OXKT ni bog’langan ro’y’hatlar ko’rinishida tasvirlash
Bog’langan ro’y’hatlar
Def.1.
Agar ro’yhat elementlari ko’rsatkichlar orqali bog’langan bo’lsa, u holda bunday tuzilmaga bog’langan ro’y’hatlar deyiladi.
P1 va P2 – o’zaro bog’langan elementlarni adreslarini o’z ichiga oluvchi ko’rsatkichlardir. Ko’rsatkichlar slot raqamini o’z ichiga oladi.
Ma’lumotlar
Р1
Р2
Ma’lumotlar
Р1
Р2
Ma’lumotlar
Р1
Р2
Eslatma
Bog’langan ro’yhatlarning har bir elementi ikki xil maydonga ega tuzilma hisoblanadi.
izoh
Informatsion maydonda ro’y’hat elementi ma’lumotlari, ko’rsatkichlar maydonida esa mazkur element bilan bog’langan tuzilmaning boshqa elementlari manzillari joylashgan bo’ladi.
izoh
Bog’langan ro’yhat elementining ko’rsatkichlari maydoni soni bir nechta va turli xil bo’lishi mumkin.
Def.2.
Ro’yhat m bog’lamli deyiladi, agar ro’yhatning elementlari ko’pi bilan tuzilmaning m ta elementi bilan o’zaro bog’langan bo’lsa.
Def.3.
Agar bog’langan ro’yhat elementlari mavjud bo’lmasa, u holda bunday ro’yhat bo’sh ro’yhat deyiladi.
- bo’sh ro’yhat
3 bog’lamli ro’yhatga misol
Def.4.
Agar element ko’rsatkichi 0 yoki bo’sh (NULL) bo’lsa, u holda bu element ro’yhatning eng so’nggi elementi hisoblanadi.
Def.5.
Bog’langan ro’yhatda yana shunday bir ko’rsatkich mavjud bo’lib, u ro’yhat boshini ko’rsatadi (Lst).
Chiziqli ro’yhatlarda elementlar orasidagi bog’liqlik qat;iy tartiblangan bo’lib, element ko’rsatkichi o’zidan navbatdagi yoki oldingi element adresini o’z ichiga oladi.