Ma’lumotlar bazasi tushunchasi maydon, yozuv, fayl (jadval) kabi elementlar bilan chambarchas bog‘liq .
Maydon-bu ma’lumotlarni mantiqiy tashkil etishni elementar birligi bo‘lib, u axborotni eng kichik va bo‘linmas birligi bo‘lgan rekvizitga mos keladi. Maydonni tasvirlash uchun quyidagi tavsiflardan foydalaniladi:
Maydon nomi, masalan, familiyasi, ismi, tug‘ilgan sana, lavozimi, ish staji, mutaxassisligi.
Fayl tizimlari: Barcha dasturlar berilganlar kompyuterda fayl ko’rinishida saqlanadi. Fayl- bu axborotlarni saqlashga mo’ljallangan diskning nomlangan sohasi. Fayl — bu tashqi tashuvchida saqlanadigan va bir umumiy nomga birlashtirilgan axborotdir.
Fayl nomi. Fayl nomi nuqta bilan ajratilgan ikkita qismdan iborat bo’ladi: fayl nomi (255 belgigacha) va kengaytmasi. Fayla tipi Kengaytmasi Bajariladigan fayllar exe, com, bat Matnli fayllar txt, rtf, doc Grafik fayllar bmp, gif, jpg, png, pds Web-sahifalar htm, html Tovush fayllari wav, mp3, midi, kar, ogg Videofayllar avi, mpeg Dasturlash tilidagi dastur kodi (matn) bas, pas, cpp Arxivli fayllar arj, zip, rar Fayl tizimi Fayllarni boshqarish uchun fayllarni boshqarish tizimi tuziladi. Faylli tizim, bu uning dasturiy ta’minotiga mos keluvchi maxsus instruksiyalar majmui bo’lib, u fayllarni tuzish, yo’qotish, tashkil etish, o’kish, yozish, faylli axborotlarni modifikasiya qilish va siljitish, shuningdek fayllarga kirishni boshqarish va resurslarni boshqarishga javob beradi. Faylli tizim- bu operatsion tizimning qismi bo’lib, uning vazifasi foydalanuvchiga diskda saqlanayotgan berilganlar bilan ishlash uchun qulay interfeysni yaratish, va faylllardan bir nechta foydalanuvchilar va jarayonlarda birgalikda foydalanishini ta’minlashdan iborat. FAT (File Allocation Table – fayllarni joylashtirish jadvali) fayl tizimi. Bu fayl tizimining turli OT larda ishlaydigan, turli vеrsiyalari mavjuddir: FAT, FAT 12, FAT 16, super FAT va x.k.lar. FAT fayl tizimni (ko’pincha FAT 16 faraz qilinadi), katta qo’shimcha sarf xarajatlar bo’lgani uchun, 511 Mbaytdan o’lchamlari katta bo’lgan tomlar (disklar) uchun ishlatish tavsiya etilmaydi. FAT o’zida Oddiy fayl tizimni ifodalab katta bo’lmagan disklar va oddiy kataloglar tuzilishi uchun ishlab chiqilgan. FAT32 fayllar tizimi. Kirish chiqish operasiyalarni barchasini tezligi va unumdorligini oshirib, u qattiq disklarga optimal kirishini ta’minlaydi. Hajmi 2 Gbayt dan oshiq bo’lgan tomlarni ishlatish uchun mo’ljallangan fayl tizimning takomillashgan versiyasini FAT32 namoyon qiladi. FAT32 fayl tizimning mikoniyatlari FAT 16 fayl tizimning imkoniyatlaridan ancha oshiq. FAT fayl tizimni avvalgi ish bajarishlariga qaraganda FAT32 fayl tizimi quyidagi ustunliklarni ta’minlaydi: • O’lchami 2 terabaytgacha bo’lgan disklarni quvvatlashini ta’minlaydi; • Disk maydoni unumliroq ishlatiladi. FAT32 maydaroq klasterlarni (o’lchamlari 8 Gbayt bo’lgan disklar uchun 4 Kbayt o’lchamli klasterlar ishlatiladi) ishlatish hisobiga FAT ga nisbatan diskli maydonni 10-15% ga ishlatish unumdorligini oshirishga imkon yaratadi, shuningdek, kompyuterni ishlatish uchun kerak bo’lgan resurslarga talabni pasaytiradi • Yuqori ishonchlik darajasini ta’minlaydi. FAT32 ildizli katalogni bir joydan ikkinchi joyga siljitish va o’z- o’zidan standart nusxasi o’rniga FAT ni zahiradagi nusxasini ishlatishga imkon yaratadi. • Dasturlarni ancha tez yuklanishi. FAT32 klasterlarining o’lchamlari kichik bo’lgani uchun, ilovalar va ularni yuklash uchun fayllar diskda optimal ravishda joylanishi mumkin.
Yuqoridagi rasmda bizning asosiy ma’lumotlarimiz saqlanadigan qattiq disklar ko’rsatilgan.
Bu esa bizning shaxsiy ma’lumotlarimiz saqlanadigan papkalar, bularning ichida yuqorida sanab o’tilgan barcha ma’lumot turlari mavjud. Biz hozir ularni birma-bir ko’rib chiqamiz.
Yuqoridagi rasmda .doc va .accdb tipiga mansub ma’lumotlar ko’rsatilgan. Bu ma’lumotlar Word(Microsoft office) va Power Point(Microsoft office) dasturlarida yaratilgan.
Yuqoridagi rasmda ma’lumotlarning tipi “JPG”deb ko’rsatilgan. Yuqoridagi fikrlardan ma’lumki, bu tip rasmlarga tegishli, shu sabab bu ma’lumotlarni rasmlar deyishimiz mumkin.
Yuqoridagi rasmda ma’lumotlar tipi MP4 deb ko’rsatilgan. O’z-o’zidan ma’lumki, bu ma’lumot vedio. Vediolar faqatgina MP4 tipida bo’lmaydi, ular 3JP hamda HD formatda ham bo’lishi mumkin. Bu vedioning sifatiga bog’liq.
Yuqoridagi rasmdagi ma’lumotlar MP3 tipiga mansub bu uning Ovozli xabar yoki qo’shiq ekanini anglatadi.
HPFS fayl tizimi. HPFS fayl tizimi (High Productivity File System – yuqori unumdorlikka ega bo’lgan fayl tizimidir) birinchi marta OS/2 va Law Manager OT larida paydo bo’ldi. Bu fayl tizimi, IBM va MS kompaniya mutaxassislari tomonidan VS,VMG`EMS fayl tizimlari va virtual murojaat usuli tajribasi asosida ishlab chiqildi. HPFS ko’pmasalalik rеjimi fayl tizimi sifatida yaratila boshladi va katta o’lchamli disklardagi fayllar bilan ishlashda yuqori unumdorlikni ta'minlash uchun mo’ljallangan edi. HPFS fayl tizimi, FAT bilan taqqoslaganda quyidagi ustunliklarga egadir: - yuqori unumdorlik; - ishonchlilik; - fayl va kataloglarga murojaatni moslanuvchi holda boshqarish imkonini bеradigan kеngaytirilgan atributlarni qo’llash; - disk makonidan samarali foydalanish. Bu ustunliklar HPFS strukturasidan kеlib chiqadi. NTFS fayl tizimi NTFS (New Technology File System –yangi tеxnologiya fayl tizimi) fayl tizimi nomida yangi so’zi mavjuddir. haqiqatda, NTFS fayl tizimi, taniqli FAT 16 (va hatto FAT 32)ga nisbatan sеzilarli mukammalliklar va o’zgarishlarni o’z ichiga olgan. NTFS ni loyihalashda alohida diqqatni ishonchlilikka, katalog va fayllarga murojaatni chеgaralash mеxanizmiga, kеngaytirilgan funktsionallikka , katta xajmdagi disklarni qo’llashga va x.k.larga qaratildi. Bu tizim OS/2 V.3 doirasida ishlab chiqila boshladi, shuning uchun ham u HPFS fayl tizimi ko’pgina qiziqarli xususiyatlarini olgan. Operating Systems NTFS fayl tizimi asosiy imkoniyatlari. Ishonchlilik. Yuqori unumdorlikka ega bo’lgan va birgalikda foydalanish tizimlari, yuqori ishonchlilikka ega bo’lishi kеrak. Bu esa NTFS tizimining eng muhim elеmеntidan iboratdir. NTFS tizimi, o’z-o’zini tiklashning ma'lum vositalariga ega. Fayl va kataloglarga murojaat chеgaralari. NTFS fayl tizimi Windows NT OTi xavfsizlik ob'еkt modеlini qo’llaydi va hamma tom, katalog va fayllarga mustaqil ob'еkt sifatida haraydi. NTFS tizimi xavfsizlikni fayl va kataloglar darajasida ta'minlaydi. Kеngaytirilgan funktsionallik. NTFS tizimi mumkin bo’lgan kеngaytirish hisobga olinib loyihalashtirilgan. Unda ko’pgina qo’shimcha imkoniyatlar aks ettirilganyuqori darajada buzilishlarga hat'iylik, boshqa fayl tizimlari emulyatsiyasi, kuchli xavfsizlik modеli, ma'lumotlar ohimiga parallеl ishlov bеrish va fayl atributlarini yaratish (foydalanuvchi bеlgilaydigan). Operating Systems Faqat NTFS fayl tizim tomonidan bugungi kunda ta’minlanadigan ba’zi bir imkoniyalar: • FAT ga qaraganda, NTFS keng diapazon yechimlarni ta’minlaydi, bu esa muayyan fayllar va kataloglar uchun yechimlarni alohida o’rnatishga imkon beradi. Bu qaysi foydalanuvchi va guruhlar faylga yoki papkaga kirishiga ega va kirish turini ko’rsatishga imkon yaratadi. • Ma’lumotlarni tiklash uchun o’rnatilgan vositalar; shuning uchun, NTFS tomida foydalanuvchi diskni tiklash dasturini qachon yurgizish kerakligi juda kamdan kam uchraydigan holat.
Xulosa: Yuqoridagi fikrlardan shuni xulosa qilish mumkinki, Hayotimiz davomida MB(Ma’lumotlar ba’zasidan) judayam ko’p foydalanamiz. Ma’lumotlar ba’zasidan foydalanishni bilmasdan ish faoliyatini olib borish judayam qiyin. Shu sababli biz MB dan foydalanishni yaxshi o’rganishimiz kerak. Ma’lumotlar ba’zasidagi ma’lumotlar yozuv, rasm, ovozli xabar yoki vedio shaklida bo’lishi mumkin. Ularni tartibli joylashtirishimiz bizga kompyuterdan foydalanishda va ma’lumotlarni oson qidirib topishda yordam beradi. Shu sababli har bir tipdagi nma’lumotlarni o’z turdoshlari bilan birga saqlab qo’yishimiz maqsadga muvofiq. Masalan: rasmlarni alohida, ovozli xabarlarni va vediolarni ham alohida-alohida saqlashimiz bizga kompyuterdan foydalanishda bir qator qulayliklar yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar: Ziyonet.uz sayti.
T.A.Xo’jaqulovning “Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi” kitobi “Aloqachi”nashriyoti, 2018y.
Mualliflar: Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti(TATU) Qarshi filiali talabalari: Abdiyev Shohrux Mansur o’g’li