Jadval - MBning ma’lumotlar saqlaydigan asosiy obyekti;
So’rov - MB dagi ma’lumotlarni tartiblash, biror kerakli ma’lumotni qidirib topish kabi vazifalarni bajaradi.
Forma – MBga yangi ma’lumotlar kiritadi, yoki joriy MBdagi ma’lumotlar ustida foydalanuvchi uchun qulay bo’lgan turli-tuman shakldagi formalar yaratadi. Demak, forma – ekran obyekti bo’lib, elektron blank tarzida ifodalanib, unda ma’lumotlar kiritiladigan maydon mavjud va shu maydonlarga kerakli ma’lumotlar joylashtiriladi va jadval shu tariqa hosil qilinadi.
Hisobot - MB tarkibidagi ma’lumotlardan keraklisini printerga chiqaruvchi qog’ozdagi asosiy hujjat.
Modul - Visual Basic dasturlash muhitida yozilgan dastur bo’lib, nostandart operatsiyalarni foydalanuvchi tomonidan bajarilishiga imkon yaratadi,
Makrobuyruq - bir qator buyruqlar majmui asosida hosil bo’lgan makrobuyruq bo’lib, foydalanuvchi tomonidan jadval tuzishda juda qiyin hal qilinadigan jarayonlarni yechadi.
Sanab o’tilgan obyektlar ustida ishlash uchun darchaning o’ng tomonida Открыть(ochish), Конструктор va Создать (yaratish) degan tugmachalar joylashgan. Demak, bu tugmalar Access ning ishlash tartibini ifodalaydi.
Открыть tugmasi bosilsa, joriy obyekt ko’z oldimizda namoyon bo’ladi. Agar bu obyekt jadval bo’lsa, uni ko’rib yangi ma’lumotlar kiritish yoki avvalgisini o’zgartirish imkoniyati hosil bo’ladi.
Конструкторtugmachasi bosilsa, u holda obyektning tuzilmasi namoyon bo’ladi. Agar obyekt jadval bo’lsa, unga yangi maydon kiritish yoki olib tashlash mumkin. Bordiyu forma bo’lsa, u holda boshqarish elementlarini tashkil etadi. Ammo bu hol foydalanuvchilar uchun emas, balki MBni tashkil etuvchilarga ko’proq foydali.
Создать tugmasi bosilsa, u holda yangi obyektlar tuzish, uni boshqarish lozim bo’ladi.Xullas, ana shu sanab o’tilgan tartib(rejim)lar asosida obyektlar ustida quyidagi turda ish bajariladi: