Boshqa ob`ektlar uchun bir vaqtning o`zida ob`ektning bir xususiyati uchun bir nechta qiymatlar mavjud bo`lishi mumkin. Masalan, talaba bir nechta chet tilni o`rganishi mumkinligi sabali "Chet tili" xususiyati ko`plik bo`ladi. Ob`ekt va bitta qiymatli xususiyat o`rtasidagi munosabatlar bittalik strelka bilan belgilansa, ob`ekt va bir nechta qiymatli xususiyat o`zaro munosabati ikkilik strelka bilan belgilanadi. Bundan tashqari, ba`zi xususiyatlar qiymati doimiy bo`lib, ularning qiymati vaqt o`tishi bilan o`zgarishi mumkin emas (masalan, tug`ilgan yili). Bunday xususiyatlarga statik deyiladi. Vaqt o`tishi bilan qiymatlari o`zgarishi mumkin bo`lgan xususiyatlar dinamik deyiladi. Xususiyatning yana bir o`ziga xosligi bu xususiyatning ushbu sinfning barcha ob`ektlarida mavjudligida yoki ba`zi ob`ektlarning yo`qligida. Masalan, alohida talabalarga turli tashkilotlar tomonidan bir yoki bir nechta grant taqdim etilishi mumkin, boshqa talabalar uchun grantlar bo`lmasligi mumkin. Ushbu xususiyat shartli deb nomlanadi. Shartli xususiyatning ob`ekt bilan o`zaro aloqasi nuqtali (punktir) chiziq bilan ko`rsatilib, xususiyatlarni ko`rsatish uchun bu ustida D (dinamik) va S (statik) harflari ishlatiladi.
1-rasm. «Ob`ekt — xususiyat» aloqasi
ILMda kompozit xususiyatlar (masalan, manzil) bilan bog`laydigan chiziqlar kvadrat bilan ko`rsatiladi. Agar ILMda nafaqat sinfning alohida ob`ektlariga xos bo`lgan xususiyatlarni, balki butun sinfga tegishli bo`lgan integral xususiyatlarni ham hisobga olish zarur bo`lsa, unda ba`zi bir aniq belgilarni ham (masalan, 2-rasmda ko`rsatilgan) ishlatish mumkin.
2-rasm. Ob`ektlar sinfi va integral xususiyatlar tasviri
Ob`ekt va uning xususiyatlari o`rtasidagi munosabatlarga qo`shimcha ravishda, ILM turli sinf ob`ektlari o`rtasidagi aloqalarni ham qayd etadi. Aloqalarning «birga-bir» (1:1), «birga-ko`p» (1:M) va «ko`pga-ko`p» (M:M) kabi turlari mavjud. Aloqa turi aloqa darajasi ham deyiladi.