Ob`ekt va uning xususiyatlari o`rtasidagi munosabatlarga qo`shimcha ravishda, ILM turli sinf ob`ektlari o`rtasidagi aloqalarni ham qayd etadi. Aloqalarning «birga-bir» (1:1), «birga-ko`p» (1:M) va «ko`pga-ko`p» (M:M) kabi turlari mavjud. Aloqa turi aloqa darajasi ham deyiladi.
Turli sinfdagi ob`ektlar o`rtasidagi aloqani tavsiflash uchun ILMdagi aloqa darajasiga qo`shimcha mansublik sinfi ko`rsatilishi kerak. Mansublik sinfi bitta sinf ob`ekti boshqa sinfning har qanday ob`ekti bilan bog`liq bo`lishi yoki bog`liq emasligini ko`rsatadi. Ob`ektning mansublik sinfi yo majburiy, yo ixtiyoriy bo`ladi.
Agar berilgan sinfning barcha ob`ektlari o`zaro munosabatlarda ishtiroki shart bo`lsa, unda ushbu ob`ektlar uchun mansublik sinfi majburiy hisoblanadi. Agar ushbu sinfning ba`zi ob`ektlari munosabatlarda ishtirok etmasa, unda mansublik sinfi ixtiyoriy deyiladi.
ILMda ob`ektlar o`rtasidagi munosabatlar ulanish darajasi va mansublik sinfini hisobga olingan holda 1979 yilda Chen (Chen P.P.S.) tomonidan tavsiya etilgan "mohiyat-aloqa" yoki "ob`ekt-aloqa" (ER – Entity (mohiyat, ob`ekt) va Relationship (aloqa)) deb nomlangan diagrammalar yordamida tasvirlangan.
Misol uchun PS OTMning kafedrasi bo`lib, uning o`qituvchilari o`quv dasturida mavjud bo`lgan fanlarni o`qitadilar. Ob`ektlarning ikkita asosiy sinflari yoki mohiyatlari bular O`QITUVCHI va KURS. Ushbu ikki mohiyat O`QITADI ulanishidan foydalangan holda bog`lanadi.
Ko`rsatilgan mohiyatlar o`rtasida mavjud bo`lgan O`QITADI aloqasini ikki shaklda ko`rsatish mumkin. 5.5-rasmda mohiyatlar o`rtasida aloqani ER ekzemplyar diagrammasidan foydalangan holda taqdim etilgan. Diagrammada har bir o`qituvchi qaysi kursni o`qitishi, har bir o`qituvchining identifikatsiya raqami (O`R) va har bir kursning raqami (KR) bo`yicha aniqlanishi ko`rsatilgan. Diagrammalarda ko`rsatilgan misollar ob`ektlar yoki ob`ektlarning ulanish darajasi va tegishli sinfini aks ettirilgan, ya`ni: ob`ektlar yoki mohiyatlarning ulanish darajasi 1:1 va ikkala mohiyatning mansublik sinflari ixtiyoriydir. ER-ekzemplyarlar diagrammasida (5.5-rasm) barcha mohiyatlarning nomlari ushbu mohiyatlarnin namunalari tepasida joylashtirilgan va nomlarda bosh harflar ishlatilgan, mohiyatning namunasi atribut qiymati bilan aniqlangan. Shunday qilib, KURS - bu mohiyat, K1 - bu mohiyatning alohida namunasi. Aloqa ham nomlanadi va uning nomi katta harflardan tashkil topgan bo`lib (O`QITADI), aloqalar namunasidan yuqorida joylashtirilgan. Bunda har bir individual aloqaning namunasi ushbu o`zaro bog`liqlik o`rnatiladigan sub`ektlarning ikkita namunasi orasiga chiziq bilan o`rnatiladi. Masalan, K1 va O`3 o`rtasidagi aloqalarning namunasi, O`3 raqami o`qituvchi K1 raqamli kursni o`qitadiganin anglatadi. Mohiyat namunasini identifikatsiya qilish uchun foydalaniladigan atribut yoki atributlar to`plami mohiyat kaliti deyiladi. Aloqalarning har bir namunasi ushbu aloqa bilan bog`liq mohiyat kalitlari to`plamida aniq ko`rsatiladi.