O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
“KOMPYUTER INJINIRINGI” FAKULTETI “AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” KAFEDRASI
1.1. Dasturlash tillarida ma’lumotlarning standart turlari Ishdan maqsad: Ma’lumotlarning oddiy sozlangan va nostandart toifalarini o’rganish va ularni tadqiq qilish.
Qo’yilgan masala: Haqiqiy, belgili, mantiqiy toifadagi ma’umotlarni e’lon qilish, nostandart toifalarni yaratish va ularga doir misollarning dasturini ishlab chiqish. Funksiyalar yaratish.
Ish bajarish tartibi:
Tajriba ishi nazariy ma’lumotlarini o’rganish;
Berilgan topshiriqning algoritmini ishlab chiqish;
Barcha dastur yoki dasturiy mahsulotning asosida ikkita birlik yotadi: ma’lumotlar va ular ustida qandaydir amallar bajaradigan algoritmlar. Algoritmlar ma’lumotlarni biz yoki dastur uchun foydali bo’lgan axborot ko’rinishiga keltirib beradi. Algoritmlar shu ma’lumotlar ustida amallarni (o’qish, yozish, yangilash, o’chirish) samarali va tez bajara olishi uchun biz shu ma’lumotlarni ma’lum bir strukturaga solgan holda saqlashimiz kerak bo’ladi.
Ma’lumotlar tuzilmasi — bu ma’lumotlarni samarali o’qish va o’zgartirish imkonini beruvchi, ma’lumotlarni saqlash va boshqarishning bir formatga solingan shaklidir.
Soddaroq qilib aytganda, ma’lumotlar tuzilmasi — bu ma’lumotlarning ma’lum bir strukturaga solingan, ular o’rtasida ma’lum bir bog’lanishlar yaratilgan va ular ustida ma’lum amallar bajaruvchi funksiyalardan tashkil topgan guruh. Eng sodda ma’lumotlar tuzilmasiga misol qilib massiv (array)ni ko’rsatishimiz mumkin.