Ma’lumotlar bazasi (MB), ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (mbbt)


Запрос (So’rov)lar tashkil qilish



Yüklə 257,3 Kb.
səhifə6/13
tarix02.05.2023
ölçüsü257,3 Kb.
#105864
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

Запрос (So’rov)lar tashkil qilish


MB ga kirish uchun «So’rov» dan foydalaniladi. Bu jarayon MB darchasining Запрос (So’rov) bo’limida yaratish tugmasini bosish bilan boshlanadi va ekranda quyidagi muloqot darchasi paydo bo’ladi. MB ga kirish uchun Запрос tuzishning bir qator usullari taklif qilinadi:
Конструктор - mustaqil ravishda yangi so’rovlar tuzish.
Простой запрос (oddiy so’rov) - mavjud aniq maydonlarni tanlab olish yo’li bilan so’rovlar tuzish.
Перекрестный запрос (qiyosiy so’rov) - MB da mavjud bo’lgan bir nechta jadval va so’rovlarni chatishmasidan yangi so’rovlar yaratish.
Повторяющиеся записи (takrorlanuvchi yozuvlar) jadvalda yoki so’rovlarda takrorlanuvchi yozuvlarni qidirib topish uchun so’rovlar tuzish.
Записи без подчененных (bog’lanmagan yozuvlar) joriy jadvalga mos kelmaydigan yozuvlarni qidirib topish uchun so’rovlar tuzish.
Xullas, Запрос yordamida asosiy MBdan natijaviy (foydalanuvchini qiziqtirgan) jadval tashkil qilish va uni qayta ishlash imkoniyati paydo buladi. Запрос bilan ishlaganda ma’lumotlarni saralash (filtrdan o’tkazish), jamlash, ajratish, o’zgartirish mumkin. Ammo bu amal har bajarilganda asosiy MB da hechqanday o’zgarish sodir bo’lmaydi. Bundan tashqari, Запрос yordamida «natijalarni hisoblash», o’rta arifmetik qiyMatni topish, yig’indi hosil qilish yoki biror maydon ustida matematik amallar bajarish mumkin.
MBda ajratish uchun «So’rov»
Запрос hosil qilishning turlari ko’p. Ammo eng ko’p qo’llaniladigani Запрос на «выборки» (Tanlashini tashkil qiluvchi so’rov) Accessda “So’rov” tashkil qilishning 3 ta usuli mavjud: avtomatik ravishda, qo’lda va мастер (usta) yordamida.
Запрос tashkil qilish uchun maxsus SQL(Structured Query Language) tili mavjud, ammo bu tilda ishlash ancha murakkab, shuning uchun ham Access da maxsus «Namunaviy so’rov blanki» tashkil qilingan. Bunda Запрос elementlarini darchalararo tashish orqali amalga oshirish mumkin. MB ga Запрос bilan kirish «Создать» tugmasini bosish bilan amalga oshiriladi. Uning muloqat darchasi «Новый запрос» deb ataladi (15.8-rasm). Unda «Конструктор» holatida ish yuritiladi. Shunda MB tuzilmasidan kerakli jadval va uning maydonlari Запрос bo’yicha tanlanadi. Jadval tanlash «Добавление таблиц» (Jadval qo’shish) muloqat darchasida sodir bo’ladi. Bunda MBdagi barcha jadvallar ro’yhati bor. Ajratilgan jadvallar blankning yuqori qismiga Добавить (Qo’shish) tugmasini bosish bilan amalga oshiriladi.

Yüklə 257,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin