Ma’lumotlar toifalari. Ko’plab dasturlash tillarida ma’lumotlar bazaviy va keltirilgan toifalarga ajratiladi. Ma’lumotlarning toifalarini 1.1-rasmdagidek klassifikatsiyalash mumkin.
2-rasm. Toifalar klassifikatsiyasi Ma’lumotlarning ixtiyoriy toifasi qiymatlar sohasi va ular ustida bajarilishi mumkin bo’lgan amallar orqali tavsiflanadi. void kalit so’zi hech qanday toifaga ega emaslikni anglatadi. Bunday toifadagi funksiyalar hech qanday qiymatni qaytarmaydi. Lekin asosiy dastur tanasi, ya’ni main() funksiyasi void toifasiga ega bo’lolmaydi, u int toifasida bo’lishi kerak.
Standart ma'lumotlar turlari. Dasturlashda ma'lumotlar turi muhim tushunchadir.
O'zgaruvchilar har xil turdagi ma'lumotlarni saqlashlari mumkin, va ular bilan turli xil amallarni qilish mumkin.
Python standart o'rnatilgan quyidagi ma'lumotlar turlariga ega:
Matnli ma'lumot turi: str
Sonli ma'lumot turlari: int, float, complex
Tartibli ma'lumot turlari: list, tuple, range
Lug'atli ma'lumot turi: dict
To'plamli ma'lumot tulari: set, frozenset
Boolean (True/false) ma'lumot turi: bool
Binar(ikkilik) ma'lumot turlari: byte, bytearray, memoryview
Hozircha yuqoridagilar haqida qayg'urmasangiz ham bo'ladi, bu shunchaki qanday ma'lumotlar turlari borligi haqida tanishib chiqishingiz uchun. Ma'lumot turlari haqida keyinchalik alohida batafsil to'xtalib o'tamiz.
Ma'lumotlar turini aniqlash Ma'lumot turini bilib olish uchun type() funksiyasidan foydalanishingiz mumkin. Istalgan ma'lumotlarni turini bilib olishingiz mumkin:
x = 10 print(type(x)) Yuqoridagi misolda type(x) ifodasi x ning turini matn ko'rinishida qaytaradi va uni konsolda yozib chiqarish uchun doimgidek print() funksiyasidan foydalanamiz.