Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar Data structures and algoritms №1-ma’ruza: Ma’lumotlar turlari. Ma’lumotlarning abstrakt tuzilmalari


Bu tuzilmalar sodda yoki tayanch tuzilma deb ham ataladi



Yüklə 13,7 Kb.
səhifə5/5
tarix06.12.2022
ölçüsü13,7 Kb.
#72604
1   2   3   4   5
Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar Data structures and algorit-fayllar.org

Bu tuzilmalar sodda yoki tayanch tuzilma deb ham ataladi.

Misollar: sonli, bitli, mantiqiy, belgili, sanaladigan, interval (diapozon)li, ko’rsatkichli.

Ma’lumotlarning oddiy turlari

Ma’lumotlarning oddiy turlari odatda arifmetik turlar deb ham ataladi, chunki bu turlar ustida arifmetik amallar bajarish mumkin. Oddiy turlarni tavsiflash uchun quyidagi kalit so’zlari qo’llaniladi:


  • int (butun);

  • char (belgili);

  • wchar_t (kengaytirilgan belgili);

  • bool (mantiqiy);

  • float (haqiqiy);

  • double (ikkilik aniqlikdagi haqiqiy).

Birinchi to’rtta tur butun sonli (butun), oxirgi ikkita tur – qo’zg’aluvchi nuqtali deb ataladi. Kompilyatorda butun qiymatli ma’lumotni qayta ishlash kodi qo’zg’aluvchi nuqtali qiymatni qayta ishlash kodidan farq qiladi.

Ma’lumotlarning oddiy turlari

Oddiy turlarning ichki tasvirlanishi va diapozonini aniqlash uchun to’rtta maxsus tur mavjud:


    • short (qisqa);

    • long (uzun);

    • signed (ishorali);

    • unsigned (ishorasiz).

Sonli turlarning xotiradagi hajmi



Sonli tur


Qiymati


O’lchami (bayt)

bool

true и false

1

signed char

-128 … 127


1

unsigned char

0 … 255

1

signed short int


-32 768 … 32 767


2

unsigned short int

0 … 65 535


2

signed long int

-2 147 483 648 … 2 147 483 647


4

unsigned long int

0 … 4 294 967 295


4

float

3.4e-38 … 3.4e+38


4

double

1.7e-308 … 1.7C+308


8

long double

3.4e-4932 … 3.4e+4932


10

Sonli turlarning xotiradagi hajmi

Pythonda standart o'rnatilgan quyidagi ma'lumotlar turlariga ega:


    • Matnli ma'lumot turi: str

    • Sonli ma'lumot turlari: int, float, complex

    • Tartibli ma'lumot turlari: list, tuple, range

    • Lug'atli ma'lumot turi: dict

    • To'plamli ma'lumot tulari: set, frozenset

    • Boolean (True/false) ma'lumot turi: bool

    • Binar(ikkilik) ma'lumot turlari: byte, bytearray, memoryview

Ma'lumotlar turini belgilash:

Mustaqil ishlash uchun savollar


    • Ma’lumot nima?

    • Tuzilma nima?

    • Ma’lumotlar tuzilmasini ta’riflang?

    • Ma’lumotlarni tasvirlash bosqichlari.

    • Ma’lumotlar tuzilmasi klassifikatsiyasi?

    • Ma’lumotlarning oddiy, integrallashgan va foydalanuvchi turlari.

    • Ko’rsatkichli turlarning sintaksisi.

Adabiyotlar


    • Adam Drozdek. Data structures and algorithms in C++. Fourth edition.Cengage Learning, 2013.

    • Алфред В. Ахо., Джон Э. Хопкрофт, Джефри Д. Ульман. Структура данных и алгоритмы. //Учеб.пос., М.: Изд.дом: "Вильямс", 2000, — 384 с.

    • Narzullaev U.X., Qarshiev A.B., Boynazarov I.M. Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar. //O’quv qo’llanma. Toshkent: Tafakkur nashriyoti, 2013 y. – 192 b.

    • Boynazarov I.M. Dinamik ma’lumotlar tuzilmasi. //Uslubiy qo’llanma. Toshkent: Tafakkur nashriyoti, 2018 y. – 215 b.

    • Boynazarov I.M. Ma’lumotlar tuzilmasi: C va Python. Uslubiy ko’rsatma. Toshkent: Tafakkur nashriyoti, 2018 y. – 158 b

    • Boynazarov I.M. Ma’lumotlar tuzilmasi: Saralash va qidiruv algoritmlari. Uslubiy ko’rsatma. Toshkent: Tafakkur nashriyoti, 2018 y. – 58 b

Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar:


    • Dasturlash tillarida ma’lumotlarning standart turlari (sonli, belgili, mantiqiy, ko’rsatkichlar va foydalanuvchi turlari) bilan ishlash, dasturlash tillaridagi kalit so’zlar;

    • Ma’lumotlar tuzilmalarining mantiqiy ifodasi va ularning kompyuter xotirasida tasvirlanishi;

    • Ma’lumotlar tuzilmasi klassifikatsiyasi (oddiy –standart, statik, yarimstatik va dinamik tuzilmalar);

    • Statik va yarimstatik tuzilmalarga misollar.

    • Izoh: dars mashg’ulotida berilgan bilimlarga qo’shimcha ma’lumotlarni to’plash-konspekt qilish, referat tayyorlash, oxirgi mavzu uchun ma’lumotlar 2-ma’ruza mashg’ulotiga tayyorgarlik sifatida o’rganiladi.

    http://fayllar.org



Yüklə 13,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin