O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI
“ KI ” FAKULTETI
3 – BOSQICH ATS-11-19 GURUH TALABASINING
Operatsion tizimlar
FANIDAN TAYYORLAGAN
3-mustaqil ishi
Bajardi:
Raximov S.
Qabul qildi:
Ibragimov N.
QARSHI – 2022
Mavzu: HPFS (yuqori unimdorlikka ega bo‘lgan fayl tizimi)
Reja:
Fayl tushunchasi va fayl tiplari
Fayl tizimi. Fayl tizimlari turlari
Kataloglar va ularni boshqarish
Barcha dasturlar va berilganlar kompyuterda fayl ko’rinishida saqlanadi
Fayl
- bu axborotlarni saqlashga mo’ljallangan diskning nomlangan sohasi
Fayl
— bu tashqi tashuvchida saqlanadigan va bir umum nomga birlashtirilgan axborotdir.
Fayl nomi
. Fayl nomi nuqta bilan ajratilgan ikkita qismdan iborat bo’ladi:
fayl nomi (255 belgigacha) va kengaytmasi.
Fayla tipi
Kengaytmasi
Bajariladigan fayllar
exe, com, bat
Matnli fayllar
txt, rtf, doc
Grafik fayllar
bmp, gif, jpg, png, pds
Web-sahifalar
htm, html
Tovush fayllari
wav, mp3, midi, kar, ogg
Videofayllar
avi, mpeg
Dasturlash tilidagi dastur kodi
(matn)
bas, pas, cpp
Arxivli fayllar
arj, zip, rar
Fayl tizimi
Fayllarni boshqarish uchun fayllarni boshqarish tizimi tuziladi. Faylli tizim, bu uning
dasturiy ta’minotiga mos
keluvchi maxsus instruksiyalar majmui bo’lib, u fayllarni tuzish, yo’qotish, tashkil etish,
o’kish, yozish, faylli
axborotlarni modifikasiya qilish va siljitish, shuningdek fayllarga kirishni boshqarish va
resurslarni boshqarishga javob beradi.
Faylli tizim- bu operatsion tizimning qismi bo’lib, uning vazifasi foydalanuvchiga diskda
saqlanayotgan
berilganlar bilan ishlash uchun qulay interfeysni yaratish,
va faylllardan bir nechta foydalanuvchilar va jarayonlarda birgalikda foydalanishini
ta’minlashdan iborat.
FAT (File Allocation Table – fayllarni joylashtirish jadvali) fayl
tizimi.
Bu fayl tizimining turli OT larda ishlaydigan, turli vеrsiyalari mavjuddir: FAT, FAT 12,
FAT 16, super FAT va
x.k.lar.
FAT fayl tizimni (ko’pincha FAT 16 faraz qilinadi), katta qo’shimcha sarf xarajatlar
bo’lgani uchun, 511 Mbaytdan o’lchamlari katta bo’lgan tomlar (disklar) uchun ishlatish
tavsiya etilmaydi. FAT o’zida Oddiy fayl tizimni ifodalab katta bo’lmagan disklar va
oddiy kataloglar tuzilishi uchun ishlab chiqilgan.
FAT32 fayllar tizimi.
Kirish chiqish operasiyalarni barchasini tezligi va unumdorligini oshirib, u qattiq
disklarga optimal kirishini ta’minlaydi. Hajmi 2 Gbayt dan oshiq bo’lgan tomlarni
ishlatish uchun mo’ljallangan fayl tizimning takomillashgan versiyasini FAT32 namoyon
qiladi.
FAT32 fayl tizimning mikoniyatlari FAT 16 fayl tizimning imkoniyatlaridan ancha oshiq.
FAT fayl tizimni avvalgi ish bajarishlariga qaraganda FAT32 fayl tizimi quyidagi
ustunliklarni ta’minlaydi:
O’lchami 2 terabaytgacha bo’lgan disklarni quvvatlashini ta’minlaydi;
Disk maydoni unumliroq ishlatiladi. FAT32 maydaroq klasterlarni
(o’lchamlari 8 Gbayt bo’lgan disklar uchun 4 Kbayt o’lchamli klasterlar ishlatiladi)
ishlatish hisobiga FAT ga nisbatan diskli maydonni 10-15% ga ishlatish unumdorligini
oshirishga imkon yaratadi, shuningdek, kompyuterni ishlatish uchun kerak bo’lgan
resurslarga talabni pasaytiradi
Yuqori ishonchlik darajasini ta’minlaydi. FAT32 ildizli katalogni bir joydan ikkinchi
joyga siljitish va o’z- o’zidan standart nusxasi o’rniga FAT ni zahiradagi nusxasini
ishlatishga imkon yaratadi. • Dasturlarni ancha tez yuklanishi. FAT32 klasterlarining
o’lchamlari kichik bo’lgani uchun, ilovalar va ularni yuklash uchun fayllar diskda optimal
ravishda joylanishi mumkin.
HPFS fayl tizimi.
HPFS fayl tizimi (High Productivity File System – yuqori unumdorlikka ega bo’lgan fayl
tizimidir) birinchi marta OS/2 va Law Manager OT larida paydo bo’ldi. Bu fayl tizimi,
IBM va MS kompaniya mutaxassislari tomonidan
VS,VMG`EMS fayl tizimlari va virtual murojaat usuli tajribasi asosida ishlab chiqildi.
HPFS ko’pmasalalik rеjimi fayl tizimi sifatida yaratila boshladi va katta o’lchamli
disklardagi fayllar bilan ishlashda yuqori unumdorlikni ta'minlash uchun mo’ljallangan
edi.
HPFS fayl tizimi, FAT bilan taqqoslaganda quyidagi ustunliklarga egadir:
yuqori unumdorlik;
ishonchlilik;
fayl va kataloglarga murojaatni moslanuvchi holda boshqarish imkonini bеradigan
kеngaytirilgan atributlarni qo’llash;
disk makonidan samarali foydalanish.
Bu ustunliklar HPFS strukturasidan kеlib chiqadi.
NTFS fayl tizimi
NTFS (New Technology File System –yangi tеxnologiya fayl tizimi) fayl tizimi nomida
yangi so’zi mavjuddir. haqiqatda, NTFS fayl tizimi, taniqli FAT 16 (va hatto FAT
32)ga nisbatan sеzilarli mukammalliklar va o’zgarishlarni o’z ichiga
olgan.
NTFS ni loyihalashda alohida diqqatni ishonchlilikka, katalog va fayllarga murojaatni
chеgaralash mеxanizmiga,
kеngaytirilgan funktsionallikka , katta xajmdagi disklarni qo’llashga va x.k.larga
qaratildi. Bu tizim OS/2 V.3
doirasida ishlab chiqila boshladi, shuning uchun ham u
HPFS fayl tizimi ko’pgina qiziqarli xususiyatlarini olgan.
Operating Systems
NTFS
fayl tizimi
asosiy
imkoniyatlari. Ishonchlilik.
Yuqori unumdorlikka ega bo’lgan va birgalikda foydalanish tizimlari, yuqori
ishonchlilikka ega bo’lishi kеrak. Bu esa NTFS tizimining eng muhim elеmеntidan
iboratdir. NTFS tizimi, o’z-o’zini tiklashning ma'lum vositalariga ega. Fayl va
kataloglarga murojaat chеgaralari. NTFS fayl tizimi
Windows NT OTi xavfsizlik ob'еkt modеlini qo’llaydi va hamma tom, katalog va
fayllarga mustaqil ob'еkt sifatida haraydi. NTFS tizimi xavfsizlikni fayl va kataloglar
darajasida ta'minlaydi. Kеngaytirilgan funktsionallik. NTFS tizimi mumkin bo’lgan
kеngaytirish hisobga olinib loyihalashtirilgan. Unda ko’pgina qo’shimcha imkoniyatlar
aks ettirilganyuqori darajada buzilishlarga hat'iylik, boshqa fayl tizimlari emulyatsiyasi,
kuchli xavfsizlik modеli, ma'lumotlar ohimiga parallеl ishlov bеrish va fayl atributlarini
yaratish (foydalanuvchi bеlgilaydigan).
Operating Systems
Faqat NTFS fayl tizim tomonidan bugungi kunda ta’minlanadigan
ba’zi
bir
imkoniyalar:
FAT ga qaraganda, NTFS keng diapazon yechimlarni ta’minlaydi, bu esa muayyan
fayllar va kataloglar uchun yechimlarni alohida o’rnatishga imkon beradi. Bu qaysi
foydalanuvchi va guruhlar faylga yoki papkaga kirishiga ega va kirish turini ko’rsatishga
imkon yaratadi.
Ma’lumotlarni tiklash uchun o’rnatilgan vositalar; shuning uchun, NTFS tomida
foydalanuvchi diskni tiklash dasturini qachon yurgizish kerakligi juda kamdan kam
uchraydigan holat.
Kataloglar
Fayl nomlari magnit disketalarda katalog (yoki direktoriy, papka)larda qayd qilinadi.
Katalog -bu fayl nomlari,
ularning
xajmi,
yozilishi
vaqti haqidagi
ma‘lumotlarni
saqlovchi disketadagi maxsus
joy.
Agar katalogda faylning nomi bo’lsa, u holda fayl shu katalogda joylashgan bo’ladi.
Har bir magnitli disketada kataloglar soni bir nechta bo’lishi mumkin. Har bir katalog
o’zining nomiga ega. Kataloglarga fayllar kabi nom beriladi. Odatda, katalog nomida
kengaytma bo’lmaydi. Bir katalog boshqa bir katalogda qayd qilinishi mumkin.
Kataloglarni ikki guruhga bo’lishimiz mumkin:
Tizim kataloglari
Oddiy kataloglari
Tizim kataloglari (System Folder)-Windows OS tomonidan tashkil etilgan papkalardir.
Tizim kataloglariga quyidagilar kiradi:
“Mening kompyuterim” - bu sistema katalogi (qisqacha, katalog) orqali
ushbu kompyuterdagi disklar, faylar va papkalar bilan ishlash va ularni boshqarish,
ularning hajmi va xossalarini bilib olish, printerlarni o’rnatish va sozlash, dasturlarni
o’rnatish va boshqa ishlarni bajarish mumkin;
“Mening hujjatlarim” - bu papkada MS Office paketi, Paint, Bloknot kabi
dasturlarda tayyorlangan (foydalanuvchi) fayllari joylashgan bo’ladi;
“Internet Explorer” – web-brauzer piktogrammasi bo’lib, u Internet
tarmog’idan foydalanish, kompyuterdagi web-sahifalar bilan ishlash imkonini beradi;
“Тarmoq muhiti” (Сетевое окружение) - bu katalog yordamida lokal
kompyuter tarmog’iga ulangan kompyuterlar ro’yxati, nomi, tarmoqdagi o’rnini ko’rish,
va umuman, lokal kompyuter tarmog’idan foydalanish imkonini beruvchi bo’limlar bilan
ishlash mumkin;
“Savatcha” - foydalanuvchi tomonidan bexosdan yoki ataylab vinchesterdan
o’chirilgan fayllar va papkalar vaqtincha joylanadigan vinchesterning maxsus katalog
bo’lib, zaruratga qarab bu ma’lumotlarni tiklash yoki vinchesterdan butunlay o’chirish
mumkin.
“Mening kompyuterim” katalogini qobiq-dastur deb ham atash mumkin. Chunki,
katalogda aks etgan Windows elementlari yordamida shu kompyuterdagi ixtiyoriy papka,
dastur yoki faylga borish va ochish mumkin.
Windowsning tizim papkalari oddiy papkalardan quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi:
tizim papkalarini yo`qotish mumkin emas;
Korzina (Savat) papkasining nomini o`zgartirib bo`lmaydi (lekin kompyuteringizga
Norton Utilities komplektini o`rnatgan bo`lsangiz buni bajarish mumkin);
ba'zi tizim papkalarining kontekst menysida o`ziga xos buyrug`lar mavjud.
Oddiy kataloglar esa o’zimiz yaratadigan kataloglar hisiblanadi va kataloglar ustida bir
necha ammallarni bajarishimiz mumkin:
Masalan kataloglarni yaratish, nomlash, ochish, ichiga malumot yozish, yoki ma’lumotni
o’qish, nusxalash, ko’chirish, qayta nomlash, o’chirish.
Adabiyotlar
1.T.X.Xolmatov,N.I.Taylakov,U.A.Nazarov
Informatika
va
xisoblash
texnikasi.T.2001.
2.B.Sanaev,N.Ravshanov,K.N.Nishonbaev,D.K.Sharipov Elektron jadvalni tibbiyot
soxalarida ishlatilishi.T.2003y.
3.N.Ravshanov,B.S.Sanaev va boshqalar Elektron jadval va tibbiyot T.2004y.
4.B.Yu.Xodiev,T.I.Sarsatskaya Texnologii Internet T.2003y
5.T.N.Nishonboev Windows, Word va Internet tizimlarida ishlash.T.2003y
Dostları ilə paylaş: |