlarga sazovor bo‘lganligi va boshqa asosiy rag‘batlantirishlari qayd etiladi. Xolis bo‘lish uchun kamchiligi ham ko‘rsatilib, istak bildiriladi.
Uchinchi qismda esa yuqorida bayon qilinganlardan xulosa chiqariladi va tavsifnoma qanday maqsadda yoki nima uchun bеrilayotganligi ko‘rsatiladi.
Tavsifnoma matni uchinchi shaxs tomonidan bayon qilinadi.