Ma'lumotlarni formalar yordamida kiritish. Ma'lumotlar bazasini boshqarish va to'ldirish. Ma' lumotlar bazasidan so'rovlar va hisobotlar yaratish.
Ishning maqsadi:
Talabalarda ma’lumotlar omborida so‘rovlar va hisobotlar yaratish ko‘nikma va malakalarni shakllantirish.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar:
Topshiriq: Конструктор rejimida Access sо‘rovlarini yarating. Tanlash uchun sо‘rovlar, sо‘rovdagi hisoblanuvchi maydonlar va sо‘rov asosida “форма” yaratish misolida.
Ishni bajarish tartibi: Microsoft Access dasturini ishga tushuring va birinchi amaliy mashg‘ulotda yaratilgan “Talaba” nomli ma’lumotlar omborini oching.
Запросыbandida создать yoki «Создание запроса в режиме конструктора» obyekti tugmasini tanlang. Конструктор rejimida so‘rovlar musta’qil ya’ni qo‘lda yaratiladi. So‘rov uchun ma’lumotlar manbai, bir yoki bir necha jadval yoki so‘rovlar bo‘lishi mumkin. Сессия jadvalini ma’lumotlar manbai sifatida qo‘shing. Бланка запроса nomli oyna va uning uskunalari bilan tanishib chiqing. Ma’lumotlar manbai, Бланка запроса oynasining yuqori qismida keltirilgan. Oynaning quyi qismi esa quyidagi amallarni bajarishga mo‘ljallangan:
So‘rovda namoyon bo‘luvchi maydonlarni berish uchun (maydonsatri va jadval nomi satri);
So‘rovdagi ma’lumotlarni tartiblash usullarini berish uchun (saralash satri);