ER-tur diagrammasida (4-rasmga qarang) mohiyatlar to`rtburchaklar shaklida, aloqalar romblar shaklida berilgan. Har bir mohiyatning pastki qismida ushbu mohiyat uchun kalit bo`lgan atribut yoki atributlar to`plami tagiga chizilgan turda berilgan. Mohiyatlarning yonidagi "1" raqamlari 1:1 ulanish darajasini ko`rsatadi va rombni to`rtburchaklar bilan bog`laydigan chiziqlardagi nuqtalar mansublik sinfi ixtiyoriy ekanligini ko`rsatadi.
5-rasm. ER-tur diagrammasiga misol Mohiyatlarning aloqalari darajasini hisobga olgan holda ER-tur diagrammada aloqalarni tasvirlashning sodda usulini tavsiya etish mumkin: romb o`rniga mohiyatlarni bog`laydigan ikki tomonlama strelka
ishlatiladi va aloqa nomi strelka tepasida yoziladi yoki ko`rsatilmaydi. 6-rasmda turli xil aloqa darajalariga mos ulanishlarni tasvirlash usullari ko`rsatilgan. 4 va 5rasmlarda ko`rsatilgan diagrammalarda har bir o`qituvchi bittadan ko`p kurs o`qitmaydigan va har bir kurs bittadan ortiq o`qituvchi tomonidan o`qitilmaydigan holatlarga to`g`ri keladi, ya`ni umuman kurs o`qitmaydigan o`qituvchilarga va o`qitilmaydigan kurslar mavjudligiga ruxsat beriladi.
6-rasm. Bog`lanish darajalariga qarab mohiyatlarning aloqalarini tasvirlashning alternativ usullari . E`tiboringiz uchun rahmat!